Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari Reja (1)
Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari Reja: Kirish
1.Budjet munosabatlarini tartibga solishda me’yoriy hujjatlarning ahamiyati
2.O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi mazmuni va ahamiyati
3.Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquqiy asoslari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so’ng, xo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzulmasining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo’jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy asosni yaratishni talab etdi. Undan tashqari, jahondagi globallashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O’zbekiston Respublikasi uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish talab etilmoqda.1 Bizga ma‘lumki, mamlakatda sodir bo’layotgan har qanday jarayonlar tegishli qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Bosh hujjat esa – bu O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. Byudjet munosabatlarini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy hujjat ham Konstitutsiya hisoblanadi. Davlat byudjeti bilan bog’liq bo’lgan barcha huquqiy-me‘yoriy hujjatlar ham Konstitutsiya bilan belgilab qo’yilgan normalar asosida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Ma‘lumki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mos huquqiy bazaga tayanishi lozim. Shu sababli yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish zaruriyati tufayli O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi. Bunday qonunlar avvalgi-markazlashtirilgan rejali tizim ruhi bilan sug’orilgan, haddan tashqari mafkuralashtirilgan, xalqaro me‘yorlar va qoidalarning talablarini inkor etuvchi sovet davri qonunlarining o’rniga keldi va yosh mustaqil davlatimizning huquqiy demokratik yo’ldan og’ishmay ravnaq topishi uchun xizmat qila boshladi. O’zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi, byudjet tizimining amal qilishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining barcha darajalaridagi (markaziy, hududiy va mahalliy) byudjet borasidagi vakolatlari byudjet qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ushbu kurs ishida:
1.Budjet munosabatlarini tartibga solishda me’yoriy hujjatlarning ahamiyati
2.O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi mazmuni va ahamiyati
3.Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquqiy asoslari kabi asosiy rejalari o’z ifodasini topgan.