O‘zbеkiston rеspublikasi


Nogiron bolalar yoki bolalikdan nogiron bo‘lgan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə21/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

4.2. Nogiron bolalar yoki bolalikdan nogiron bo‘lgan
shaxslarga tayinlanadigan nafaqa
Bolalikdan nogironlarga nafaqa tayinlash va to‘lash O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-sonli
qarori bilan tasdiqlangan «Bolalikdan nogironlarga nafaqa tayinlash va
to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan bolalikdan I va II
guruh nogironi deb tan olingan, mehnat stajiga ega bo‘lmagan, 16
yoshdan katta bo‘lgan shaxslar, shuningdek, nafaqa olish huquqini
beruvchi tibbiy ko‘rsatmaga ega bo‘lgan 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron
bolalar oylik nafaqani olish huquqiga egadirlar. Nogiron bolalarga nafaqa
eng kam yoshga doir pensiyaning 100 foizi miqdorida beriladi.
51
16 yoshga to‘lmagan nogiron bolaga nafaqa tayinlashda TMEK
ko‘rigi ma’lumotnomasidan ko‘chirma o‘rniga sog‘liqni saqlash muassasalari
tomonidan berilgan tibbiy xulosa taqdim qilinadi, chunki 16
yoshga to‘lmagan bolalarga nogironlik guruhi belgilanmaydi. Ularga
nogironlik Adliya vazirligida 2007-yil 27- iyunda 1695-son bilan ro‘yhatga
olingan «16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi
to‘g‘risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari - otaonalari,
farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari (homiylari)ning doimiy
yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida
faoliyat ko‘rsatayotgan vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan
mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VMK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida
tibbiy xulosa nogiron bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘lib
hisoblanadi. Ular 16 yoshga to‘lgandan keyingina nogironlik guruhini
belgilash uchun TMEKka murojaat qilishlari mumkin.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish ariza va zarur
hujjatlar topshirilgandan keyin 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi, tayinlangan
nafaqani to‘lash oy sayin amalga oshiriladi. Nafaqa oladigan
shaxslarga ish haqi, stipendiya, aliment va boshqa daromadlardan qat’i
nazar to‘lanadi.
Nogiron bolalarga nafaqa to‘lash, eltib berish va jo‘natish xarajatlari
byudjetdan tashqari pensiya Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin