1.Budjet munosabatlarini tartibga solishda me’yoriy hujjatlarning ahamiyati O’zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi, byudjet tizimining amal qilishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining barcha darajalaridagi (markaziy, hududiy va mahalliy) byudjet borasidagi vakolatlari byudjet qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Byudjet qonunchiligi – byudjet munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solib turishga xizmat qiluvchi barcha qonuniy va me‘yoriy-huquqiy hujjatlar yig’indisi. Huquqiy me‘yorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, byudjet qonunchiligini bir necha darajaga ajratish mumkin:
1-daraja-O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2-daraja-O’zbekiston Respublikasi hukumatining (Vazirlar Mahkamasining) byudjet masalalaridagi qarorlari.
3-daraja-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari, farmoyishlari va byudjet sohalariga taalluqli bo’lgan boshqa me‘yoriy hujjatlari (Nizomlar, Yo’riqnomalar, Qoidalar).
4-daraja – mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjatlari (Masalan, tegishli viloyat, tuman (shahar) mahalliy byudjeti parametrlarini tasdiqlash to’g’risidagi Xalq deputatlari Kengashlarining va hokimlarinig qarorlari).
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan va O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet huquqlari to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasi ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan ―Davlat byudjeti to’g’risidagi qonuni va byudjet masalalari bo’yicha boshqa qonuniy va normativ xujjatlardan tashkil topgan.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan va O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi,Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet huquqlari to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasi ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan ―Davlat byudjeti to’g’risidagi qonuni va byudjet masalalari bo’yicha boshqa qonuniy va normativ xujjatlardan tashkil topgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
2022-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 15-dekabrda ma’qullangan.
Ushbu Qonunning maqsadi 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.2 Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2022 moliya yili davomida foydalaniladi va kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zining joriy xarajatlari tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan quyi tashkilotlariga o‘zlariga respublika budjetidan ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini 10 foizigacha Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirishga haqli.
Vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida chet el manbalaridan (chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan) grant tarzida ajratilgan mablag‘larni (miqdori va sohalari O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mustaqil belgilash shartlari (imkoniyatlari)da taqdim etilgan grant mablag‘lari bundan mustasno) birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ajratilishi belgilangan miqdorlari ushbu Qonunga o‘zgartirish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.
2022-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 708,9 mlrd so‘m miqdorida belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining 2022-yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetini, viloyatlar viloyat budjetlarini va Toshkent shahri shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli budjetlar zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizidan kam miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet mablag‘larini o‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi. Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni kamaytirish O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 120-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 30-dekabrdagi
O‘RQ-742-son Qonuniga
1-ILOVA3 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024-yillarga budjet mo‘ljallari