Er osti suvlari. Er po‘sti qatlamlari ichida bo‘lgan hamma suvlar er osti suvlari deyiladi. Ular qattiq (muz), byg‘ hamda suv holatda bo‘lishi mumkin.
Er osti suvlarining umumiy hajmi 60,0 mln. km3. Er osti suvlari er yuzasidagi (daryo, ko‘l, botqoqlik) suvlardan, yog‘inlardan, havodagi suv bug‘larining Er ichiga yoriqlar orqali kirib quyuqlashib, so‘ngra suvga aylanishidan vujudga kelgan. Bunday yo‘l bilan vujudga kelgan er osti suvlaridan vadoz1 (yuzasidagi) suvlar deyiladi. Vadoz suvlar er yuzasiga yaqin bo‘ladi va grunt suvlar deb ham yuritiladi.
Er osti suvlarining bir qismi magmadan ajralib chiqqan suv bug‘larining asta-sekin yuqoriga ko‘tarilib sovishidan hosil bo‘ladi. Bu yo‘l bilan vujudga kelgan er osti suvlari yuvenil suvlar deyiladi. YUvenil suvlar magmadan ajralib chiqqan yosh suvlar bo‘lib, tabiatda suv aylanishida ishtirok etadi.
Er usti va yog‘in suvlar erga singib, tuproq qatlamidan qum, mayda yirik shag‘allar orasidan bemalol o‘tib ketadi. Bunday qatldamlar suv o‘tkazmaydigan qatlamlar deb aytiladi. CHunki gil suvni deyarli o‘tkazmaydi. Suv o‘tmay to‘xtab qoladigan qatlamlar suv o‘tkazmaydigan qatlamlar deyiladi. Granit, qumtosh, gilli slanetsdan tarkib topgan qatlamlar suv o‘tkazmaydi. Er osti suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlamga etganda to‘planib suvli qatlamni vujudga keltiradi.
Er osti suvlarining bir qancha turlari bo‘lib, ular orasida eng ko‘p tarqalganlari bosimsiz grunt (sizot) suvlar, qatlamlar orasidagi bosimli op osti suvlari (artezian suvlar) harakterlidir. Grunt suvlari (sizot suvlar) er betiga) yaqin eng usstkai qatlamlar orasida (30-100 m chuqurlikkacha) bo‘ladigan suvlardir. Grunt suvlari yuqorida qayd qilganimizdek. YOg‘in suvlaridan va er ustidagi suvlardan vujudga kelgan. SHy sababli, grunt suvlarining joylanishi va chuqurligi yil fasllarida o‘zgarib turadi. Masalan, O‘rta Osiyo sharoitda grunt suvlari erta bahorda qorlar eriganda, bahorgi yomg‘irlardan keyin yuqoriga ko‘tarilsa, aksincha, yozda ancha pastga tushib ketadi. Grunt suvlarining ximiyaviy tarkibi iqlimga, tuproq qatlami va o‘simliklar xarakteriga ko‘ra, zonal holda o‘zgaradi.
Grunt suvi suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida to‘planib, nishab tomonga qarab oqadi va biron erdan buloq bo‘lib er yuzasiga chiqadi. Bir necha yuz yillar qatlamlar orasida suv to‘planaveradi. Agar bunday joy qazilsa, ikki tomondan bo‘lgan bosim ta’sirida er osti suvi fontan kabi er betiga otilib chiqadi. SHunday quduk XII asrda birinchi marta Fransiyaning Artua provinsiyasida qazilgani uchun artezian quduq deb nom olgan. Artezian suvlarning minerallashish darajasi turlicha bo‘ladi, er betiga yaqin (100—600 m chuqurlikda) bo‘lgan suvlar chuchuk — litrida 1 gr tuz bo‘ladi. Bu suvlarda ko‘proq gidrokarbonat, xlorid tuzlari bor. Lekin suv qancha chuqurlikdan chiqsa, uning minerallashish darajasi ortib boradi — 1 litr suvda 50 gr ) har xil tuzlar bo‘ladi. Mineral suvlar shifobaxsh xususiyatga ega. CHuqurlashgan sari suv issiq bo‘lib, temperaturasi 300° ga etishi mumkin. Lekin 10— 12 km dan chuqurlikda er osti suvi bug‘ holida bo‘ladi. Er osti suvlari temperaturasiga ko‘ra issiq (temperaturasi 20—27° bo‘lsa), termal (37—42°) va qaynoq (42° dan govori) turlarga bo‘linadi. Er osti suvlari quruq iqlimli rayonlar uchun ayniqsa ahamiyatli, chunki bunday suvlar bilan hatto ekin dalalarini ham sug‘orish mumkin. SHu sababli, artezian quduqlari SSSR da, jumladan, O‘rta Osiyoning tekislik qismida ko‘plab (artezian quduqlari) qazilib, aholi va chorva mollari suv bilan ta’minlanmoqda, ekinlar sug‘orilmoqda, o‘ta minerallashgan suvlardan davolash maqsadlarida foydalanilmoqda. Er osti suvlari ba’zan issiq buloqlar va geyzerlar ko‘rinishida er betiga chiqadi. SSSRda geyzerlar Kamchatka yarim orolida ayniqsa ko‘p. Er osti suvlari qattiq (muzlagan) holda ham uchrashi mumkin. Er osti suvi o‘rtacha yillik temperaturasi 0°dan past bo‘lgan erlarda muz holida uchraydi. Bunday joylar Evrosiyoning shimoli, shimoli-sharqida, Amerikaning shimoliy qismida, Antarktidada uchraydi. Bunday joylar abadiy muzlab yotgan erlar deyiladi. Muzlab yotgan erlarning qalinligi 600—800 m ga etadi. Er sharining 25% maydoni ana shunday doimiy muzlab yotgan erlardir.