Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish o’zbek modelining yana bir muhim tamoyilidir. Bu tamoyil bozor munosabatlari va milliy iqtisodiyotni karor toptirish va rivojlantirishning tadrijiy nuli bo’lib, «shok terapiyasini» inkor etadi, mamlakatimizning rivojlanishga oid tarixiy tajribasidan, bozor tizimining huquqiy asosi va infratuzilmasi darajasidan hamda xalqimizning kddriyatlaridan kelib chiqali. Umuman olganda, inkiloblar. keskin sakrashlar iqtisodiyotga moye sa’y- harakatlar emas. «Bir tizimdan ikkinchisiga o’tish asta-sekin evolyusion ravishda bo’lishi muxi mdir, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov. - Iqtisodiy islohotlar mamlakatni maqsad sari asta-sekin, qadam-baqadam ilgarilab borishi, bozormunosabatlariningayrimjixdtlarinivaumumanbutuntiziminigiakllantirishi lozim».48 Darhaqiqat, O’zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tishda o’zbeklarning «Yangi uy qurmay, eskisini buzmang - boshpanasiz qolasiz» hikmatida aytilganidek, tadrijiy, izchil yo’l tanlandi. Bozor munosabatlariga o’tish boshlangan davrdagi iqtisodiy vaziyat, xalqning turmush, tafakkur darajasi ham shuni taqozo etardi. Bo’larning barchasi uchun vaqt va imkoniyat zarur edi. Bu borada eng avvalo, islohotlar strategiyasini, birinchi navbatda, amalga oshiriladigan yo’nalishlarni belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda ko’p ukladli aralash iqtisodiyotni barpo etish mamlakat xo’jaligining mavjud holati va imkoniyatlari, aholining mentaliteti, psixologiyasi va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham mamlakatimizla bozor munosabatlariga o’tish jarayoni MDH mamlakatlari amaliyotidan keskin farq qildi va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bir qatorda barcha bozorga o’tishjarayonlari,raqobatmuhitiniyaratish,bozorinfratuzilmasitizimini
48ИсломКаримов.Асарлар,1-жилд,Т.,«Ўзбекистон»,1996,315-бет.
shakllantirish va rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish ham bosqisma- bosqich amalga oshirildi.
Bularning hammasi bosh masaladan - mulk munosabatlarini tubdan isloh qilish jarayonidan boshlandi, albatta. Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 1992-1993 yillarni o’z ichiga olgan dastlabki bosqichi davlat uy-joy fondi, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalari, mahalliy, yengil va oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporta, qurilish sohasidagi mayda korxonalarni xususiylashtirishlar boshlandi. Agrar sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyatiii e’tiborga olib, qishloq xo’jaligida islohotlar jadal sur’atlarda olib borildi. Natijada, ilgari davlat mulki obyekta hisoblangan uy- joy fondi, mayda korxonalar xususiy va jamoa mulkiga aylantirildi. Xususiylashtirishning bepul va imtiyozli shakllari keng qo’llanildi.
Ikkinchi bosqichda - 1994-1995 yillarda yalpi xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu davrda davlat nazorati shart bo’lmagan yengil, mashinasozliqko’rilish materiallari sanoatiga tegishli o’rta va yirik korxonalar xususiylashtirildi.
Davlat dasturiga ko’ra, ikkinchi bosqichda tarmoq va mintaka ahamiyatidagi 50 mingdan ortik obyektni xususiylashtirish ko’zda tutildi. Ushbu davrda kichik korxonalar xususiy mulk shaklini olgan bo’lsa, o’rta va yirik korxonalar ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksionerlik korxonalari aksiyalarining paketlari turt qismga ajratilib, mehnat jamoasiga 25 foiz, davlat ixtiyorida 25 foiz, erkin savdoga 30 foizi, turdosh korxonalarga 10 foiz va chet el investorlariga 10 foiz nisbatlarida sotildi. Shuningdeq qisqa davrda 70 mingdan ortiq kichik korxona tashkil etildi va ro’yxatga olindi. Mulkdorlar qatlami yanada kengayib, ular safiga xususiylashtirilgan korxonalarning 2 milliondan ortiq aksiya, ulush va pay egalari, 3 millionga yaqin shaxsiy tomorqa xo’jaliklari egalari, 85 mingga yaqin xususiy va kichik korxonalar egalari va 14 ming ko’chmas mulk egalari qo’shildi.
Uchinchi bosqichda, ya’ni 1996-1998 yillarda nazorat paketlari davlat mulki shaklida saqlanib qolayotgan yirik korxona va tarmoqlarni isloh qilish rejalashtirildi. Mazkur bosqichda Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan xususiylashtirish jarayoniga jalb etilmaydigan obyektlarning ruyxati belgilaydi. Ularga suvdan foydalanish obyektlari, meliorasiya tarmoqlari, muzeylar, sanepidstansiyalar, strategik va harbiy ahamiyatdagi obyektlar, nobyudjet jamg’armalari kiritildi. Ushbu ruyxatdan o’rin olmagan barcha korxona va obyektlarni xususiylashtirishga qaror qilindi.
To’rtinchi bosqichda (1998 yilning oxiridan) xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni davlat byudjetiga safarbar etish, xususiylashtirilayotgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb qilish, boshqaruvning samaradorligini oshirish va yangichamulkmunosabatlariningto’liqamalqilishiuchunshart-sharoitlaryaratish asosiy vazifalar sifatida belgilaydi. Natijada, mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan yirik industriya gigantlari, yoqilg’i-energetika, kimyo va mashinasozlik majmualarining yordamchi korxonalarini yirik xorijiy investorlarni jalbqilishasosidaxususiylashtirishjarayonlaridavomettirildi.Xususiylashtirish
jarayonidan tushgan mablag’lar 2002 yilda 43,6 milliard so’mni, 2003 yilda 56,1 milliard so’mni va 2004 yilda 78,4 milliard so’mni tashkil etdi.
Xorijiy investorlarga sotilgan korxonalardan tushgan mablag’ 2004 yilda 24,3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2003 yilga nisbatan 49,8 foiz ko’pdir. Bundan tashqari xorijiy investorlarga sotilgan 17 ta davlat aktivlari bo’yicha korxonalarni rivojlantirish maqsadlarida yangi mulk egalari tomonidan 24,7million AQSh dollari miqdorida investisiyalar kiritish majburiyatlari ham olindi.
1992-2004 yillar davomida bosqisma-bosqich olib borilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida umumiy hisobda 130 mingga yakin yuridik shaxe mulk va xo’jalik yuritish shakllarini o’zgartirdi. Jumladan, 77 mingdan ortiq yuridik maqomdagi korxona bazasida 50 mingdan ortik turli mulk shaklidagi korxonalar yaratildi. 2004 yilda birja, kimoshdi savdosi va tanlov orqali 70 mingga yakin davlat mulki obyektlari mulk huquqlari aksiya paketlari ko’rinishida sotildi.
1992-1993 yillar davomida davlat mulkida bo’lgan obyektlarning 70 foizi davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan bo’lsa, islohotlarning mantiqiy rivojiga ko’ra, keyingi yillarda xususiylashtirish jarayoniga jalb qilinmagan korxonalar soni muttasil kamayib bordi. Jumladan, 1994-1995 yillarda ularning ulushi 24 foizni, 1996-1998 yillarda 5 foizni va 1999- 2004 yillarda 1 foizdan ham kam bo’ldi. Natijada nodavlat sektorining tashkiliy-iqtisodiy jixatdan iqtisodiyotdagi ulushi 2004 yilga kelib 90 foizdan oshdi."49 Islohotlar mulkiy masalalar to’g’ri xal etilib, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uzluksiz amalga oshirilgan, ko’p ukladli iqtisodiyot barpo etilgan taxdirdagina o’zining salmokdi natijalarini beradi. Mulk munosabatlarini tako- millashtirish bo’yicha hali o’tish davrining dastlabki bosqichidayok qabul qilingan tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karor va farmoyishlari shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu borada «O’zbekistan Respublikasida mulkchilik to’g’risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidaii qonunlarni va «Iqtisodiy islohotlarni yanada chukurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Prezident farmonini eslab o’tishning o’zi kifoya.
Natijada, mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida nodavlat sektorijadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Davlat sektori esa iqtisodiyotda o’zining monopol ahamiyatini kamaytirdi, ko’p kirrali aralash xo’jalikka keng yo’l ochilib, rakobat uchun borgan sari kengroq imkoniyat yaratildi. Mulkiy munosabatlarni rivojlantirish moddiy boyliklarga egalik qilish, ulardan foydalanish vao’zlashtirish, insondagi bekiyos qobiliyatlarni, imkoniyatlarni ruyobga chiqarish bilan bog’liqdir.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni (biznesni) ragbatlantirish. qimmatliqog’ozlarboyurinishakllantirishisloxotlartaklirinihalqiladiganshartlardan
49Н.ТўхлиевТараққиѐтнингўзбекмодели. Т.:2012.153-155бетлар
biridir. Bu, birinchidan, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bevosita bog’liq masala bo’lib, jamiyatning ijgimoiy va iqtisodiy negizini mustaxkamlashga xizmat qiladi, mulkdorlar sinfini shakllantirishыing va ichki bozorni iste’mol mollari va xizmatlari bilan ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
O’zbekistonda qisqa vaqt davomida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy asoslari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, O’rta va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha hukumat komissiyasi, «Madad» sug’urta agentligi, konsalting, injiniring, lizing firma va kompaniyalari, biznes-inkubatorlar ish boshladi. 1997 yilga kelib mamlakatimizda kichik va xususiy korxonalarning umumiy soni 100 mingdan oshib ketdi. Qishloq xo’jaligida dehqon, fermer xo’jaliklari tashkil topa boshladi. Ammo kichik va o’rta xususiy tadbirkorlikka munosabatning rivojlanishini konikarli,debhisoblashkiyinedi.Hukumatkarorlaridata’kidlanganideqbuborada keskin burilish yasash o’z-o’zidan kechmadi. Ko’plab kichik va xususiy korxonalarni tashkil qilish, bu ishga aholi shaxsiy jamg’armalarini jalb etish, shu yo’l bilan yangi ish joylarini ochish ishlari sekin bordi. Ayrim kichik va xususiy korxonalar, fermer xo’jaliklarini moddiy-texnika va xom ashyo, uzoq muddatli kreditlar bilan ta’minlashdagi kiyinchiliklar, shuningdeq joylardagi byurokratik to’siq va govlar tufayli o’z faoliyatini tuxtatgan hollar ham ko’plab uchradi. Gap shundaki, o’tmish sarqiti -boqimandalik psixologiyasidan qutulish osonkechmadi. Xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishni ixtiyor etganlarning aksariyati uni davlat yoki boshqa birovning hisobidan amalga oshirishni istagani sezildi. To’g’ri, kichik va o’rta biznesni davlat darajasida qo’llab-quvvatlashga O’zbekistonda alohida e’tibor berildi va bu amaliyot xozir ham izchillik bilan amalga oshirilmokda. Ammo davlat tomonidan qaratilayotgan ana shu e’tibor, ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanish lozim. Qolaversa, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat ko’magidan tashqari yana boshqa yo’llari ham mavjudki. ulardan ham unumli foydalanishni yo’lga qo’yish keraq Buning uchun mulk egasi, menejer tadbirkor, bilimli va mehnatsevar bo’lishi lozim. Mulk egasi bo’lish, tadbirkorlik oson ish emas.
Masalan, mulkni kafolat sifatida qoldirish hisobiga har qanday tijorat bankidan kredit olish mumkin. Bunday imkoniyat bo’lmagan hollarda tadbirkorlikni moliyalashtirishning venchur usulidan foydalanish mumkin. Bu vaktda tadbirkorga mablag’ ajratgan bank qarzdan kutulgunga qadar firmaningyoki ushbu xususiy ishning egasi bo’lib turaveradi. Xorijiy kredit liniyalariga ega bo’lish uchun, avvalo, puxta uylangan va ishlab chiqdlgan biznes-reja hamda biznes loyihalar zarur. Umuman kreditlar tizimidan foydalanish qonun-qoidalarini to’liq o’zlashtirmay turib, kutilgan natijalarga erishish qiyin.
Iqtisodiy mustaqillikka erishish, iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri - iqtisodiyotda tarkibiy qayta ko’rishni amalga oshirishdir.
Sobiq ittifoq sharoitida xalq xo’jaligining amaldagi tarkibi mehnat taksimoti va ixtisoslashuv prinsiplari asosida shakllangan edi. Bu borada O’zbekistonning "cheki"ga arzon xomashyo va yarimtaiyer mahsulotlar, strategik mineral resurslar
yetkazib berish va sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni sotishning keng bozori bo’lish tushgan edi. Iqtisodiyotning bunday mustamlakachilikka asoslangan tarkibi mustaqillikning dastlabki yillarida eski xo’jalik aloqalari barham topib, yangilari hali shakllanib ulgurmagan sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarkibiga mutlaqo yangi talablarni qo’ydi. Milliy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirmasdanturib, boy resurslardan, mavjud ulkan imkoniyatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar va ziddiyatlarga barham berish mumkin emasdi.
Tarkibiy siyosat, eng avvalo, kishloq xo’jalik xom ashyosi va mineral resurslarni chukur qayta ishlashga, texnologik siklning tugallanganlik darajasini oi1irishga,mamlakat yoqilgi-energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qaragildi. Ilgari tashqaridan keltirilgan yuzlab turdagi mahsulotlar mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarila boshlandi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik qurilishlarning geografiyasi ancha kengaydi. Bunday izchil, bosqisma-bosqich va okilona siyosat sanoat taraqqiyotida uzoq yillar hukm surib kelgan regional nomutanosiblik va ziddiyatlarni sezilarli darajada yumshatishda muhim omil bo’ldi.
Tabiiyki, iqtisodiyotning tarkibini takomillashtirish bir zarb bilan amalga oshiriladigan ish emas. Bu o’zgarishlar muntazam davom etadigan ijtimoiy- iqtisodiy jarayon bo’lib, davr talabi va iqtisodiy siyosatdan kelib chiqadi. tarmoqlqrarohamda tarmoqlar ichida tuxtovsiz kechadi. Bozor iqtisodiyoti va fan- texnika tarakkiyoti tan oladigan tarmoqdar rivojlanib, mahsulot ishlab chiqarishda ularning hissasi oshib boraveradi. Aksincha, bozor va tarakkiyotga moye kelmaydigan sohalarning mahsulot va xizmatlarni yaratishdagi ulushi pasayib yoki butunlay yukolib, o’z o’rnini boshqa, ilg’or sohalarga bo’shatib beraveradi.
Butun iqtisodiyotda ayrim tarmoq va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish va ularni davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlash to’g’ri yo’l ekanligini xayotning o’zi tasdiqladi. Ustuvor sohalarning turri belgilanishi, nafaqat ilgari taqchil hisoblangan mahsulot turlarini keng ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish, butun iqtisodiyotni izchil rivojlantirish imkonini berdi. Keyingi yillarda mamlakatimizda sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishni jadallashtirish, eksport saloxiyatini oshirish va chetdan keltiriladigan mahsulotlar urnini bosadigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, bozorni xalq iste’moli va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tuldirish, kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, investision faoliyatii jadallashtirish, mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish kabi chora-tadbirlar ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilandi. Bu esa, o’znavbatida,yalpiichkimahsulotishlabchiqarishnirealko’rsatkichlardaoshirish imkoniyatini yanada kengaytirishda muhim omil bo’ldi.
Islohotlardanboshmaqsad -ijtimoiyishlabchiqarishsamaradorligini muttasil oshirish asosida xalq farovonligini yuksaltirishdir. Ana shunday natijalar islohotlarga haqiqiy mazmun kasb etadi, quruq safsatabozlikdan asraydi.
Shu urinda yana bir sifat ko’rsatkichga tuxtalmasdan utib bo’lmaydi. Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari tarkibida tayyor mahsulot ulushi tobora oshmokda. Agar 1990 yilda sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida tayyor mahsulotning ulushi 35 foizni tashkil etgan bo’lsa, hozir bu raqam 70 foizdanoshib ketdi.
O’zbekistonda ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish uchun mustaxkam asos yaratilgani, iqtisodiyot tarkibi bozor munosabatlariga monand takomillashtirilayotgani, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ulushining oshayotgani, kapital mablag’lar katta qismining moddiy ishlab chiqarish sohalarida o’zlashtirilayotgani, yangi texnika va texnologiya bilan jihozlangan sanoat obyektlariningko’ribishgatushirilayotganibugungijaxondakechayotganbahoonli sharoitda ham xalq farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasbetmoqda.
Tabiiyki,bundayyuksalishlarga,iqtisodiyo’sishgabirkunda,biryildaerishib bo’lmasdi. Bunday marralarga faqat katta kat’iyat, tadrijiylik,izchillik va bosqisma-bosqichlik orqaligina erishish mumkin.
XULOSA Ushbukursishiorqalixalqimizmustaqillikyillaridaerishgan barchayutuq va muvaffaqiyatlar, avvalambor, davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiyaqilish borasida o’z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir.
Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan har qancha faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik,bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning 90- yillaridasobiq sho’rosaltanatidanqolganayanchlimeros -biryoqlamarivojlangan, faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash holatiga yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining chekkasida qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan umidini uzgan xalqni o’ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaror rivojlanish yo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta.
Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq va yaqin tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida nimalar bo’lishi mumkinligini tasavvur qilishning o’zi dahshatli. Unday holatda xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi?
Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko’ra biladigan, mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi!
Mustaqil Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga boyligi bilan asrlarga teng yangi tarixi davomida o’z vaqtida tanlangan, har tomonlama o’zini oqlagan, to’g’riligini hayotning o’zi isbotlagan, jahonda taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan bormoqda. Bugun bu modelning o’ziga xos va o’ziga mos jihatlarini, berayotgan samaralari ko’plab mamlakatlarda o’rganilmoqda, xalqaro ekspertlar, olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo’l - iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o’z zimmasiga olishi, jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko’zda tutadigan mashhur besh tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo’yildi, mamlakatimiz izchil va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi.
Bu yo’lning hayotbaxsh samaralari - ozod va obod Vatanimizning go’zal va betakror qiyofasi, shahru qishloqlarimiz jamoli, xalkimiz farovonligida asrlar davomida namoyon bo’laveradi!50