O‘zbеkiston rеspublikasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

Yoshga doir pensiya shunday pensiyaki, u fuqaroning ma’lum
yoshga yetganida, tegishli ish stajiga ega bo‘lganida tayinlanadi.
Shunday qilib, yosh va staj, ya’ni ikkita shart bu tur pensiya
ta’minotiga bo‘lgan huquqni belgilab beradi. Bunda boshqa holatlar
muhim ahamiyatga ega emas.
Yoshga doir pensiya — bu ko‘p yillik mehnatning mantiqiy samarasi
hisoblanadi. Bunday pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun
ishlash, xizmat qilish kerak albatta.
Yoshga doir pensiya umumiy asoslarda — erkaklar 60 yoshga to‘lganlarida
va kamida 25 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida, ayollar 55 yoshga
to‘lganlarida va kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi mehnat qilish qobiliyati yo‘qotilishi munosabati
bilan belgilanadi, uning miqdori kasallikning sababi, nogironlik
guruhiga va mehnat faoliyatining davomiyligi hamda o‘rtacha bir oylik
ish haqiga bog‘liq bo‘ladi.
Nogironlik pensiyasi nogironlik qachon boshlanganligidan qat’iy
nazar: ish davridami, ishga kirgunga qadarmi, uni tugatganidan
keyinmi qat’iy nazar tayinlanadi.
Agar nogironlik mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi sababli
boshlangan bo‘lsa, u holda pensiya ishning davomiyligidan qat’iy nazar
tayinlanadi. Nogironlik insonning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan
hollarda pensiya tayinlash uchun ish staji talab qilinadi, bunda
ishning davomiyligi yoshga bog‘liq bo‘ladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etgan boquvchining
qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga tayinlanadi.
Uning miqdori boquvchi o‘limining sababi, mehnat faoliyatining
davomiyligi va ish haqiga bog‘liq bo‘ladi.
2.2. Yoshga doir pensiya tushunchasi
va uning turlari
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan fuqarolar ma’lum bir yoshga yetib ish
stajiga ega bo‘lganlarida, pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan. Yoshga
doir pensiya respublikamizdagi keksa fuqarolarni ijtimoiy ta’minlashning
asosiy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
13
«Yoshga doir pensiya» atamasi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirgan vaqtdan boshlab kiritildi, 1994-yil
1-iyulgacha bo‘lgan davrda bu pensiyani qarilik pensiyasi deb yuritilgan.
Qonunimiz erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan pensiyaga chiqishini
ayrim hollarda 50 yosh, 45 yosh hatto 40 yoshdan ham pensiyaga
chiqish mumkinligini ko‘zda tutgani uchun bu yoshdagilarni qariya deb
atash g‘ayrioddiy tuyuladi. Chunki ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra 61 yoshdan
74 yoshgacha bo‘lgan davrni keksayish davri deb aytish mumkin.
Yoshga doir pensiya tayinlash fuqaroni qarilik yoshini emas, balki
mehnat qobiliyatini pasayishi yoki ayrim bir kasblar uchun mos
kelmay qolishini hisobga olingan holda belgilanib, bu pensiyani olish
uchun ayrim hollarda muayyan yoshga etish va ish stajini mavjudligi,
alohida hollarda esa faqat ish stajini mavjudligiga asoslanib tayinlanishini
ko‘zda tutgan.
Yoshga doir pensiya deganda, asosan fuqaroning o‘tgan davrdagi
ish stajini, jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda
umrbod tayinlanadigan davlat ta’minotining turlaridan biridir. Yoshga
doir pensiya tayinlashda pensiyaning miqdori fuqaroning ishlagan ish
stajiga va olgan ish haqining miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, ish staji va ish
haqi miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, pensiya miqdori ham yuqori
bo‘ladi, lekin pensiyaning kam miqdori qonunda belgilab qo‘yilgan
miqdorlardan kam bo‘lmasligi shart. Ayrim hollarda pensiya miqdori
fuqaroning imtiyozlarga egaligi va davlat oldidagi xizmatlarini hisobga
olinadigan bo‘lsa, pensiyaga chiqishdan oldin olgan ish haqi miqdoridan
ham oshib ketishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka asosan yoshga doir pensiyalar quyidagi
turlarga bo‘linadi.
1. Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya;
2. Imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya;
3. To‘liqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya;
4. Muddatidan ilgari tayinlanadigan yoshga doir pensiya.
Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya deganda, fuqarolar ma’lum
yoshga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) to‘lganlarida, ularning
ish stajini hisobga olib (erkaklarda 25 yil, ayollarda 20 yil) beriladigan
va har bir fuqaro yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lganida olishi mumkin
bo‘lgan pensiya tushuniladi.
14
Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash uchun asosiy
shartlar fuqaroning yoshi va ish stajining mavjudligidir. Ularning ish
stajini qanday faoliyat bilan shug‘ullanib yiqqanini va qanday kasb va
lavozimda ishlaganini pensiya tayinlash uchun ahamiyati yo‘qdir.
Imtiyozli yoshga doir pensiyalar 3 turga bo‘linadi:
1. Yoshidan qat’iy nazar imtiyozli pensiya;
2. Umumiy pensiya yoshini 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli
pensiya;
3. Umumiy pensiya yoshini 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli
pensiyalar.
Imtiyozli yoshga doir pensiya fuqarolarga ilgariroq tayinlanib, uni
tayinlashdagi asosiy shart ma’lum kasblardagi ishlarda ish stajini
mavjudligidadir. Bunday kasblar yer osti ishlari, mehnat sharoiti o‘ta
og‘ir va o‘ta zararliligi, o‘z kasbiy faoliyatini ilgariroq yo‘qotishi
mumkinligi bilan boshqa kasblarda farqlanadi.
Imtiyozli yoshga doir pensiyalarni tayinlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli
qarori bilan «Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan
ishlab chiqarishlar, muassasalar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning
1-, 2- va 3-ro‘yhatlari» tasdiqlangan. Imtiyozli pensiyalarni
tayinlashda ushbu ro‘yhatlarga qat’iy amal qilinadi.
To‘liqsiz ish staji bilan yoshga doir pensiya umumiy asoslardagi yoshga
doir pensiyaning bir turi bo‘lib, bu pensiya qonunning 7-moddasida
ko‘rsatilgan yoshga yetgan fuqarolarga talab qilingan to‘liq umumiy ish
staji mavjud bo‘lmagan hollarda tayinlanadi. Bu pensiyani tayinlash
sharti, pensiya yoshiga yetish va oz bo‘lsada ish stajining mavjudligidir.
Yoshga doir pensiyalar muddatidan ilgari, agar xodim korxona,
muassasa, tashkilotning tugatilishi yoki shtatlar qisqartirilishi munosabati
bilan ishdan bo‘shatilsa va boshqa ish topa olmagani uchun
ishsizlik maqomi berilgan hollarda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga asosan umumiy
asoslarda yoshga doir pensiyalar quyidagi shartlar asosida tayinlanadi.
Erkaklar — 60 yoshga to‘lganda, ish staji kamida 25 yil bo‘lganida.
Ayollar — 55 yoshga to‘lganida, ish staji kamida 20 yil bo‘lganida.
15

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin