3.3.2. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili bo‘yicha nafaqa. «Davlat
ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi
to‘g‘risida»gi Nizomga asosan ishlayotgan ayollarga homiladorlik va
tug‘ish ta’tili uchun nafaqa tayinlash ko‘zda tutilgan.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili bo‘yicha nafaqa ishlayotgan ayollarga
homiladorlik davri uchun 70 kalendar kun, tug‘ish davri uchun 56
kalendar kun (tug‘ish og‘ir kechgan hollarda yoki egizak bolalar
47
tug‘ilganda 70 kalendar kun hisobida) jami 126 yoki 140 kun hisobida
tayinlanadi. Ushbu ta’til davrida ayolning ish joyi saqlab qolinadi va
nafaqa ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan to‘lanadi. «Davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar ta’yinlash va to‘lash to‘g‘risida»gi
Nizomga muofiq homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va
to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga qobilyatsizlik
varaqasi asos bo‘ladi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili bo‘yicha nafaqa (shu
jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
varaqasida ko‘rsatilgan davr uchun to‘lanadi.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili bo‘yicha nafaqa ish haqining 100%
miqdorida beriladi.
3.3.3. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli).Bolalarning
jamiyat va oila tarbiyasini oqilona olib borishni ta’minlash,
ishlovchi onalar ahvolini yengillashtirish maqsadida davlat bola
tug‘ilganda bir yo‘la nafaqa berishni ko‘zda tutadi. Bu nafaqani tayinlash
va to‘lash tartibi Adliya vazirligining 2002-yil 8-mayda 1136-sonli raqam
bilan ro‘yhatga olingan «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar
tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom bilan boshqarilib
turiladi.
Ishlovchi ayollarga, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari yoki o‘rtamaxsus
kasb-hunar kollejlarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinaturada,
malaka oshirishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga
doir kurslar va maktablarda ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan
ayollarga «Davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlash va