13- mashg’ulot mavzu: Botqoqlik, buloqlar, muzliklar ekosistemasining tuzilishi Botqoqliklar. Er ustida namgarchilikka moslashgan o‘simliklar o‘sib yotadigan o‘ta zax erlar botqoqliklar deb ataladi. Botqoqliklarning vujudga kelishi uchun bir qator tabiiy geografik sharoitlar bo‘lishi kerak. Avvalo relef tekis bo‘lishi, so‘ngra kelgan suvga nisbatan bug‘lanish kam bo‘lishi, suv o‘tkazmaydigan qatlam er yuzasiga yaqin turishi kerak. Bunday holda suv chuqurlikka sizib o‘tolmaydi, er tekis bo‘lganidan suv oqib ketmaydi va natijada botqoqlik vujudga keladi.
Botqoqliklar yana ko‘l tagiga qum, loyqalar cho‘kib, uning sayozlanishidan ham hosil bo‘ladi, ularda har xil o‘simliklar (qamish, savag‘ich, qo‘g‘a, mox va boshqalar) o‘sadi. Toshqin vaqtida daryo qayirlarini suv bosganda ham botqoq erlar vujudga keladi. Geografik o‘rni, suv rejimi va o‘simliklariga ko‘ra, botqoqliklar ikki katta gruppaga bo‘linadi: 1) yassi yoki past (pastqam) botqoqliklar. Bunday botqoqliklar asosan, er yuzasi yassi, botiq yoki ilgari ko‘l bo‘lgan joylarda, daryo qayirlarida vujudga keladi. Bunday botqoqliklar sizot suvlaridan yoki daryo suvlaridan to‘yinadi. Bu joylarda oziq moddalarni ko‘proq talab qiladigan qamish, savagich kabi o‘simliklar o‘sadi. 2) Baland (yuqori) botqoqliklar bevosita yoshnlardan to‘yinadi. Baland botqoqliklar nam iqlimli erlarda va ayniqsa, yog‘inga nisbatan byg‘lanish kam bo‘lgan joylarda vujudga keladi; suvi tarkibida tuzlar bo‘lmaydi, shu sababli sfagnum moxlari, qapag‘ay, qopa qarag‘ay kabi o‘simliklar o‘sadi. Botqoqliklar ko‘proq tundrada va o‘rta mintaqaning o‘rmon zonasida uchraydi. Er yuzasida taxminan 3,5 mln. km2 botqoqlik bor. SSSR territoriyasidagi botqoqliklar 2,1 mln. kv. km bo‘lib, Ittifoqimiz maydonining 10% ga yaqinini ishg‘ol qiladi. SSSR territoriyasida botqoqliklar bir xil joylashgan emas. SSSR territoriyasidagi botqoqlashgan maydonniig 0,6 mln. kv. km SSSRning Evropa qismida, 1,5 mln. kv. km esa Osiyo qismida joylashgan. G‘arbiy Sibir tekisligining 70% maydoni botqoqlashgan bo‘lsa, Rossiya tekisligining shimolida uning miqdori 20—50%,
Poleseda 35%, Kareliya va Kola yarim orolida esa 30% ga etadi. O‘rmonli dasht zonasida umumiy maydonning 3—5% ini botqoqliklar tashkil etsa, Ukrainaning dasht qismida uning maydoni 1,5% ga, Orenburg oblastida esa 0,05% ga tushib qoladi. SSSRning chala cho‘l va cho‘l zonasida botqoqliklar faqat Volga, Amudaryo, Sirdaryo, Ili kabi daryolarning quyi qismidagina uchraydi. Janubga tushgan sari botqoqliklar maydonining kamayishiga asosiy sabab iqlimning kontinentallashib borishidir. SSSRning Uzoq SHarq qismida ham botqoqlik erlar ko‘p: Amur daryosi havzasida 12%, Zeya-Bureya, Kuyi Amur va Xanka bo‘yi pasttekisliklarida esa 15—20%. Bunga asosiy sabab musson yog‘inlarining ko‘pligidir. SSSR subtropik zonasidagi eng ko‘p botqoqlashgan erlar Kolxida va Lenkoren pasttekisliklarida joylashgan. Botqoqliklar ba’zi bir daryolarimizni suv bilan ta’minlab turishda va torf olishda muhim ahamiyatga ega. SSSR torf zapasi jihatidan dunyoda birinchi bo‘lib, jahondagi torf miqdorining 60% ini o‘z bag‘rida saqlaydi. O‘simliklari:qarag‘ay, sibir kedri, bogulnik, kassandra, golubika (ko‘k mevali buta), klyukva (qizil mevalibuta), morashka (xumboy mevali buta)lar va boshqalardan iborat.
Oraliq va yuqoridagi botqoqlik sfagnum torflari yoqilg‘i sifatida, pasttekislikdagi botqoqlik torflari ham yoqilg‘i, ham qishloq xo‘jaligida organik io‘g‘it sifatida foydalaniladi.