O'zbekiston respublikasi


Aholijonboshigaxizmatlarishlabchiqarish(1990y.)45



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə12/14
tarix02.06.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#123987
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Convert dokumen tips kurs ishi 2020 6 14 asosiy qism 1 oazbekistonda

Aholijonboshigaxizmatlarishlabchiqarish(1990y.)45


5-jadval




Chakana tovar aylanmasi(rub)

Pullikxizmat
ko’rsatish (rub)

Maishiyxizmat ko’rsatish(rub)

SSSR

1617

251

56,8

RSFSR

1779

282

58,9

Ukraina

1578

252

57,5

Belorussiya

1861

260

78,6

O’zbekiston

906

139

40,1

Qozog’iston

1307

232

51,5

Gruziya

1396

246

70,6

Ozarbayjon

899

136

38,2

Litva

2010

280

76,3

Moldaviya

1512

207

53,1

Latviya

2470

324

77,0

Qirg’iziston

1067

159

43.3

Tojikiston

816

114

35,7

Armaniston

1444

199

51,0

Turkmaniston

1058

151

40,2

Estoniya

2712

376

97,0

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlarning past darajasiga keskin demografik vaziyat ham o’zining jiddiy ta’sirini o’tkazayotgan edi. Agar 1979- 1991 yillarda O’zbekiston aholisi 34,7 foiz o’sgan bo’lsa, bu borada o’rtachaittifoq ko’rsatkichi 10,5 foizga to’g’ri keldi. Bunda O’zbekiston ko’rsatkichlari Tojikistondan pastroq (40,9%) Turkmaniston bilan barobar turardi. Aholi o’sish sur’atlari bu yillarda Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Latviya va Estoniyada 10 foizdan pastroqni tashkil etdi.


Tug’ilishning yuqori darajasi mamlakat aholisining yosh bo’yicha tarkibiga ham ta’sir ko’rsatdi.

6-jadvalO’zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi bo’yicha


tarkibi(1.10.90y.)46




Mingkishi

Aholining umumiy soniganisbatanfoiz hisobida

Barchaaholi

20227,3

100,0

shujumladan,

0-14 yoshda

8259,4

40,8

15-39yoshda

8232,7

40,7

40-60yoshda

2427,6

12,0

60danyuqoriyoshda

1307,6

6,5

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlakat aholisining 40 foizdan ziyodini 14 yoshgacha bo’lgan fuqarolar tashkil etgan. Aholi tarkibidagi bu holat bozor munosabatlariga o’tish kuchli ijtimoiy siyosat bilan amalga oshirilishini taqozo etardi.
O’zbekistonda bozor sharoitida ijtimoiy siyosat asosan ikki yo’nalishda amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot.
Ijtimoiy himoya bozor islohotlarini amalga oshirish davrida aholini ijtimoiyva moddiy muhofaza qilish va milliy xo’jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy xolati hamda xayot kechirishning zarur vositalariga ega bo’lmaganligi sababliyordamga muxtojqatlamigadavlatvajamoattashkilotlarivajamg’armalari tomonidan ko’rsatiladigan yordamdir.
Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib borish, kashshokdanishning oldini olish, aholi turli kaglamlari o’rtasidagi ta’lim olish, madaniyat va san’at yutuklaridan bahramand bo’lish, kasb malakasini oshirish va daromadlarni ta’minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson tarakkiyotining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni ta’minlash, ish bilan bandlik, o’qish va ta’lim olish, daromadlarni kafolatlash, iste’molchilar huquqlarining himoyasi va iste’mol kafolatini ta’minlash, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar va to’lovlar joriy etish kabilarni o’z ichiga oladi.
Islohotlarning dastlabki yillarida ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib, asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab berildi.
Yangi ish joylarini yaratish dasturlari, inflyasiyaning oldini olish chora- tadbirlari, kichik va xususiy biznesning erkin faoliyati uchun yaratilayotgan shart- sharoitlar, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturininghayotgatatbiqetilishi,fuqarolaro’zinio’ziboshqarishningmahalla
tizimini rivojlantirish, eng kam ish haqi miqdorining, davlat sektoridagi ishchi va xizmatchilar ish haqining oshirib borilishi ijtimoiy himoya tizimining tarkibiy qismlariga aylandi.
Ijtimoiyhimoyatizimikeyingiyillardayanadatakomillashtirilib,aholiniyalpi ijtimoiy himoya qilish tizimidan uning manzilli va maqsadli tizimiga o’tildi. Bu tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar va ko’p bolali oilalar hisobidan yuz minglab oilalar moddiy yordam olmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaning milliy dastur darajasiga olib chiqilishi butizimning muayyan yo’nalishlariga haryili ustuvorlikberilishida hamko’rinadi. Ayollar, bolalar, qariyalar, ko’p bolali oilalar, sog’lom va barkamol avlodnivoyaga yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, nafaqa ta’minoti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz keksalarga xizmat ko’rsatish. nogironlarni tibbiy anjomlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam ko’rsatish shaklida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri davlat tomonidan, xususan, byudjet mablag’lari hisobidan keksaygan, mehnatga layoqatsiz, boquvchisini yo’qotganlarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishdan iboratdir. Bu davlat ijtimoiy ta’minoti tizimi bo’lib, o’z ichiga ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Ijtimoiy ta’minot bevosita davlat va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan mablag’lar, homiylar va boshqa manbalarning mablag’lari hisobidan amalga oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordamko’rsatish tartibi va yo’nalishlari qonunan belgilangan, an’analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga ko’ra shakllantirilgan.
Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqalar hamda nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogironlar va keksalarga belgilangan ijtimoiy to’lovlar ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllaridir.
Qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish. muxtojlarni tibbiy anjomlar bilan ta’minlash, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli yo’llanmalar joriy etish, jamoat transportida yurish imtiyozlariberish, turarjoy, soliq va maishiyxizmatlarningimtiyozlishakllarini jo- riy etish kabilar respublikamizda ijtimoiy ta’minotning keng tarqalgan shakllari hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning huquqiy asoslari, muhim tamoyillari 1993 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti to’g’risida»gi qonunida ifodalangan. Ushbu hujjatga ko’ra nafaqalar miqdori mehnat staji va ish haqiga uzviy bog’liq. Bugungi kunda 1,3 millionga yaqin pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda.
Mustaqillik yillarida davlat ijtimoiy ta’minot turlari ortib borayotir. Bu, o’z navbatida, iqtisodiyotning jadal rivojlanishini va shunga muvofiq davlat byudjeti daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish va bu sohada davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy-ma’muriy islohotlar hamamalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat va notijorat ijtimoiy jamg’armalar tashkil etildi. 2001 yil Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi birlashtirilib, ularning nsgizida O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shakllantirildi. Joylarda davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatini yuritishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati, sanatoriylar, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari. nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda davlat bilan bir qatorda bir qancha ijtimoiy jamg’arma va tashkilotlar ham samarali faoliyat olib bormoqda. Ijtimoiy jamg’armalar (fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda mulkiy ulush qo’shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo’lib, ularning asosiy maqsadi xayriya, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat yuritish orqali jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ruyxatdan o’tgan ijtimoiy jamg’armalar soni ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg’armalar o’z faoliyatlari orqali ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Ammo ijtimoiy himoyalash aholining kam ta’minlangan qatlamlari hisoblanadigan - bolalarni, nafaqadorlarni, nogironlarni, talaba va o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashdangina iborat emas. Kuchli ijtimoiy siyosat mehnat bozori va bandliq aholi turmush darajasi, aholi daromadlari va harajatlarida ham o’z aksini topali.
Ma’lumki. o’tish davrida ishsizlar sonining ortishi, ishchi kuchi tarmoq tarkibining o’zgarishi, ishchi kuchi eksportining kuchayishi, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligining pasayishi, mehnat resurslaridan foydalanishda hududiy tafovutlarning ortishi, yashirin ishsizlikning ko’payishi kabi salbiyxolatlar paydo bo’ladi. Bu - tabiiyhol. Bundayholatlarning oldini olish yoki ularni yumshatish maqsadida O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va uni boshqarishni takomillashtirish hamda samarali bandlik siyosatini amalgaoshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati mehnatresurslaridanokilonafoydalanishvaishsizlikningoldiniolishgadoyrizchil sa’y-harakatlarda ham o’z ifodasini topdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida to’liq bandlik emas, balki samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik ish bilan ta’minlaydi. Lekin ular samarali yoki ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanmasa, bunday bandlik mehnat unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi.
Samarali bandlikni ta’minlash va mehnat resurslaridan foydalanishning ahamiyati, ayniqsa modernizasiyalash, innovasion texnologiyalarga o’tish jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l kuchiga asoslangan mehnatdan mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan mehnatga o’tishni, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirishni, iqtisodiy faol aholini korxonalar, tarmoqlar va xuludlar o’rtasida maqsadga muvofik qayta taksimlashni, ish bilan band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bosh maqsadi mamlakat aholisining manfaatlarinimuhofazaqilish,turmushdarajasinioshirish,samaralimehnatiuchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga aholi daromadlarini uzluksiz oshirib borish va daromadlar tarkibini takomillashtirish orqali erishish mumkin.
Misoluchun,aholijonboshigato’g’rikeladigano’rtachayalpiichkimahsulot (xarid qobilyati pariteti bo’yicha) 1990 yilda 1328 AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 3271 AQSh dollariga teng bo’ldi, ya’ni 2,5 barobar oshdi47. Iqtisodiyotda band bo’lgan har bir kishiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi ham sanoat tarmoqlarida band bo’lgan har bir xodimga to’g’ri keladigan yalpi sanoat mahsuloti miqdori ham ana shunday yuksalishda o’z ifodasini topdi.
Natijada aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar (harid qobilyati pariteti bo’yicha) 2010 yil oxiriga kelib 2016,8 AQSh dollarini tashkil etdi. O’tgan 20 yil ichida o’rtacha oylik ish haqi mikdori (AQSh dollari ekvivalentida) 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobar oshdi.
O’tgan 20 yil ichidaaholi yalpi daromallari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida yangi daromad turi - mulkdan, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar ulushi 10,6 foizdan 47,0 foizga ko’paydi. Aholi yalpi daromadlarida oylik ish haqining ulushi 30-32% darajasida barqaror saklanib turibdi.
Shuning barobarida aholi jon boshiga to’g’ri keladigai pullik xizmatlar miqdori 1992 yilga nisbatan 2,2, maishiy xizmatlar 8.3, makana tovar aylanmasi 4,3 barobar oshdi.
Bu davr ichida aholi iste’moli tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. 1990-2010 yillarda aholi yalpi harajatlari tarkibida iste’mol, solikdar va boshqa tulovlarning hissasi kamaygan bo’lsa, pul omonatlari va jamg’armalari ulushi usdi. Jami iste’mol harajatlari ichida oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan harajatlar qariyb 10 punktga pasayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun tulovlar ulushi oshdi. Umuman olganda, bu progrsssiv tendensiya hisoblansada, biroq hali uni maqsadga muvofiq, deb bo’lmaydi. Hali yalpi harajatlar tarkibida iste’molga ketadigan harajatlar ulushi katta. Jami iste’mol harajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadigan harajatlarning ulushi 50 foizga yakin. Shunga mos ravishda, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga (televizor, muzlatkich, kompyuter, kir yuvish mashinasi. yengil avtomobil) va xizmatlarga (dam olish, sayoxatga chiqish) ketadigan harajatlar ulushi hali ancha past. 2010 yilda har 100


47Аҳолини ижтимоий ҳимоялашга оид рақамлар -Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустакиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари» Статистик тўплами буйича келтирилди. Т., 2011, 73-96- бетлар.
xonadonga132 televizor,99 muzlatkich,18,5kondisioner,37elektrchangyutgich,
12 kompyuter, 75 kir yuvish mashinasi, 27,1 avtomobil, 145 mobil aloqa vositalari to’g’ri keldi.
O’tgan davr ichida aholi jon boshiga asosiy iste’mol mahsulotlari ni iste’mol qilishham(nonvanon mahsulotlaridantashqari)sezilarlidarajadao’sdi.Go’shtva go’sht mahsulotlari iste’moli - 22,6,sut mahsulotlari - 30,3,tuxum- 42,3,sabzavot va poliz - 122,1, kartoshka - 55,2, usimlik yogi va boshqa moylar - 3,2, shakar - 37,5 va meva, jumladan uzum 260 foiz oshdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish kuchli ijtimoiy siyosatga asoslanadi. Xalqimiz bu yo’lni o’z yo’lboshchisi rahnamoligida mustaqillikning va bozor islohotlariga o’tib milliy iqtisodiyotni barpo etishning birinchi kunlaridan tanladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sifatila tan olingan nemis, shved modellari esa 3-4 asrlik evolyusion rivojlanish hamda sosial-demokratik kasaba uyushmalari va ishchilar harakatining qattiq ta’siri natijasida shakllangan edi.

Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin