O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə2/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

ISBN 978-9943-6730-2-1

й « И яао вш м р теж л ан га вашраёт-матбаа уШя», 2§2$.


KIRISH




Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koiam li iqtisodiy islohotlar jarayoni xo ‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali tashkil qilish, ular faoliyatini bozor talablariga moslashtirishni talab qilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish, xizmat ko‘rsatish sohalarini samarali rivojlantirish, raqobatbar- dosh tovarlarni yaratishda marketing fanining roli juda kattadir. Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo‘nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. Marketing insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi. Marketing faoliyati bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning ilg‘or shakli bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarni tashkil qilish ular faoliyatini yaxshilashda, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda marketing faniga zarurat tug‘ilmoqda. Chunki, korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayonlari barchasi marketing faoliyati deb qaraladi. Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatining direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g ‘ini uchun qaror qabul qilishning asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonaning o'tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozorning rivojlanishi tahlili va prognozi, firmani rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va rag‘batlantirish siyosatlarining chora tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan b o ‘ladi. Ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsin, kichik biznes va xususiy tadbirkolik bo‘lsin bulaming asosiy maqsadi foyda olishdir, buning uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko'paytirish esa, tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Shuningdek, XXI asming boshlarida sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli ustunlikka aylanadi. 2017-yil 7-fevraldagi davlatimiz rahbarining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Res- publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha I larakatlar strategiyasida samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
3
bo‘yicha, “ ...iqtisodiyot tamioqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida mono- poliyani bosqichma-bosqich kamaytirish”ni ifodalovchi ustuvor yo‘na- lishi raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Raqobat kurashi sotuvni rag‘batlantirish, marketing sohasiga, ya’ni iste’molchi bilan to‘laqonli ishlashga o‘tdi. Yuqoridagilarni amal- ga oshirish uchun esa marketingdan samarali foydalanish talab etiladi. Bugungi kunda marketing rivojlangan mamlakatlarda jadal rivojlangan b o iib , ijtimoiy hayotning barcha sohalari: ishlab chiqarish, taqsimlash. ayirboshlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning barcha turlarini, maorif-madaniyat, ilm-fan, siyosiy partiyalar va harakatlar bilan chambarchas bog‘langan. Marketing korxonalarga iste’molchilar ehtiyojlarini oldindan ko'ra bilish va iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda, chakana va ulgurji savdo korxonalarida, xizmat k o ‘rsatish korxonalarida marketingdan samarali foydalanish tovarlar yoki xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu darslikda marketingning mohiyati va mazmuni bo‘yicha umumlashtirilgan yangi ilmiy-nazariy bilimlar, uslubiy tavsiyalar, marketingning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari, shakllari, turlari hamda uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish yo‘llari va usullari aks ettirilgan. Darslik iqtisodiyot, marketing, menejment, buxgalteriya hisobi va audit, turizm bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga, magistrlarga, shuningdek, tadbirkorlar, fermerlar, biznesmenlarga m o‘ljallangan.

4


  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin