Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə28/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Nazorat uchun savollar



  1. Produsentlat, konsumentlar va redusentlar haqida gapirib bering

  2. Oziqa zanjiri haqida tushuncha

  3. Trofik aloqalar qanday bo’ladi

6-mavzu: Ekologik piramida qoidasi, sonlar biomassasi, energiya piramidasi. Ekosistemada energiya oqimi.



  1. Biomassa haqida tushuncha.

  2. Ekosistemalar ozuqa zanjirlarida energiyaning o‘tishi

  3. Ekologik piramidalar

Ekosistemaga kelayotgan energiya o‘zining miqdori va sifati bo‘yicha farqlanadi. Uning turli shakllari turlicha potensial kuchga ega bo‘ladi. YUqori konsentratsiyadagi shakllari (masalan, neft, quyosh energiyalari) katta ishchi potensialiga ega bo‘lsa, o‘t-cho‘p, hazonning energiyasi qisqa va past potensialli bo‘ladi.
Tabiiy ozuqa zanjiridagi energiya miqdori har bir halqadan o‘tishda kamayib boradi. Bu holat quyidagicha bo‘ladi: 1000000 10000 -> 1000 -> 100 -> 1.
Quyoshdan kelayotgan energiya (10b kkal/m2) ozuqa zanjirlaridan o‘tishi tufayli yirtqichdan o‘tib, 100 gacha kamayadi, ammo quyoshdan kelayotgan tarqoq nurlarning energiya miqdori 1 dan 10000 ga o‘sadi, ya’ni yirtqich tanasida 1 kkal biomassa hosil qilish uchun quyosh yorug‘ligidan 10000 kkal energiya kerak bo‘ladi. Buning ma’nosi yirtqichdan hosil bo‘lgan ozgina biomassaning energiyasi, o‘txo‘r hayvonlarning shu miqdordagi biomassasidan 100 barobar ortiq. Ekosistemalar ichida uchraydigan organizmlarning ozuqa zanjirlarini organizm qabul qiladigan va o‘zlashtiradigan tirik ozuqalar tashkil qiladi, ya’ni tirik o‘simlikni o‘txo‘r eydi, uni o‘z navbatida ikkilamchi konsument ozuqa qiladi. Ma’lumki, qushlar turli hasharotlar va sichqonlar bilan oziqlanib, ularning sonini kamaytiradi va shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.
Ekosistemalar ozuqa zanjirlarida energiyaning o‘tishi va turli katta-kichik organizmlarda modda almashinuvi (metobalizm) kabi jarayonlar, o‘z navbatida ma’lum trofik tuzilishni keltirib chiqaradi. Trofik tuzilish turli ekosistemalarni (dengiz, daryo, o‘rmon, o‘tloqzor, hovuz) xarakterlaydi. Trofik tuzilishni ma’lum maydondan olingan hosil yoki ma’lum vaqtda aniq joyda to‘plangan, yoxud hosil bo‘lgan energiya miqdori bilan ifodalanadi.
Trofik tuzilish va trofik funksiyani grafik chiziq bilan ekologik piramida ko‘rinishida aks ettirish mumkin. Ekologik piramidalarni quyidagi miqdor (son)da ko‘rish mumkin. Elton fikricha, bu son piramidasi turli ekosistemalardagi produtsentlardan konsumentlarga energiyaning o‘tish miqdoriga teng.
Ekologik piramidalar ekosistemalar ichidagi turli munosabatlarni aks ettiradi: yirtqich -> o‘lja yoki xo‘jayin -> parazit. Mabodo ekosistema stress holatida bo‘lsa, undagi biotik komponentlarning muhitga moslashishiga qarab trofik tuzilish ham o‘zgarishi mumkin. Har bir trofik darajada doimiy va turlicha faoliyat ko‘rsatadigan halqalar bor. O‘simlik > umurtqasiz yoki umurt-- qali fitofag trofik darajalarni o‘tib, oxiri o‘lik organik moddaga aylanib, redutsentlarga energiya beradi. Energiya konsumentlar va redutsentlar tizimida harakat qiladi, oldin tirik organizmga o‘tadi, oxiri o‘lik organik modda holida tuproq va suvga, undan produtsentlarga o‘tib, ularni energiya bilan ta’minlaydi. Ekosistemalarning energiya manbalari quyoshdan kelayotgan energiya va uning foydali qismi ekosistemalardagi organizmlarning tarkibi, soni, tuzilishini, rivojlanish jarayonini aniqsaydi. Energiya — umumiy aniqlovchi ekosistemalarni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
SHu sababli ham ekosistemalarning energetik manbalari: Tabiiy, quyoshdan harakatlanadi, boshqa manbalardan energiya olmaydi;

  1. Tabiiy, quyoshdan harakatlanadi, boshqa manbalardan
    energiya oladi;


  2. Kuyoshdan harakatlanadi va inson yordamida energiya oladi; Issiqlik orqali harakatlanadigan industrial shaharlar. Ekosistemaning energetik guruhlarida energiya manbai sifatida quyosh energiyasi va kimyoviy (yadro), issiqlik
    (gaz, neft, ko‘mir) energiyasidan foydalaniladi. Ikki manba — quyosh energiyasi va issiqlik energiyasi ekosistemalarni
    harakatga keltirishda birdaniga ishlatilishi mumkin.



Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin