Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari Reja (1)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
budjet so‘rovi olinishiga qarab tegishli budjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;
ushbu Kodeksning 146-148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:
navbatdagi yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosani taqdim etish uchun;
o‘tgan moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash uchun yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.