O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə116/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Nnfuzli narx - sotish hajmini o ‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun flrmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obro‘talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlami yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlami qo‘llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o ‘zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha o'zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o'zgaruvchan narx qo‘llaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini afzal ko'radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi.
Erkin bozor narxi - bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
Egiluvchan narx - egiluvchan narxlar ko‘pincha individual bitimlar amalga oshiriladigan bozorlarda uchraydi. Zargarlik buyumlari, antiqa do‘konlar, dehqon bozorlar egiluvchan narxlardan foydalanadilar. Egiluvchan narxlar sanoat tovarlari uchun ham belgilanadi. Masalan, mashina va uskunalami lizing bozorida bir xil narxda tuzilgan bitimlar kam uchraydi. Ushbu strategiyaga muvofiq, korxona xaridoming
218
savdolashish qobiliyatiga yoki boshqacha qilib aytganda, ulaming xarid qobiliyatiga qarab bir xil mahsulot yoki xizmat narxlarini o‘zgartiradi. Savdolasha oladigan xaridor, savdolasha olmaydiganlarga qaraganda kamroq haq toiaydi. Raqobat bozorlarida bugungi kunda korxonalar tobora egiluvchan narxlar strategiyasini olib bormoqdalar.
Bozor koiam i hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo‘ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ulaming xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlami, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovami ishlab chiqarishga sarflangan baynal- minal xarajatlami, tovaming jahon standard talabiga mos kelish daraja­ sini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.



    1. Yüklə 1,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin