4
- mashg‘ulot jarayonini va musobaqalarni tashkil etish, o‘tkazish; mashg‘ulot
yuklamalarni rejalashtirish; pedagogik nazorat qilish; modellashtrish va bashorat
qilish
malakalariga ega bo‘lishi kerak.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
I - modul: Fanga kirish
1-mavzu. “Tennis nazariyasi va uslubiyati” faniga kirish
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan bakalavr-kadrlarning funksional
faoliyati, jismoniy tarbiya va sportning millat genofondini shakllantirish, sog‘lom
va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, mazkur kasbning keng qamrovligi
va ko‘p funksionalligi. Jismoniy tarbiya universitetida ta’lim olishning o‘ziga xos
xususiyatlari bu jarayonda “Tennis nazariyasi va uslubiyati” fanining o‘rni, uning
o‘quv rejasida belgilangan boshqa fanlar va pedagogik kasb tayyorgarligini o‘zga
shakllari bilan uzviy bog‘liqligi. Tennis bo‘yicha o‘qituvchi-trener kasbining
andozasi (modeli).
Dostları ilə paylaş: