Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə95/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Oqava suvlar (oqavalar) – maishiy maqsadlarda yoki ishlab chiqarishda qo‘llanilgan va buning natijasida tarkibiga turli aralashmalar qo‘shilgan hamda birlamchi fizik yoki kimyoviy xususiyatlari o‘zgargan suvlar; turar joy punktlari, sanoat va qishloq xo‘jalik hududlaridan, yog‘in-sochin, erlar sug‘orish yoki ko‘chalarga suv sepish natijasida oqib chiqadigan suvlar ham O.s. deyiladi. O.s., asosan, 3 turga bo‘linadi: maishiy (xo‘jalik-fekal) oqavalar, ishlab-chiqarish oqavalari, qor erishi va jala (yomg‘ir) oqavalari.
Payhonlanish – tuproqning jipslashishi, o‘simliklarnig vibratsiya hamda hayvonlar va odamlar tomonidan mexanik shikastlanish jarayoni. P. yaylovdan meyoridan ko‘p foydalanish hamda yalpi turizm va rekreatsiya zonalarining noto‘g‘ri rejalashtirilishi bilan bog‘liq.
Pestitsidlar [lot. “pestis” – maraz va “ceadre” – o‘ldirmoq] – o‘simlik va hayvonlarning kasallik hamda zararkunandalariga, begona o‘tlar, don va don mahsulotlari, yog‘och, paxta, jun, teri va h.k.larning zararkunandalariga, odamlar va hayvonlar orasida xavfli kasalliklar tarqatuvchilarga qarshi kurashda foydalaniladigan kimyoviy moddalar.
Populyasiya – [fr. “population” – aholi] – ma’lum hududni egallagan, uzoq muddat davomida (bir necha o‘n avlod davomida) o‘zidan ko‘payishi orqali nasl-nasabini barqaror saqlab qolishga qodir bo‘lgan bir turga mansub zotlar yig‘indisi; ma’lum hududni egallagan va umumiy genofondga ega bo‘lgan bir turga mansub zotlar yig‘indisi.
Sanoat chiqindilari – ishlab chiqarish jarayoni natijasida olingan yoki chiqarilgan keraksiz materiallar. Sanoat chiqitlari suyuq chiqitlar, balchiq, qattiq va xavfli chiqindilar singari toifalarga ajratiladi.
Ex situ” saqlash – biologik xilma-xillik komponentlarini ularning tabiiy yashash joylaridan tashqarida saqlab qolish (parvarishxona, zoopark va b.)
In situ” saqlash – biologik xilma-xillik komponentlarini ularning tabiiy yashash joylarida saqlab qolish.
Stress – kuchli asabiylashish holati – odam organizmida va b. hayvonlarda nomaqbul omillar (stressorlar – past harorat, ochlik, ruhiy va jismoniy jarohat, nurlanish, atrof muhitning ifloslanishi va h.k.) ta’siriga javoban fiziologik himoya reaksiyalari majmui.
Suv balansi [fr. “balance” – tarozi] – daryo havzasi, ko‘l, butun sayyora yoki b. o‘rganilayotgan ob’ekt uchun ma’lum vaqt oralig‘ida (yil, oy) kirib kelgan suv miqdorilarining nisbati.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin