Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Davlat byudjeti deganda nimani tushunasiz?
2. Davlat byudjeti hisobidan to‘lanadigan nafaqalar bo‘yicha qanday
nafaqa turlarini bilasiz?
3. Davlat byudjeti hisobidan to‘lanadigan nafaqalarni tartibga soluvchi
normativ hujjatlarni sanab bering.
4. Nogironlik nafaqasi qay asoslarda to‘lanadi?
5. Nafaqa oluvchilarga qanday hollarda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi?
6. Pensiya va nafaqaning farqlarini sanab bering.
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan test savollari 1. Nafaqa tayinlash haqidagi ariza kimga taqdim etiladi?
a) arizachi yashab turgan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga
b) arizachi yashab turgan mahalla yig‘iniga
d) TMEK bo‘limlariga
e) arizachi yashab turgan tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limiga
2. Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalarini
davlatning qaysi vakolatli organi belgilaydi?
a) arizachi yashab turgan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi
b) arizachi yashab turgan mahalla yig‘inlari
d) TMEK bo‘limlari
e) arizachi yashab turgan tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari
3. Nogironlik yoki yoshga doir nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizaga qanday
hujjatlar ilova qilinishi kerak?
57
a) yoshga doir nafaqa tayinlashda arizachining yoshini tasdiqlovchi hujjat
(pasportdan yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadan ko‘chirma)
b) turar joydan ma’lumotnoma, unda barcha oila a’zolari, familiyalari,
ismlari, otalarining ismi, tug‘ilgan yillari, qarindoshlik darajasi, har bir oila
a’zosining yashash mablag‘ining manbai, nafaqaga murojaat qilgan shaxs
ko‘rsatilishi kerak
d) arizachining oila a’zolarini birgalikdagi daromadlari haqida ma’-
lumotnoma
e) nogironlik nafaqasi tayinlashda nogironlikni tasdiqlovchi TMEK
xulosasi
f) Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri
Test javoblari: 1 2 3
a a f
58