O‘zbеkiston rеspublikasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Davlat ijtimoiy siyosati deganda nimani tushunasiz?
2. Davlat ijtimoiy siyosati qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga oshiriladi?
3. O‘zbekistonda ijtimoiy yordam qanday asosiy shakllarda amalga oshiriladi?
4. Ijtimoiy yordam tushunchasi va uning mazmunini ayting.
5. O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilish bosqichlarini
ayting.
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan
test savollari
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»dagi nechanchi
tamoyil «Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish» deb nomlanadi?
a) 1-tamoyil
b) 2-tamoyil
d) 3-tamoyil
e) 4-tamoyil
f) 5-tamoyil
2. 1993-yil 3-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan edi. Ushbu qonun qachondan
boshlab kuchga kirdi?
a) 1994-yil 1-iyuldan
b) 1995-yil 1-apreldan
10
d) 1995-yil 21-dekabrdan
e) 1996-yil 26-apreldan
3. Aholini ijtimoiy himoyalash masalalarida ijtimoiy ta’minot organlari
bilan birgalikda yana qanday organlar mas’uldirlar?
a) Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari
b) Ko‘zi ojizlar, Kar-soqovlar, Nogironlar, Qizil Yarimoy jamiyatlari
d) «Mehribonlik», «Bolalar», «Navro‘z», «Sog‘lom avlod uchun» kabi
xayriya jamg‘armalari
e) Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri
Test javoblari: 1 2 3
f a e
11
2-mavzu: DAVLAT PENSIYALARI IJTIMOIY
MUHOFAZANING ASOSIY QISMIDIR. DAVLAT
PENSIYALARINING TURLARI. O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI «FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA
TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI
2.1. Davlat pensiyalarining turlari. O‘zbekiston Respublikasi
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
qonunning ahamiyati
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning
qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda
xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori
jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni
egallaydi.
1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun
(bundan keyin Qonun deb yuritiladi) qabul qilinib, 1994-yil 1-iyuldan
respublika hududida kuchga kirdi.
Ushbu Qonun 9 ta bob, 67 ta moddadan iborat. Undagi moddalar
davlat pensiyalarini 3 xil turiga bag‘ishlangan va Qonun faqat ish staji
bo‘lgan shaxslargagina va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash
mumkinligini ko‘zda tutadi.
Qonunni qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasining demografik,
geografik va iqlim sharoitlari va urf-odatlari hisobga olingan. Bu
xususiyatlar Qonunning ish stajini hisoblashga, imtiyozli pensiyalar
tayinlashga doir boblarda o‘z ifodasini topgan.
Qonun respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga
moslashganini hisobga olib, qishloq xo‘jalik xodimlarining ayrim
toifalari paxtakor, sholikor, tamakikor ayollarga, cho‘ponlarga, paxta
suvchilariga umumiy pensiya yoshini besh yilga qisqartirilgan holda
imtiyozli pensiya tayinlash mumkinligini belgilagan.
Davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilangan:
a) yoshga doir pensiya;
12
b) nogironlik pensiyasi;
d) boquvchini yo‘qotganlik pensiyasi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin