O’zbеkistоn rеspublikаsi


Tennis darsini tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyati



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix20.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#132840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
3.01 TENNIS NAZARIYASI VA USLUBIYATI 1-kurs

Tennis darsini tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyati. O‘qituvchining darsga 
tayyorlanishi; dars bayonnomasini tuzish, dars o‘tish uchun joy tayyorlash, uskuna, 
anjom, yordamchi moslamalarni hamda o‘quvchilarni darsga tayyorlash. Darsda 
o‘quvchilar faoliyatini boshqarish. Tennis darsini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-
uslubiy ko‘rsatmalar. 
Tennis darsini o‘tkazish samaradorligini aniqlash. Pulsometriya, 
xronometraj, pedagogik tahlil o‘tkazish.
14-mavzu. Pedagogik nazorat va rejalashtirishning umumiy asoslari 
Pedagogik nazorat va uning ahamiyati. Trenirovka va musobaqa 
jarayonlarida pedagogik nazoratni mazmuni va uni uslublari. Jismoniy yuklama
uning ko‘rsatkichlari (hajmi, shiddati, muddati, charchash, zo‘riqish va ish 
qobiliyatini tiklashning pedagogik, psixologik va biologik uslublari).
Boshqaruv jarayoni haqida tushuncha. Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni. 
Yillik rejalashtiruv hujjati. Pedagogik va tibbiy-biologik nazorat. O‘quv-
mashg‘ulot jarayonini nazorat qilish uslublari va me’yoriy testlari. 
VIII - modul. Tennischilar sport trenirovkasining umumiy asoslari
15 mavzu. Tennischilar sport trenirovkasining umumiy asoslari 
Yillik tayyorgarlik siklining davrlari, bosqichlari va ularning mazmuni. 
Trenirovka haqida tushuncha. Sport trenirovkasi ko‘p yillik pedagogik 
jarayon. Trenirovkaning maqsad va vazifalari: sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy 
sifatlarni tarbiyalash; hayotiy zarur harakat malakalarini takomillashtirish, tennis 
malakalari texnikasi va taktikasini o‘zlashtirish, sport mahoratini oshirish; ahloqiy 
va irodaviy sifatlarni hamda maxsus ruhiy qobiliyatlarni tarbiyalash, nazariy 
bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy tajriba orttirish. 
O‘rgatish tartibi va uning bosqichlari, uslublari va vositalari. Trenirovka 
jarayonida didaktik prinsiplarni (qonuniyatlarni) qo‘llash: ilmiylik, o‘rgatishni 
tarbiyaviy xususiyati, onglilik va faollik, ko‘rsatmali, uzluksizlik (muntazamlik) va 
bosqichma-bosqichlik (yoki ketma-ket tartibda), osondan qiyinga (imkoniyatga 
munosib), mukamallik, yakka tartibda yondoshish. 



Sport trenirovkasining davriyligi. Trenirovkaning davriyligi, davrlar va 
bosqichlar haqida tushuncha, ularning maqsad, vazifalari, mohiyati, mazmuni va 
tafsiloti. Tayyorgarlik davri: umumjismoniy tayyorgarlik, maxsus va musobaqa 
oldi tayyorgarligi bosqichlari; musobaqa va o‘tish davrlari. Trenirovkaning 
davriyligi va “Sport formasi”ni (sportchini sport holati). “Sport formasi”ni 
bosqichlari, eng yuqori “Sport formasi”ga erishish uslubiyati tartibi, shart-
sharoitlari.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin