221
0 ‘zgaruvc/ti xarajatlar
|
10
|
О ‘zgarmas (doimiy) xarajatlar
|
300000
|
Kutilayotgan sotish hajmi
|
50000
|
Toasteming bir birligini ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar quyidagicha berilgan:
Bir birlik xarajat = o ‘zgaruvchi xarajat + (o‘zgarmas xarajat)/(sotish hajmi) = 10+300000/50000=16.
Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi o ‘z mahsulotiga 20% ustama qo‘- yishni xohlaydi mahsulot narxi quyidagicha belgilanadi:
Mahsulot narxi=(Bir birlik xarajat)/((l-ustama qiymati))=16/(l- 0.2)=20 bundan kelib chiqadiki, korxonaning bir birlik mahsulotdan ko‘radigan foydasi 4 birlikka teng.
K o‘zlangan foyda normasi olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlami hisoblashga asoslanadi.
Sorisfa xajm i^m ag dona
10.3.2-chizma. Zararsizlik va maqsadli foyda tahlili usuli bo‘yicha narxni aniqlash
Narxni chegaraviy xarajatlar bo'yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatida sotadi, bu holda xarajatlaming
222
aqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning ushbu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan sharoitda foyda berishi mumkin.
Raqobatga asoslangan holda, narx belgilash strategiyasida raqo- batchilaming strategiyasi, mahsuloti narxi bozordagi ulushi kabilar hisobga olinadi. Agar iste’molchi kompaniya mahsulotining nafliligini raqobatchilarning mahsuloti nafliligiga qaraganda yuqori baholasa kompaniya mahsulotiga yuqori narx o'm atishi mumkin, lekin iste’molchi kompaniya mahsuloti naflilik darajasini raqobatchinikiga qaraganda past baholasa, raqobatchinikiga qaraganda pastroq narx belgilash orqali iste’molchi e’tiborini o ‘z mahsulotiga qaratishi mumkin. Kompaniyaning asosiy maqsadi raqobatchilar mahsuloti narxiga bog‘langan holda narx belgilash emas, agar kompaniya mahsulot nafliligini oshirsa o ‘z-o‘zidan narx ham oshadi.
Bu grafikda yalpi daromad, foyda va jami xarajatlaming sotiladigan mahsulot hajmiga bogiiqligi ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizma m a’lumoti shundan dalolat beradiki, doimiy xarajatlar 300000 so‘mga teng bo‘lib, sotiladigan mahsulot hajmiga bog‘liq emas. 0 ‘zgaruvchan xarajatlar doimiy xarajatlarga qo‘shilib jami xarajatlami tashkil qiladi va uning miqdori sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o‘zgarib turadi. Yalpi daromad egri chizig‘ining tikkaligi tovar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Bizning misolimizda tovar birligining narxi 20 so‘mga teng. Bunday narxda zararsizlikni ta’minlash uchun korxona eng kamida 30000 tovar birligini sotishi kerak. Shuncha miqdordagi tovar birligining har birini 20 so‘mdan sotib, korxona 600000 so‘m tushumga ega bo‘ladi. Ana shu ko‘rsatkich zararsizlik nuqtasiga mos keladi. Maqsad qilib qo‘yilgan foydaga erishish uchun korxona sotish hajmini oshirishi zarur. Bizning misolimiz bo‘yicha korxona 200 ming so‘m foyda olishi uchun eng kamida 50 ming tovar birligini sotishga erishishi kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |