I BO‘LIM AHOLIGA IJTIMOIY YORDAMNI TASHKIL QILISH 1-mavzu: AHOLIGA IJTIMOIY YORDAMNI TASHKIL QILISH TUSHUNCHASI VA TIZIMI 1.1. Ijtimoiy yordam tushunchasi va uning mazmuni Mustaqillik munosabati bilan respublikamizda ijtimoiy himoya va
ijtimoiy ta’minotning mazmun va mohiyati tubdan o‘zgardi. Ijtimoiy
himoya davlatimizning ichki siyosatining asosiy tamoyillaridan biri
qilib belgilandi, chunki bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o‘tib borar ekanmiz, aholini kam ta’minlangan, muhtoj qatlamini ijtimoiy
larzalardan ishonchli tarzda himoyalash va kafolatlash zarur.
Aholini davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan qatlami ko‘p bolali
oilalarni, qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lganlarning
ahvoli bozor munosabatlarga o‘tish davrida narx-navoning oshishi,
pulning qadrsizlanishi bilan tirikchiligi qiyinlashib qoladi.
«Ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng
nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali
oilalar, o‘quvchi yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga
bo‘lgan kafolotli huquqlarini ta’minlashdir»1.
Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning
asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u
insonparvar davlat bo‘la oladi.
Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolotlashning
kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni saqlab qolish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston
— bozor munosabatlarga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida
1 I.A.Karimov, «O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo`li. - T: O‘zbekiston NMIU, 1992-y.
6
kuchli ijtimoiy siyosat- iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati
ekanligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan
kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish kerakligi ta’kidlangan. Bu shuni
anglatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy tizim
islohoti aholining, ayniqsa uning kambag‘al qismini ijtimoiy himoyalash
masalasi birinchi o‘ringa qo‘yildi.
Mustaqillikka erishgan vaqtimizdan boshlab, erishilgan ulkan
yutuqlarimizdan biri bu bozor munosabatlarining qaror topayotganligi,
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangicha demokratik
tuzum, fuqarolik jamiyati rivojlanib borayotganligidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining bir qancha asarlarida ijtimoiy
himoya tizimini yanada yaxshilash va mustahkamlash to‘grisida o‘z
yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy ta’minot
sohasida ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.
Hukumat qarorlari va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish
haqi, pensiyalar, stipendiyalarlarning miqdorlarini oshirib borish
to‘g‘risida»gi farmonlari kuchli ijtimoiy himoya mexanizmining o‘zgaruvchan
sharoitga mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini
o‘z ichiga olgan.