O‘zbеkiston rеspublikasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə10/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

Umumiy kasallik — bu nogironlik shaxs organizmining kasallanishi,
mehnat faoliyati va burchi bilan bog‘liq bo‘lmagan holdagi baxtsiz
hodisa natijasida mayiblanishi, jarohatlanishi, kontuziya olishi natijasida
kelib chiqadigan holatdir.
Mehnatda mayiblanish — mehnat faoliyatini bajarish bilan bog‘liq
holdagi mayiblanish, jarohatlanish natijasida kelib chiqadi.
Kasb kasalligi — ishlayotgan kasbining inson salomatligiga ta’siri
tufayli vujudga keladi.
Harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik
— harbiy xizmat vazifalarni bajarish vaqtidagi yaralanish,
kontuziya, shikastlanish, kasallanish natijasida paydo bo‘lib, bu
frontdagi nogironlik, urush harakatlarida qatnashgan nogironlik,
baynalminal burchini bajarish vaqtidagi nogironlik va boshqalar
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
11-mayda qabul qilingan 249-sonli qarorining 2- ilovasiga asosan
urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar nogironligi deb
yuritiladi.
Harbiy xizmatni o‘tayotganda sodir bo‘lgan nogironlik — harbiy
xizmatni o‘tash davriga to‘g‘ri kelib, nogironlikni kelib chiqish sababi,
kasallanish, mayiblanish, jarohatlanish, yaralanish harbiy xizmat
vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmay, armiya nogironlari deb
yuritiladi.
Bolalikdan nogironlik — tug‘ma yoki 16 yoshga to‘lguncha bo‘lgan
vaqtidagi kasallanish, mayiblanish tufayli nogiron bo‘lib qolganda
belgilanadi.
Nogironlik guruhlari va sabablari Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari
tomonidan belgilanadi.
23
2.5. Nogironlik pensiyasini tayinlash
shartlari
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasiga asosan ish stajiga ega bo‘lgan
fuqarolargina davlat pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Nogironlik
pensiyasi tayinlashda esa, pensiya mehnat qobiliyatini yo‘qotilishi
munosabati bilan belgilanadi. Demak nogironlik pensiyasini tayinlash
uchun zarur shart birinchidan, TMEK tomonidan nogironlik guruhini
belgilanishi bo‘lib pensiyaning miqdori mehnat qobiliyatini yo‘qotish
darajasiga bog‘liq.
Nogironlik pensiyasi nogironlik qachon boshlanganligidan, ish
davridami, ishga kirgunga qadarmi, uni tugatgandan keyinmi qat’iy
nazar tayinlanadi.
Agar nogironlik mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli
sodir bo‘lsa, pensiya ishining davomiyligidan qat’iy nazar tayinlanadi.
Chunki nogironlikning bu turlari yuqorida ko‘rsatilgan mavzularda
ko‘rsatib o‘tganimizdek, mehnat faoliyati bilan yoki u bilan tenglashtirilgan
faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan holda sodir bo‘ladi. Shuning
uchun bu sababli nogiron bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlash uchun
ish stajini kam yoki ko‘pligi emas, umuman ish staji bo‘lmagan
hollarda ham nogironlik pensiyasi tayinlanishi mumkin. Mehnatda
mayiblanish va kasb kasalligi tufayli nogironlik pensiyasi tayinlashda
nogironning yoshi va stajining ahamiyati yo‘q.
Misol: Arizachi ayol mehnatda mayiblanganlik bo‘yicha 2-guruh
nogironi deb tan olingan. Yoshi 34 da, hech qayerda ishlamagan.
Qo‘shnisinikida yong‘in sodir bo‘lganida, uning uyida qolgan bolalarini
qutqarish vaqtida kuyib nogiron bo‘lib qolgan. Ayol fuqarolik burchini
bajarish chog‘ida nogiron bo‘lib qolganligi uchun ish stajidan qat’iy
nazar unga nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Nogironlik umumiy kasallik tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, nogironlik
pensiyasi tayinlashda nogironning yoshiga nisbatan quyidagi jadvaldagidek
ish staji talab qilinadi.
Agar nogironlik umumiy kasallik tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa,
yuqorida ko‘rsatilganidek, nogironning yoshi yuqori bo‘lgan sari talab
qilinadigan ish staji ham oshib boradi.
24
Yoshi Ish staji
(yil hisobida)
23 yoshga qadar 2
23 yoshdan 26 yoshga qadar 3
26 yoshdan 31 yoshga qadar 5
31 yoshdan 36 yoshga qadar 7
36 yoshdan 41 yoshga qadar 9
41 yoshdan 46 yoshga qadar 11
46 yoshdan 51 yoshga qadar 14
51 yoshdan 56 yoshga qadar 17
56 yosh va undan yuqori 20
Umumiy kasallik bo‘yicha pensiya tayinlashda ba’zan nogironlik
boshlangan vaqt ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar umumiy kasallik bo‘-
yicha nogironlik 20 yoshga to‘lguncha ish davrida yoki uni to‘xtatgandan
keyin boshlangan bo‘lsa, nogironlik pensiyasi pensiyaga murojaat
qilgan vaqtdan qat’iy nazar, mehnat staji talab qilinmasdan
tayinlanadi.
Misol: Arizachi 17 yoshida ishga kirgan va 6 oy ishlagandan keyin
kasalligi tufayli ishdan bo‘shagan. TMEKka esa 28 yoshida murojaat
qilgan. TMEK unga 2-guruh nogironligini belgiladi va nogironlikning
boshlanishini 18 yoshida deb ko‘rsatdi. Unga 26 yoshida 5 yil ish staji
talab qilinishiga qaramay, 20 yoshga to‘lgunicha nogiron bo‘lganini
hisobga olib ish stajidan qat’iy nazar pensiya tayinlanadi.
Mehnat qobiliyatini 20 yoshga kirgunicha, biroq mehnat faoliyati
boshlangunga qadar yo‘qotgan shaxslarga, shuningdek bolalikdan
nogironlarga, nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlash to‘g‘risidagi
masalani hal qilishda ularga 2 yillik ish staji talab qilib tayinlanadi.
O‘qish davrida nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga, 23 yoshgacha
nogiron bo‘ldib qolgan fuqarolarga kamida 2 yil ish staji mavjud
bo‘lganida nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Agar mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli nogironlik
pensiyasini olayotgan shaxs, keyinchalik umumiy kasallik bo‘yicha
nogiron deb tan olinsa, nogironlik pensiyasi, umumiy kasallikka
25
o‘tkazilishi uchun nogironni oxirgi nogironlik belgilangan vaqtdagi
yoshiga nisbatan ish staji talab qilib tayinlanadi.
Misol: 10 yildan beri 3-guruh mehnatda mayiblanish bo‘yicha
nogironlik pensiyasi olayotgan fuqaro TMEK tomonidan 45 yoshida 2-
guruh umumiy kasallik bo‘yicha nogiron deb tan olindi. Unga umumiy
kasallik bo‘yicha nogironlik pensiyasi birinchi bor nogironlik belgilangan
vaqtdagi yoshiga nisbatan ish staji talab qilib tayinlanadi. 35 yoshida 7
yil ish staji talab qilinadi, chunki nogironlik davrida uning ish staji
bo‘lishi shart emas.
Nogironlik pensiyalari miqdori nogironning ish staji, nogironlik
guruhi, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori va boshqa imtiyozlarga bog‘liq.
Qonunning 25-moddasiga asosan pensiya miqdori quyidagilardan
iborat: pensiyaning tayanch miqdori; ish staji uchun oshirish; ustama
haqlar.
1-2-guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun- pensiyani
hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55
foizi, lekin eng kam ish haqining 100 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda
aniqlanadi. (Bu miqdor hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmonlarida ko‘rsatilgan eng kam yoshga doir pensiya
miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak).
Pensiyaning tayanch miqdorini aniqlashda olinadigan o‘rtacha oylik
ish haqi eng kam oylik ish haqini 8 hissasidan oshmasligi, o‘rtacha ish
haqi kam bo‘lgan hollarda pensiya eng kam ish haqidan hisoblab
chiqarilishi kerak, lekin har qanday holda ham pensiyaning tayanch
miqdori belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
3-guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun pensiyani hisoblab
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin
eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda
hisoblanadi.
To‘liq ish staji bilan nogironlik pensiyasi tayinlashda nogironlik
sababidan qat’iy nazar nogironning yoshiga nisbatan talab qilingandan
ortiqcha har bir to‘liq yil uchun pensiya miqdori quyidagicha oshiriladi.
1-2-guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
3-guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi
miqdorida oshiriladi.
26
Nogironlik pensiyalariga ustama haqlar eng kam ish haqiga nisbatan
foiz miqdorlarda aniqlanib, uni belgilash uchun nogironni tegishli
nogironlik guruhi va sababiga yoki boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishidir.
Qonunning 28-moddasida ustama haqlar belgilangan bo‘lib, nogiron
bir vaqtning o‘zida bu ustamalarning 1 tasi yoki bir nechtasini
olish huquqiga ega bo‘lishi yoki umuman ustama haq berilmasligi ham
mumkin.
Nogironlik pensiyalari Qonunning 47-moddasiga asosan quyidagi
muddatlarda tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3
oy ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlik
belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Nogironlik belgilangan kun
TMEK ma’lumotnomasida ko‘rsatiladi.
Nogironlik pensiyalari 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan
oshgan ayollarga umrbod muddatga tayinlanadi. Ularni qayta ko‘rikdan
o‘tkazish ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi. Boshqa nogironlarga
nogironlik pensiyasi TMEK ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan muddatgacha
tayinlanadi, muddat tugagandan keyin nogiron qayta ekspertiza
ko‘rigidan o‘tishi shart.
Qayta ko‘rikdan o‘tish nogironlik muddati tugashidan oldingi oyda
amalga oshiriladi va pensiya to‘lovi qayta davom ettiriladi. Agar kechikib
TMEK ekspertizasidan o‘tilsa va nogironlik guruhi o‘zgarib pensiya qayta
hisoblanishi kerak bo‘lsa, nogironlik pensiyasi murojaat qilgan oydan
keyingi oyning birinchi chislosida pensiya qayta hisoblanadi. Agar
TMEKdan o‘tish muddati uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan
bo‘lsa va u yana qayta nogiron deb tan olinsa, pensiya to‘xtatilgan
kundan ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtgacha bo‘lgan muddat uchun ham
pensiya to‘lanadi. Shu vaqt uchun pensiya statsionarda davolanishda
bo‘lgan kunlaridan tashqari kunlarga (komandirovka, turar joyidan
uzoqda ta’tilda, tabiiy ofatlar, oilasidagi biror uzrli sabablar) ko‘pi
bilan 1 oy muddatga to‘lanadi. Bunda keyingi nogironlik guruhi avvalgi
nogironlik guruhidan past yoki yuqori bo‘lsa, pensiya avvalgi nogironlik
guruhi bo‘yicha to‘lanadi.
Misol: Alimov 2-guruh nogironi bo‘lib nogironlik guruhi 1-martgacha
belgilangan edi, lekin u fevral oyining oxirida og‘ir kasallanib statsionarda
iyul oyigacha davolandi. TMEK uzrli sabab bo‘lgani uchun o‘tgan vaqtning
hammasiga nogironlikni tiklashi kerak. Agar unga iyul oyidan 1-guruh
27
nogironligi berilgan bo‘lsa, mart oyidan iyulgacha pensiyani ijtimoiy
ta’minot bo‘limi 2- guruh nogironligi bo‘yicha to‘laydi.
Misol: Samiyev 3- guruh nogironligi bo‘yicha pensiya olib, bu
muddat aprel oyigacha qilib belgilangan edi. Samiyev aprel oyida
boshqa shaharga ko‘chganligi va hisobga turish muammosi va ko‘rik
aktidan ko‘chirmani chaqirib olish muammosi cho‘zilib ketgani uchun
faqat avgust oyida TMEKdan ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu holatda uzrli
sabab bo‘lgani uchun pensiyani o‘tib ketgan 1 oyinigina tiklash mumkin.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin