O‘zbеkiston rеspublikasi


yoshgacha bolalari bo‘lgan kam ta’minlangan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə22/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

4.3. 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan kam ta’minlangan
oilalarga tayinlanadigan nafaqa
Respublikada 1997-yil 1-yanvardan boshlab bolali oilalarga nafaqa
tayinlash va to‘lashning yangi tizimi joriy qilindi. Ularning miqdorlari,
berish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-
dekabrdagi Farmonida aks etgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi
437-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 2002-yil 25-yanvarda 33-sonli
qarori qayta tahrir qilingan «Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga
nafaqalar tayinlash va to‘lash to‘g‘risida»gi Nizom, 16 yoshgacha
bolalari bo‘lgan, shuningdek umumta’lim maktablarida, akademik
52
litseylarda va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 16 yoshdan 18
yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini
belgilaydi.
Bir nafar bolali oilalarga eng kam oylik ish haqining 50 foizi
miqdorida, ikki nafar bolali oilalarga eng kam oylik ish haqining 100
foizi, uch nafar bolali oilalarga eng kam oylik ish haqining 140 foizi,
to‘rt va undan ortiq bolali oilalarga eng kam oylik ish haqining 175 foizi
miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Quyidagilar nafaqalar olishda imtiyozli huquqqa egadirlar:
a) nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;
b) ota-onaning ikkalasi ham bo‘lmagan, bolalar tarbiyasi bilan esa
qarindoshlari shug‘ullanishadigan oilalar;
d) bolalarning ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo‘lgan
oilalar;
e) ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo‘lgan, Bandlikka
ko‘maklashish markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan oilalar.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida tashkil qilingan
komissiyalar nafaqalarni tayinlashda va to‘lashda quyidagi asosiy qoidalarga
amal qilishlari kerak:
a) ijtimoiy adolat qoidalariga qat’iy amal qilish;
b) oshkoralikni ta’minlash;
d) katta yoshdagi mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida boqimandalikka,
o‘zining iqtisodiy faolligi hisobiga emas, balki davlat yordami
hisobiga yashashga intilishga yo‘l qo‘ymaslik;
e) bolalar tarbiyasi uchun oila mas’uliyatini kuchaytirish, ularga
jismoniy, aqliy va ma’naviy-ahloqiy rivojlanish uchun zarur shartsharoitlar
yaratish;
f) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashsiz daromadlarini jiddiy
oshirishning aniq imkoniyati mavjud bo‘lmagan, kam daromadli
oilalarga nafaqalar berish.
Nafaqalarni to‘lash quyidagi mablag‘lardan amalga oshiriladi:
a) respublika byudjeti mablag‘lari;
b) mahalliy byudjetlar mablag‘lari;
d) byudjetdan tashqari manbalar.
Nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining Xalq bankining mahalliy bo‘limlaridagi
«Bolalar nafaqalari» maxsus hisoblariga o‘tkaziladi.
53

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin