O'zbekiston respublikasi


 Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda “o’zbek modeli” ning



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda “o’zbek modeli” ning 
o’rni va ahamiyati 
Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng 
umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan 
voz kechib, ―o’zbek modeli‖ deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. 
Yurtboshimiz 
tomonidan 
ishlab 
chiqilgan 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish, mamlakatimizda isloh etish 
15
Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд - Т.: "Ўзбекистон", 2011, 324-бет. 
16
Ўзбекистан Республикаси иқдисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустақиллик йилларидаги (1990-2010 
йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари (Кейинги 
ўринларда Статистик тўплам), Т., "Ўзбекистан", 2011, 63-бет.
17
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-22 бет. 


12 
va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Yaqin o’tmishga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, haqiqatan ham, 
mustaqillik qo’lga kiritilgan davr o’ta murakkab bo’lib, u paytda sobiq ittifoq 
parokandalikka yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat 
tobora keskin tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash 
va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi. 
O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan 
oqilona ish tutib, qat’iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatimizni chuqur 
tanazzuldan olib chiqishga qaratilgan, barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini barpo etishning har tomonlama puxta o’ylangan islohotlar 
strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. 
Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi. 
Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni 
hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga 
erishish bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini 
ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hyech qachon osonlikcha kechmasligini 
uqtirib o’tgan edi
18

I.A.Karimov ―O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos 
yo’li‖ risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki 
yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va 
iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab 
berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o’sha 
davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o’ylab tuzilgan 
bo’lib, eski tuzumdan meros bo’lgan illatlarni tezroq bartaraf etish, 
mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini 
ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan 
bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi
19
.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud 
bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni 
jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli 
quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: 
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, 
ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va 
iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur; 
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U 
islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab 
chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; 
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish 
18
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 
Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда 
демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖ 
мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет. 
19
Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 14-бет 


13 
lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi 
Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat qilishi va ularga 
og’ishmay rioya etishi lozim; 
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan 
bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor; 
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini 
e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi ―inqilobiy sakrashlar‖siz, ya’ni evolyusion yo’l 
bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo’lib, 
barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub 
o’zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan 
quyidagicha izohlab berildi:
- ijtimoiy 
yo’naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyotini 
bosqichma-bosqich 
shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati 
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; 
- ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga 
barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan 
rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini 
ta’minlash; 
- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning 
xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni 
boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar 
va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;
- iqtisodiyotda 
moddiy, 
tabiiy 
va 
mehnat 
resurslaridan 
samarali 
foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh 
mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish; 
- kishilarda 
yangicha 
iqtisodiy 
fikrlashni 
shakllantirish, 
ularning 
dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va 
shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish
1

Mustaqillikning 
ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal 
qilish maqsad qilib qo’yildi: 
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
- respublikaning o’ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, 
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish; 
Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning 
quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 
- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash; 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т., ―Ўзбекистон‖, 1995, 18-
бет. 


14 
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini, uy-joy 
fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida 
iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida 
keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-
sharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi 
bosqichning strategik maqsadlari va yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini 
berdi. 
Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada 
chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni 
amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor 
munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsaddan kelib 
chiqib, mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagi 
tartibda belgilandi: 
- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash; 
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib 
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish. 
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida 
birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi. 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek, mazkur bosqichda 
―erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham 
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir‖
20
. Bu esa 
iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi: 
- iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini 
izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida 
mulkdorlar sinfini shakllantirish; 
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan 
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va 
iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor 
o’rin egallashiga erishish; 
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, 
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integrasiyalashuvini 
ta’minlash; 
20
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. -Т.: ―Ўзбекистон‖, 
2000, 15-бет. 


15 
- iqtisodiyotda 
mamlakatimiz 
iqtisodiy 
mustaqilligini 
yanada 
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish. 
Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda 
istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, 
rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi 
hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish 
uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga 
yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, 
ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, 
uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda
21


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin