O'zbekiston respublikasi


-jadval  Iqtisodiyotda nodavlat sektori



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

4-jadval 
Iqtisodiyotda nodavlat sektori
33
 (% hisobida) 
::
' Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 309-бет.
33
Статистик тўплам, Т., ―Ўзбекистон, 2011, 64-бет‖ 


23 
 
1995 yil 
2000 yil 
2010 yil 
Y a I M
58.4 
72,6 
81,7 
Sanoat 
49,1 
63,9 
91,0 
Qishloq xo’jaligi 
97,6 
99,1 
99,9 
Qurilish 
62,1 
81,2 
89,6 
Transport 
13,9 
30,7 
56,0 
Aloqa 

82,4 
96,1 
Chakana savdo aylanmasi 
91,7 
96,8 
99,9 
Pullik xizmat 
34,6 
57,1 
81,7 
Tashqi savdo 

70,4 
79,4 
Bandlik 
69,0 
75,9 
79,1 
 
Iqtisodiy adabiyotlarda Yevropaning yetakchi mamlakatlari hisoblanadigan 
Fransiya va Germaniyada davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 48 foiz, 
«superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida 54-55 foiz deb ko’rsatiladi. 
Bu ko’rsatkichlar bozor mukammal, o’zini o’zi tartibga solib turuvchi tizim, 
davlatning unga aralashuvi iloji boricha past darajada bo’lishi kerak deb 
hisoblaydigan klassik bozor iqtisodiyotini ma’qul ko’radigan Shimoliy Amerika 
modeli ko’rsatkichidan ancha yuqoridir. 4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, 
O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulushi va aralashuvi 
muttasil kamayib bormoqda. 
2010 yilda mamlakatimizda davlat sektorining ulushi yalpi ichki mahsulot 
ishlab chiqarishda 18,3 foiz, sanoatda 9,0, qishloq xo’jaligida 0,1, ko’rilishda 10,4, 
transportda 44,0, aloqada 3,9, chakana savdo aylanmasida 0,1, pullik xizmat 
ko’rsatishda 20,6, tashqi savdoda 8,3 va bandlikda 20,9 foizni tashkil etdi. Bu 
raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi? 
Yo’q, albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni 
va roli ancha katta va rang-barangdir. 
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni 
tartibga solish, qayta taqsimlash mexanizmi orqali aholi manfaatlarini himoya 
qilishi, iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor shart-sharoitlarini yaratishi, 
iqtisodiy erkinlik va tenglikni kafolatlashi, bozor institutlarini shakllantirishi, 
tadbirkorlik tizimlarini qaror toptirish va rivojlantirishga ko’maklashishi, raqobat 
muhitini vujudga keltirishi, tarkibiy qayta ko’rishlarni amalga oshirishi zarur. 
Bunda davlat tartibga solishning moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni 
nazorat qilish vositalaridan keng foydalanadi. Davlat yirik dastur va loyihalarni 
moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi. 
O’tish davrida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish roli nafaqat davlat 
sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib bordi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat institutlari tomonidan amalga 
oshiriladigan va mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga 
qaratilgan qonunchiliq ijroiya va nazorat harakteriga ega bo’lgan chora-tadbirlar 
tizimini amalga oshirishdir. 


24 
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida iqtisodiyotni davlat tomonidan 
tartibga solishning ahamiyati shakllangan bozor tartiblaridan ancha ustun bo’ldi. 
Bu - tabiiy. O’tish davrida qabul kilinadigan iqtisodiyotga oid qonun, uaror va 
qoidalarning ko’lami g’oyat keng bo’lib, ularning hayotga tatbiq etilishi muhim 
ahamiyatga ega. Shuningdek, o’tish davri sharoitida bozor mexanizmining hali 
to’laqonli ishga tushib keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. 
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga 
o’tish o’z-o’zidan yuz bermaydi. Shuning uchun ham, davlatning asosiy 
vazifalaridan biri ushbu jarayonni tartibga solish, iqtisodiyotning bir maromda 
faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda davlat qo’yidagi asosiy 
iqtisodiy vazifalarni bajardi: 
-pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish; 
-fuqarolarning huquq va erkinliklarini. mulkdorlar va xo’jalik subyektlari 
huquqlarini kafolatlash; 
-makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; 
-monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqobat muhitini 
yaratish; 
-ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; 
-faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish; 
-umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani 
rivojlantirish; 
-kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash; 
-atrof-muhitni muhofaza qilish; 
-iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish; 
-mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; 
-bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish; 
-ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish va 
hokazolar. 
O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, 
ma’muriy va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi 
korxonalar va bozor institutlarining (bank, birja, aksionerlik jamiyatlari) faoliyat 
ko’rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi, bozor sharoitiga mos yangi soliq sug’urta, 
aholini ijtimoiy himoyalash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, 
raqobat muhitini yaratish, kichik va xususiy biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha 
qonunlar tizimi yaratildi. 
Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish 
va majburiy chora-tadbirlar orqali amalga oshirildi. Ma’muriy yo’l bilan 
monopolist korxonalar va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulot narxlari ustidan 
davlat nazorati o’rnatildi. Alohida tovarlar eksport va import kvotalari o’rnatildi 


25 
yoki lisenziyalar belgilandi. Ijtimoiy sohalar va ekologiya masalalarida ham 
davlatning ma’muriy usullaridan foydalanildi.
34
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish 
davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Shu maqsadda davlatning 
iqtisodiy siyosati (pul-kredit, moliya-byudjet, soliq, valyuta, bojxona, narxlar, 
amortizasiya va boshqalar) ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Shuningdek, 
davlat 
buyurtmasi, 
kvotalar, 
lisenziyalar, 
byudjetdan 
moliyalashtirish, 
prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng 
foydalanildi. 
2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Prezidentimiz Islom 
Karimov tomonidan ilgari surilgan davlatning bosh islohotchi bo’lishiga oid 
tamoyil naqadar to’g’riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Global 
inqiroz sharoitida ko’plab davlatlar juda katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralari 
va jamg’armalarini o’z moliya-kredit tizimini saqlab qolishga sarflashga majbur 
bo’ldi. Shu yo’l katta bankrotliklarning oldini oldi, iqtisodiyotning arteriyasi 
hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal 
zaxira jamg’armasidan bir necha yuz milliard dollardan iborat mablag’ni inqiroz 
oqibatlarini yumshatishga sarfladi. 2010 yilning boshida Shveysariyaning Davos 
shahrida o’tgan an’anaviy xalqaro iqtisodiy forumda davlat arboblari va 
iqtisodchilar «davlat aralashmaganida hamma narsa bir zumda barbod bo’lar edi» 
deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
"eshik qoqqan" murakkab sharoitda mamlakatlar bank-moliya tizimiga davlat 
yordamga kelmaganida butun jahon iqtisodiyoti bir zumda inqiroz botqog’iga 
g’arq bo’lar edi, degan e’tirof bor
35

O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorliq katta oltin-valyuta zaxiralarining 
mavjudligi, rivojlanish jamg’armasi imkoniyatlari, tashqi qarzning minimumga 
tushirilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bunday murakkab 
masalarni o’z vaqtida samarali hal qilish imkonini berdi. Osiyo taraqqiyot 
bankining O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kazuxiko Xiguchi haqli 
ravishda ta’kidlaganidek, "o’zbek modeli"ning o’ziga xos jihatlaridan biri 
shundaki, davlat boshqaruvi makro darajada, bozor iqtisodiyotini shakllantirish esa 
mikro darajada amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda izchillik bilan 
amalga oshirilayotgan islohotlar mutanosib va barqaror rivojlanishga, sanoatni 
modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir. 
Makroiqtisodiy, tuzilmaviy va institusional o’zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni 
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda". 
Erkin raqobat davrlaridan farqli o’laroq, bugun zamonaviy iqtisodiyotda 
miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berib, faoliyat ko’rsatish tizimi g’oyat murakkab 
va ziddiyatli tus olmoqda. Agar o’tgan asrda monopoliyalar iqtisodiyotda noyob 
34
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.119-122 бетлар 
35
И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет


26 
holat sifatida uchragan bo’lsa, endilikda har bir bozor, tarmoqlarning katta qismi 
monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va 
uniig segmentlaridan kattaroq ulush olish maqsadida keng tomir yoymoqda. 
Natijada, iqtisodiyotni muvozanatga keltirib turuvchi bozor mexanizmining 
to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash 
vazifalarining ahamiyati ortmoqda. 
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq shunday sohalar borki, ular 
odatda ulkan hajmlarda investisiyalar kiritishni talab qiladi. Oddiy tadbirkor va 
korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko’p hollarda bu sohalar daromad 
keltirmaydi yoki foydasi uzoq vaqtdan keyin kelishi mumkin. Odatda, bunday 
sohalar, masalan, transport, kommunikasiya, ekologiya, energetika xizmatlaridan 
barcha barobar foydalanadi. Davlat bozor tizimining samarali ishlashiga yordam 
ko’rsatuvchi muhit va poydevor yaratadi, iqtisodiyotiing barcha ishtirokchilari 
uchun teng imkoniyatlar beruvchi yagona qoidalarni joriy qiladi, raqobatni 
rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi, 
keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida uni qayta taqsimlaydi, 
iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo. 
Davlatning islohotchilik roli va ahamiyati shu bilan tugamaydi. 
O’zbekistonda davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham rahnamolik qilib 
kelmoqda. Shu maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni saqlash, sport, 
kommunal xizmat va boshqa ijtimoiy sohalarga sarflanadigan mablag’lar hajmi 
yildan yilga oshirilmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va uy-joy bilan 
ta’minlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar ko’lami keng va samarasi g’oyat 
yuqori. Ijtimoiy infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va rivojlanmokda. 
2010 yilda O’zbekistonda 9860 umumta’lim maktabida 4676,1 ming o’quvchi, 
1539 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1623,1 ming o’quvchi, 66 
oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi
36

1997 yildan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi izchillik bilan va samarali 
amalga oshirilmoqda. Dastur aholining uzluksiz ta’lim olishini, ta’lim tizimining 
jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlarini, iqtisodiyotdagi yuqori 
malakali kadrlarga bo’lgan extiyojlarni nazarda tutadi. 2004-2010 yillarda maktab 
ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida maktablarning 
aksariyat qismi qaytadan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, gaz, suv va 
aloqa vositalari bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi. 
1998-2010 yillarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarini 
yangidan qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida 2,5 trillion so’m mablag’ 
sarflandi
37

36
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 126 бет 
37
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда 
Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон 
Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги 
босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: 
«O`qituvchi» НМИУ, 2012. 46 бет 


27 
Har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan harajatlar YaIMning 10-12 foizini 
tashkil etmoqda. 
1998 yilda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi qabul qilindi. 
Dasturga muvofiq mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, 
ko’p sarf-harajat talab etadigan va samarali bo’lmagan tibbiy yordamdan yangi 
zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat turlariga o’tish boshlandi. Sog’liqni 
saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina 2010 yilda 2 trillion 
so’mdan ziyod mablag’ sarflandi. Bu sohodagi davlat siyosatining asosiy 
yo’nalishlaridan 
biri ona va bola salomatligini muhofaza qilishdir. 
Mamlakatimizda davlatning bevosita ishtirokida qudratli farmasevtika sanoati 
yaratildi. 
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi 
amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida davlat kafolati bilan kommunal soha 
rivoji uchun 700 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy 
investisiya va kreditlar jalb etildi. Umuman har yili davlat byudjetining yarmidan 
ziyodrog’i ijtimoiy sohaga sarflanmoqda. Birgina ta’lim sohosiga ajratilayotgan 
mablag’lar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu 
qadar keng ko’lamli harajatlarni faqat davlat kuchi va imkoniyatidan foydalanib 
amalga oshirish mumkin, xolos. 
Bundan tashqari davlat iqtisodiy erkinlikni ta’minlaydi, iqtisodiy-ijtimoiy va 
institusional islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsad va vazifalarini 
belgilaydi, raqobat va tadbirkorlik tuzilmalarini shakllantiradi va rivojlanishini 
qo’llab-quvvatlaydi, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshiradi, ishlab 
chiqarishning tarmoq va xududiy nisbatini ta’minlaydi, yagona moliya, kredit, 
soliq valyuta, narx siyosatini amalga oshiradi. 
Global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va 
xizmat turlarini qayta milliylashtirib, «tiriltirib» yana o’z tasarrufidan xususiy 
qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi.
38
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni diversifikasiyalash 
jarayonida davlatning o’rni va roli katta. Modernizasiyalash ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayon bo’lib, iqtisodiyotning asosiy negizini o’zgartirmasdan turib, muttasil 
takomillashtirish bo’yicha davlat tomonidan jahon taraqqiyotining zamonaviy 
tendensiyalarini hisobga olgan holda ko’riladigan chora-tadbirlar tartibotidir. 
Modernizasiyalash davlatning investision va ijtimoiy siyosatini o’zida ifoda etib, 
soliq tartibini takomillashtirishni, iqtisodiyot tarkibini davlat tomonidan 
boshqarishni, boshqaruv organlari vazifalariga o’zgartirishlar kiritishni taqozo 
etadi. Modernizasiyalash milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini 
oshirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tarkibiy, institusional, texnologik 
takomillashtirish jarayoni sifatida davlatning islohotchiligiga tayanadi. Davlat 
modernizasiyalashning faol subyekti sifatida uning maqsadi, vazifalari, ustuvor 
38
И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 63-бет 


28 
yo’nalishlari, uni amalga oshirish sur’atlari, resurslari va innovasion asoslarini 
belgilaydi. Modernizasiya ilmiy va mehnat sig’imi yuqori bo’lgan texnologiyaga 
o’tishni anglatadi va ishlab chiqarishning innovasion yo’nalishini kuchaytirishga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin