Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari Reja (1)
3.Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquqiy asoslari. Hududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari.
Hududiy moliya organlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Budjet Kodeksining 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;
tegishli budjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:
Davlat budjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yetkazadi;
budjet ssudalarini beradi.
Hududiy moliya organlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o`rin egallaydi. 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida‖gi № 913-XII sonli qonuniga muvofiq ―Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini,
joylarda qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini,
O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari o`rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta‘minlaydi. Xalq deputatlari viloyat,
tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o`zini-o`zi boshqarishni rivojlantirishga ko`maklashish asosida o`zini-o`zi boshqarish organlarining faoliyatini yo`naltirib turadilar.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish jarayonlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to`g`risidagi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko`ra mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga ―mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig`imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o`rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari
turlicha bo`lib, ular avvalo ―Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risidagi qonunda belgilangan.
O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi.
Mahalliy byudjetlarning salmog`i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog`liq, ya‘ni markaziy hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy
infratuzilmani saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog`liq vakolatlarni joylarga berib bormoqda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini tobora ko`proq bajarmoqda.
O`zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g`risidagi qonunining 7-moddasiga muvofiq ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo`lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutlaq O`zbekiston Respublikasi mulkida bo`lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi,viloyat, tuman, shahar hokimi o`zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan
korxonalar uchun O`zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo`jalik faoliyatini erkin yuritishga to`siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.
Qonunning 8-moddasiga muvofiq esa ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o`ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o`zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to`liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy byudjetlarning mablag`lari va byudjetdan tashqari jamg`armalarning mablag`lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo`lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag`lari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepulberilgan qimmatli qog`ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo`lishi mumkin.
Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport muasassalari, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, kam ta‘minlangan oilalarga nafaqalar berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risidagi Qonunning 81-moddasida Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg`armalar tashkil etishi mumkinligi belgilab qo`yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi:
- fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan byudjet tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va xayriyalari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag`lar.
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg`armalarining mablag`lari shaxsiy g`azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo`yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko`ra
sarflanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, O`zbekiston Respublikasining amaldagi ―Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risidagi qonuni 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan bo`lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yuzaga keladigan
dolzarb muammolarni hal qilishda ijobiy rol o`ynadi. Shu bilan birga ushbu qonun qabul qilingan davrdan beri markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ham normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan o`zgartirildi va qayta tashkil etildi. Shu sababli ushbu qonunga bir qator o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish va uni takomillashtirish zarurati yuzaga keldi. Yangi qonun loyihasining asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga mos ravishda muvofiqlashtirishdan iborat. Umuman olganda qonun loyihasida quyidagi yo`nalishlarda o`zgartish va qo`shimchalar kiritilishi ko`zda
tutilgan:
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari va vakolatlari;
- Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan saylanishi tizimi;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish
- Hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning faoliyatini baholash;
- Xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlarining eshitilishi;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari, jumladan, hududning rivojlanish strategiyasi, mahalliy byudjet, fiskal nomarkazlashtirish mexanizmlarini joriy etish;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat organlari (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, o`zini-o`zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari) bilan o`zaro munosabatlari.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-bob, 27-moddasi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining, 28-moddasi
bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa hududiy moliya
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo`yilgan.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o`zgarishlar, O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, ―Mahalliy davlat hokimiyati organlari to`g`risidagi 913-XII sonli qonunga qator o`zgartirishlar kiritilishi, har moliyaviy yil uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida‖gi qarorlarida davlat byudjetining
shakllanishi va ijro etilishi bo`yicha norma va tartibtaomillarning o`zgarishi bilan davlat byudjeti va byudjet munosabatlarini tashkil etishning huquqiy asoslari takomillashib bormoqda. Bu holatlar davlat byudjeti amal qilishini yangi sifat pog`onasiga ko`tardi va byudjet resurslarining chegaralanganligi sharoitida butun mamlakatni va uning alohida hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda davlat byudjetidan samarali foydalanish, barcha darajadagi byudjetlar daromadlarining barqarorligini va xarajatlarining oqilona ijrosini ta‘minlash masalalariga yangicha talablarni qo`ymoqda.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:
hokimning taqdimiga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish;
viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qilish;
viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarni tasdiqlash;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy budjetlarning mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag‘i hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog‘ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo‘lishi mumkin.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan budjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamg‘armalarining mablag‘lari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo‘yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko‘ra sarflanadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimi qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi
Xulosa Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, budjet qonunchiligi – budjet munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solib turishga xizmat qiluvchi barcha qonuniy va me‘yoriy-huquqiy hujjatlar yig’indisi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan va O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet huquqlari to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasi Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan Davlat byudjeti to’g’risidagi qonuni va byudjet masalalari boyicha boshqa qonuniy va normativ xujjatlardan tashkil topgan.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag‗laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan bo’lib, 9 ta bo’lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat.
Ushbu Kodeks:O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
- O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
- davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
- davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarini shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
- davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni; - davlat byudjeti mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq, ya‘ni markaziy hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog’liq vakolatlarni joylarga berib bormoqda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini tobora ko’proq bajarmoqda.