Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə26/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Ekosistemaning o‘lchamiga qarab tiplarga bo‘linishi.

  2. Kosmik kema ekosistemasi.

  1. SHahar geterotrof ekosistema



5-mavzu: Ekosistemaning asosiy funksiyasi
Reja:

  1. Produsentlat, konsumentlar v aredusentlar

  2. Oziqa zanjiri

  3. Trofik aloqalar

Ekosistemalarning funksional xislatlari yoki tuzilish belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi. Masalan, ekosistemaga qelayotgan foydali energiya miqsori va sifatiga qarab, u funksional bo‘lishi ham mumkin. Undan tashqari o‘simliklar tiplari yoki landshaftlarning fizikaviy turg‘unlik belgilariga qarab biomlarga bo‘lish usullari ham keng qo‘llaniladi (Odum, 1983).
Ekosistemalar klassifikatsiyasini tirik organizmlar guruhlariga (taksonomik) qarab ajratib bo‘lmaydi. Tabiatda hamma voqealar va xilma-xilliklar bir-birlari bilan qo‘shilib ketgan, shuning uchun ham ekosistemalarni klassifikatsiya qilishda va ularning turlarini belgi- lashda ekologlar o‘rtasida yagona fikr yo‘qligidan, ekosistemalarni o‘rganishda turlicha yondashish foydali, deb topildi va quyidagi yirik sistemalarga ajratildi:

  1. Er usti ekosistemalari (tundra, boreal, mo‘‘tadil, tropik, cho‘l).

  2. CHo‘l, suv havzalari, daryolar, botqoqliklar ekosistemasi.

  3. Dengiz ekosistemasi.

Energiyaning saqlanish qonuniga asosan energiya bir turdan ikkinchi turga o‘tadi, lekin yo‘qolib ketmaydi va qaytadan hosil ham bo‘lmaydi. Masalan, quyosh nuri energiyaning bir turi bo‘lib, ish jarayonida uni issiqlikka, ozuqaga yoki boshqa kerakli mahsulotga aylantirish mumkin. Fizikaning ikkinchi termodinamik qonuni bo‘yicha boshqa shaklga aylanish jarayoni o‘z-o‘zidan yuzaga kelib, bunday holatda konsentrlashgan energiya sochilgan (degradatsiya) formasiga o‘tadi. Masalan, temirning issiqlik kuchi o‘z-o‘zidan sovuq muhitga qarab sochilib, tarqalib issiqlik energiyasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lmagan holatga o‘tadi.
Biosferadagi ekosistemalarping muhim termodinamik xususiyati bu - ular energiya hosil qiladilar va uni tana ichida bir xil darajada kam sochiladigan qolda ushlab turadilar. Tanadagi energiyaning kam sochilishida foydasiz holatga (entropiya) kam o‘tkazilib, kerakli energiya sifatida biomassa hosil qilishga, nafas olishga, o‘sish, ko‘payish va rivojlanishga sarf qilinadi. SHunday qilib, ekosistemalar va ular ichidagi organizmlar ochiq, bir- biriga teng bo‘lgan termodinamik sistemalar bo‘lib, atrof- muhit bilan doimo energiya va modsa almashib turadilar.
Ekosistemalarda uchraydigan organizmlar Quyoshdan kelayotgan uzun to‘lqinli yorug‘lik energiyasi ta’siriga uchraydilar. Quyosh energiyasida turli zonalar iqlimi (harorat, suvning bug‘lanishi) o‘zgarishi yuzaga keladi, bir qismi esa fotosintezga sarf bo‘ladi.
Er yuzasiga Quyoshdan doimiy energiya kelib turadi. Quyoshdan kelayotgan energiya oqimi fasllar bo‘yicha va ekosistemaning joyiga qarab o‘zgarib turadi. Er yuzasiga Quyoshdan yiliga 558-1019 kdj yoki 134-109 kkal energiya kelib, shundan 37 foizi atmosferaga qaytadi, 63 foizi esa havo va erga yutiladi. Quyoshdan tarqalayotgan nurning yarmiga yaqini er yuzasiga etib keladi. Qutblarga 290 kdj/sm2 yoki 70 kkal/sm2, subtropik va tropik zonalarga esa yiliga 917 kdj/sm2 yoki 220 kkal/sm2 energiya keladi. SHu energiyalar hisobiga dengiz to‘lqinlari, suv bug‘lanishi, er yuzidagi hayot jarayoni, tabiatda moddalar almashinuvi tinimsiz davom etib turadi.
Organik moddalarni hosil qiladigan yashil o‘simliklar er yuziga keladigan quyosh energiyasidan yiliga 5-1020 kkal miqdorida foydalanadilar. Ekosistemalar mahsuldorligi va ularda biogen elementlar aylanib turishida shu erdagi aftotrof o‘simliklarning kun, oy, yil davomida olgan umumiy quyosh nuri katta ahamiyatga ega.
SHimoliy kenglikning 40° va janubiy kenglikning 40° o‘rtalig‘idagi dengiz yuzasiga yiliga 1 mln. kkal/m2 toza radiatsiya tushsa, quruqlikka yiliga 0,6 mln. kkal/m2 tushadi (Budiko, 1977).
Quyoshdan kelayotgan energiyaning 1 foiziga yaqini ozuqa energiyasiga va boshqa biomassalarga o‘tadi, taxminan 70 foizi issiqlikka aylanib, bug‘lanish, yog‘in, shamolga ketadi, lekin mutlaq yo‘qolmaydi. Haroratni, iqlimni, ob- havo o‘zgarishini va suvning aylanib turishini ta’minlaydi, erda hayot jarayonini boshqaradi.
Tabiatdagi har bir organizmning olgai energiyasi uning biologik tizimi ichida harakat qilishi va yashashiga sabab bo‘ladi. O‘simliklar quyoshdan energiya olib, hosil qilgan organik massa boshqa organizmlarga o‘tadi va yapgi massa hosil qiladi.
Tirik organizmlar yuzaga kelgirgap massani energiya birligida olinsa, unga biomassa deb ataladi. Masalan, ma’lum joydagi (1 m2 yoki 1 ga) massa birlamchi produtsentlar — o‘simliklar tomonidan hosil bo‘ladigan biomassa miqdori birlamchi mahsulot deb aytiladi. Buni bir kunda bir joydan olingan quruq organik modda, bir yilda bir gektar joydan N kg sifatitsa ifodalanadi. Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan umumiy energiya birlamni yalpi mahsulot deyiladi (BYAM). Uning bir qismi nafas olishga sarflanadi. Undan qolganini birlamchi toza mahsulot deyiladi (BTM).
SHu birlamchi toza mahsulot turli geterotrof organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvonlar, insonlar uchun ozuqa bo‘latsi. SHu ozuqa asosida geterotrof organizmlar hosil qiladigan biomassa tezligiga ikkilamchi mahsulot deb aytiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra yil davomitsa birlamchi toza mahsulotning miqdori 110-120 mlrs. tonna quruq modda hisobida bo‘lsa, okeanda 50-60 mlrd. tonnaga teng (1975; 1975; 1975). Er usti muhitining mahsuldorligi nam tropikadan mo‘‘tail zonalarga qarab kamayib boradi. Mo‘‘tadil zonalarning mahsuldorligi 4000 g/m2, tropikada - 7000 g/m2 ga teng. Tundra zonasi o‘tloqzorlarining birlamchi mahsuloti yiliga 10 g/m2 dan 110 g/m2 atrofidadir. Grenlandiyada va Antarktidaning qulay sharoitda biologik birliklarning mahsuldorligi 2000 g/m2 ga teng. Er yuzida xrsil bo‘latsigan biologik fitomassaning miqdori 1,5-5,5‘1010 tonnaga teng (Kovsa, 1971).
Er muhitida uchraydigan avtotrof va geterotroflar organizmlarning umumiy biomassa 1,4-1012—30-1012 tonna atrofida belgilangan. Avtotrof organizmlarning umumiy. yillik mahsuldorligi 176-109 quruq modda hisoblanadi. Quruqlikda hosil bo‘lgan avtotrof organizmlarning umumiy biomassasi 1770 mlrd.t. bo‘lib, uning 1509 mlrd. tonnasi yoki er yuzida o‘simliklar hosil qilgan jami biomassaning 85 foizini o‘rmon o‘simliklari hosil qiladi. Quyosh energiyasitsan foysalanish hisobiga quruqliksa 3,1- 1010 tonna yoki yiliga 5,8-1010 tonna va okeanda 2,7-1010 tonna organik modda hosil bo‘ladi. Er yuzidagi hayvonlarning zoomassasi o‘rtacha 20 mlrs. tonna quruq moddani tashkil qiladi. SHulardan 3,5 mlrd. tonnasi okean hayvonlari hisobiga tushadi. Planetada hozirgi kunda 6,2-6,3 mlrd. aholi yashaydi. Ularning umumiy massasi 201 mln. tonnadan ortiq.
Katta maydonlarsagi mahsulsorlikning o‘rtacha ko‘rsatkichi yiliga 200 dan 20000 kkal/m2 ga teng yoki undan 100 barobar farq qiladi. Er yuzidagi umumiy yalpi mahsulot yiliga 1018 kkal atrofida. Lekin er yuzidagi ayrim ekosistemalarda mahsuldorlik 2 barobar ortiq bo‘lib, fotosintezning eng yuqori mahsuloti yiliga 50000 kkal/m2 ni qabul qilishdan iborat.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin