10.3.1-chizma Narx o ‘rnatishdagi fikrlar
Iste’molchiga asoslangan holda narx belgilash shuni anglatadiki, narx barcha elementlar singari, eng avval, o‘rganib chiqiladi shundan so'ng esa marketing dasturi tuziladi. Kompaniya eng aw alo iste’ molchilar ehtiyojlarini o‘rganib chiqadi, shundan so‘ng esa olingan m a’lumotlar asosida mahsulotga narx o‘matiladi. Kompaniyalar uchun iste’molchining fikrini mahsulot narxiga ta’sirini o‘rganib chiqishi qiyin kechadi. Misol uchun, agar siz restoranda ovqatlansangiz ovqat tarkibidagi elementlardan kelib chiqqan holda uning bahosini hisoblashingiz oson lekin lazzatlanish, dam olish atrof muhit,
220
suhbatlashish kabi omillar hisobga olinsa bu jarayon qiyin kechadi. Lekin, shunga qaramasdan marketologlar ushbu omillarning ham narxga ta’sirini o ‘matishga harakat qiladi. Iste’moichi fikriga asoslangan holda narx belgilashning ham 2 turini ko‘rib o'tish mumkin:
iste’moichi uchun qulay narx belgilash
mahsulot iste’mol qiymatini oshirish.
2008-2009-yillardagi iqtisodiy inqiroz davridan so‘ng ko‘plab kom paniyalar o ‘z mahsulotlariga past darajada narx belgilash orqali sotish hajmini oshirdilar. Bunga ushbu davrda Walmart va Mersedes Benz kabi kompaniyalar qoilagan narx strategiyasini misol qilish mumkin.
Iste’mol qiymatini oshirish orqali narx belgilashda esa asosiy e’tibor mahsulot sifatini oshirishga va sotib olish hamda undan keyingi xiz matlar darajasini oshirishga qaratiladi. Shu bilan birga mahsulot narxi ham yuqori qilib belgilanadi. Bugungi kunda umumiy elektr ener- giyaning 20 foizi yoritish tizimi uchun ishlatiladi va ko‘plab joylarda elektr energiyasi yetishmovchiligi kuzatiladi. Shulardan kelib chiqqan holda Filips kompaniyasi o'zining yuqori sifatli elektr energiyasini tejovchi yorituvchi lampalarini taklif qiladi.
X arajatga asoslanib narx belgilash. Ushbu strategiyada kompa niya ishlab chiqarish, sotish va yetkazib berish kabi xarajatlardan kelib chiqqan holda, mahsulot narxini belgilaydi. Agar mahsulot uchun ketadigan xarajatlar qanchalik past b o isa past, narx belgilash imkoni paydo bo‘ladi va bu orqali yuqori sotish hajmiga erishish mumkin boiadi. Apple va BWM kabi kompaniyalar xarajatlari yuqori darajada ekanligi sababli ulaming mahsulotlari narxi ham yuqori boiadi.
Xarajatlaming quyidagi turlari mavjud. 0 ‘zgarmas xarajatlar-mah- sulot hajmiga bogiiq bo‘lmagan va o ‘zgarmasdan qoladigan xarajatlar. Bularga ijara ishlab chiqarish jarayoniga bogiiq boim agan xodimlarga ish haqi, amortizatsiya kabilami kiritish mumkin. O'zgaruvchan xara jatlar - ishlab chiqarish hajmi bilan bevosita bogiiq boigan xarajatlar. Masalan, xodimlarga ish haqi, xomashyo uchun xarajatlar foyda solig‘i kabilar o'zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. 0 ‘zgarmas va o'zgaruvchan xarajatlaming yigindisi umumiy xarajatlami tashkil qiladi.
0 ‘rtacha xarajatlar plyus foyda tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovaming tannarxiga m aium ustama qo‘yishdan iborat b o iib narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi
Kompaniya xarajatlari quyidagicha berilgan boisin:
Dostları ilə paylaş: |