Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.
Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang ). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.
Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-yil 14 dekabrda kabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. 15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu safar qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Navbatdagi mavsumda har bir bosqichga 20 kundan — jami 60 kun muddat beriladi. Qoraqalpog‘istonda esa tashabbusli budjet jarayoni bir oy farq bilan o‘tkaziladi.
Moliya vazirligi 15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining 2-mavsumi boshlanganini ma’lum qildi. Xabarda keltirilishicha, bu mavsumda fuqarolar ilgari suradigan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘ylab qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Unda fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yo‘llarni qurish, maktablarni ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning taqsimlanishida ishtirok etishlari mumkin.
Tashabbusli budjet jarayonini o‘tkazishning amaldagi tartibiga ayrim tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, endilikda Tashabbusli budjet jarayonlarining har bir bosqichi 20 kundan — jami 60 kun davom etishi belgilandi.
Shunga ko‘ra, «Tashabbusli budjet» jarayonining 2-mavsumi:
1-bosqich — takliflarni ilgari surish — 15 iyuldan — 3 avgustgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 15 avgustdan — 4 sentabrgacha)
2-bosqich — loyihalarni saralab olish — 4 avgustdan — 23 avgustgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 4 sentabrdan — 24 sentabrgacha)
3-bosqich loyihalarga ovoz berish — 24 avgustdan — 12 sentabrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 24 sentabrdan — 14 oktabrgacha) davom etadi.
Birinchi mavsum esa quyidagicha https://www.gazeta.uz/uz/2022/04/04/initiative-budget/ :
1 fevral — 22 fevralda batafsil ko‘rinishda tashabbus qoldirildi;
5 mart — 1 aprel davrida saralangan tashabbuslar bo‘yicha fuqarolarning ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
1 aprel kuni «Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi yakunlandi hamda g’oliblar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, ushbu mavsum davomida fuqarolar jo‘natgan jami 70 mingga yaqin tashabbusdan 2215 tasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalarga ovoz berish jarayonlarida esa 6,7 mln kishidan ko‘proq aholi ishtirok etdi. G‘olib deb topilgan tashabbuslarning 34 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash loyihalari bo‘ldi. Mahalliy budjetlar daromadlar qismini shakllantirish masalalari bo‘yicha moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari har oyda ishlab chiqarish dinamikasi va tendensiyalariga, hajmlarining o‘zgarishiga, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ochilishiga va soliq to‘lovchilarning sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va majburiy ajratmalar tushumlari prognozining hisob-kitobini amalga oshiradi.
Xulosa. Men O’sarova Hurshida Suyunovna ushbu amaliyot davomida Sirdaryo viloyati Guliston shaxardagi Moliya bo’limining Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish, Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi.