O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Umumiy kasallik oqibatida vafot etish tushunchasiga ta’rif bering.
3. Kasb kasalligi va mehnatda mayiblanish oqibatida vafot etish sababini
tushuntiring va u qaysi hujjatga asoslanib aniqlanadi?
4. Harbiy xizmat bilan bog‘liq vafot etish sabablarini ayting va izohlang.
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 1. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash shartlari qaysi qatorda
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) marhumning vafot etish sababi mehnatda mayiblanish bo‘lsa,
marhumning ish stajidan qat’iy nazar;
b) agar marhum umumiy kasallikdan vafot etgan bo‘lsa, marhumning
yoshiga nisbatan ish staji talab qilinadi;
d) kasb kasalligi tufayli vafot etgan bo‘lsa, ish stajidan qat’i nazar;
e) marhum oxirgi vaqtda pensiya olgan bo‘lsa, uning vafot etgan
davridagi ish stajidan qat’iy nazar;
f) hammasi to‘g‘ri.
2. Boquvchini mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida vafot
etish sabablari qaysi huquqiy hujjat asosida aniqlanadi?
a) VMning 250-sonli qarori;
b) VMning 249- sonli qarori 1, 2- ilovalari;
d) VMning 249- sonli qarori 6, 7- ilovalari;
e) VMning 317- sonli qarori;
f) Pensiya to‘g‘risidagi Qonunda.
3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
a) fuqaro vafot etganda beriladigan pensiya;
b) fuqaro vafot etganda, uning oila a’zolariga to‘lanadigan to‘lov;
d) fuqaro vafot etganda, uning qaramog‘idagi ishga yaroqsiz oila a’zolariga,
uning ish haqi va ish stajini hisobga olib beriladigan oylik to‘lov;
e) fuqaro bedarak yo‘qolganda, uning qaramog‘idagi ishga yaroqsiz oila
a’zolariga, uning ish haqi va ish stajini hisobga olib beriladigan oylik to‘lov;
f) d va e javob to‘g‘ri.
Test javoblari:1 2 3
f d f
41