O‘zbеkiston rеspublikasi


Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar unga qarab



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə23/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar unga qarab
turganlik uchun oylik nafaqa to‘lash va tayinlash tartibi. Bola ikki
yoshga to‘lgunga qadar unga qarab turganlik uchun oylik nafaqa to‘lash
va tayinlashning huquqiy asosi bo‘lib, 2002-yil 14-martda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yhatga olingan «Ishlaydigan
onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun
oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi va «Ishlamaydigan
onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun
oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomlar hisoblanadi.
Ushbu Nizomlarga muvofiq, bolaga qarab turganlik nafaqasi
qoidaga ko‘ra onaga, ona bo‘lmagan hollarda otaga, farzandlikka
olganga, homiyga yoki farzandlikka olgan boshqa qarindoshlarga (ona
o‘rniga o‘tuvchi) bola 2 yoshga to‘lgunga qadar tayinlanadi va to‘lanadi.
«Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish
qilganligi uchun oylik nafaqaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi
Nizomga muvofiq, bolaga qarab turganlik nafaqasi ikki yoshga yetmagan
bolalar sonidan qat’iy nazar, faqat 1 ta bola uchun oy sayin to‘lanadi.
Bunday nafaqa O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik
ish haqining 200 foizi miqdorida to‘lanadi. Bunda nafaqa eng kichik bola
ikki yoshga yetguncha beriladi.
Bolaga qarab turganlik nafaqasi bola tug‘ilgan oyning keyingi oyidan
bola ikki yoshga to‘lgan oygacha to‘lanadi.
Ishlaydigan (byudjet hisobidan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
o‘qiyotgan) onalarga bolaga qarab turganlik nafaqasi ish (o‘qiyotgan)
joyidagi korxona, muassasa, tashkilot tomonidan tayinlanadi.
Byudjet hisobidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda ishlovchi
ayollarga, shu jumladan, davlat granti asosida ishlab chiqarishdan
ajralgan holda o‘qiyotgan onalarga bu nafaqa davlat byudjeti hisobidan
to‘lanadi.
Nodavlat korxona, tashkilotlarda ishlovchilarga ushbu korxona
mablag‘laridan bolaga qarab turganlik nafaqasi to‘lanadi.
1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni faqat
ish staji mavjud bo‘lgan fuqarolargagina pensiya tayinlashni ko‘zda
tutgan. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 24-iyundagi 319-sonli qarori bilan «Pensiya tayinlash
uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz
54
fuqarolarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom
tasdiqlandi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin