Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari saldosi (profitsit +, defitsit — )
-15 654,7
-15 762,3
-18 586,2
VI.
Davlat qarzlarini so‘ndirish
10 172,3
11 394,3
15 098,9
* Budjetlararo transfertlar hisobga olmagan holda
O‘zbekiston Respublikasining
42021-yil 30-dekabrdagi
O‘RQ-742-son Qonuniga 2-ILOVA
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2023-2024-yillarga maqsadli mo‘ljallar
T/r
Ko‘rsatkichlar
2022-yil uchun prognoz
Maqsadli mo‘ljallar
2023-yil
2024-yil
1.
Yalpi ichki mahsulot, mlrd so‘m
839 989
972 701
1 126 753
2.
Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati, foizda
6,0
6,2
6,6
3.
Iste’mol narxlari indeksi, o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda
9,0
5,0
5,0
4.
Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati, foizda
7,0
8,0
9,6
5.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, foizda
3,3
3,5
3,6
6.
Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati, foizda
9,3
9,8
10,7
2.O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi mazmuni va ahamiyati. Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag‗laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan bo’lib, 9 ta bo’lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat.
Ushbu Kodeks:O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
- O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
- davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
- davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarini shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
- davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni; - davlat byudjeti mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Byudjet Kodeksi Umumiy qism: Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan yangi tushunchalar belgilangan 1-bob;
Byudjet tizimining yangi prinsiplari kiritilgan 2-bob;
Yangi byudjet tasnifi tushunchasi, tarkibi va asosiy prinsiplari belgilangan 3-bob;
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlari konsolidatsiyalashtirilgan va belgilangan 4-bob;
Davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanishning byudjet jarayoni bilan umumiy kelishilgan normalari belgilangan 6-bob;
Konsolidatsiyalashtirilgan byudjetning maqsadlari va tarkibi belgilangan 7-bob; Turli darajalardagi byudjetlarning xarajatlari idoraviy bo‘ysunish mezoni asosida chegaralangan 13- bob.
Maxsus qism: O‘rta muddatli byudjetlashtirishni joriy etish uchun asos yaratilgan va byudjetdan mablag‘ ajratishning natijalar bilan bog‘liqligini ta‘minlaydigan dasturiy byudjetdashtirish vositalari joriy etilgan 16-bob;
Favqulodda byudjet tushunchasi joriy etilgan va uni shakllantirish shartlari belgilangan 17-bob;
Byudjet tashkilotlarining xarajatlari smetalari va byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar xarajatlarining yig‘ma smetalarini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilgan 18-bob;
Byudjet tizimi to‘g‘risida va ―Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan tartibga solingan byudjetlarni ijro etish normalari va tartiblari konsolidatsiyalashtirilgan va kelishilgan. Quyi byudjetlar daromadlari prognozining ortiqcha bajarilgan summasini yuqori turuvchi byudjetga markazlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi norma joriy etilgan 19-bob; Byudjet transfertlarining barcha turlari, shu jumladan, o‘zaro hisob-kitoblar aks ettirilgan 20-bob;
Byudjet hisobi standartlarini joiy etishga asos yaratildi 24-bob;
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning davriyligi va muddatlari belgilangan 27-bob;
Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollari tasniflangan 28-bob;
O‘zgartirishlar kiritish tartiblari soddalashtirilgan va ularning miqdorlari aniqlangan 21-bob;
Davlat byudjeti va DMJlar ijrosi Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin, bu bo‘yicha axborotni Moliya vazirligining rasimy saytida joylashtirish haqida norma kiritilgan 25-bob.
Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi, davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni tashkil qilish va ular mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‗lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Byudjet Kodeksining alohida boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari, byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari kabilar belgilab berilgan.
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining budjet to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.