O‘zbеkiston rеspublikasi


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy himoya tizimining asosiy
maqsadi nimaga qaratilgan?
2. O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan va kimlarga pensiya tayinlashni
ko‘zda tutadi?
3. Qanday pensiya turlarini bilasiz?
4. Yoshga doir pensiya deganda nimani tushunasiz?
5. Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya asolari qanday?
6. Pensiya miqdorini aniqlashda nimalar ahamiyatga ega?
7. Nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish sohasida mamlakatimizda
qanday choralar ko‘rilmoqda?
8. Nogironlik pensiyasilari qanday asoslarga ko‘ra tayinlanadi?
9. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini kimlar olishga haqli?
10. Marhum boquvchi vafotining sababi pensiya tayinlashda qanday
ahamiyatga ega?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
1. Hozirgi kunda kuchli ijtimoiy himoya siyosati nima uchun zarur?
a) davlat pensiyalarini turlarini ko‘paytirish uchun:
b) aholini muhtoj qatlamini bozor munosabatlariga o‘tish davrida
ijtimoiy larzalardan himoyalash uchun;
d) respublikada ishsizlikni tugatish uchun;
e) davlat byudjetiga kelib tushadigan tushumlarni miqdorini ko‘paytirish
va davlatni iqtisodiy qudratini oshirish uchun;
19
f) pensiya va nafaqa bilan ta’minlash tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga.
2. Kuchli ijtimoiy himoya tizimining asosiy maqsadi.
a) muhtoj aholini turmush darajasini yaxshilash;
b) aholini pulni qadrsizlanib borishidan himoyalash;
d) davlatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish;
e) aholini nochor qatlamini ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli
huquqlarini ta’minlash;
f) hammasi to‘g‘ri.
3. Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning
miqdorlarini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonlarining asosiy
maqsadi nimadan iborat?
a) ijtimoiy himoya mexanizmini o‘zgaruvchan sharoitga mos bo‘lishi
uchun kuchaytirib borish;
b) ishlab chikarish va iqtisodiyotni rivojlantirish;
d) huquqiy madaniyat va huquqiy ongni hozirgi davr talabi darajasiga
etkazish;
e) ta’lim tizimini rivojlantirish;
f) ma’naviyat va madaniy qadriyatlarimizni o‘rganish.
4. Yoshga doir pensiya turlari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
a) umumiy asoslarda, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik;
b) umumiy asoslarda va to‘liqsiz ish staji bilan;
d) umumiy asoslarda, to‘liqsiz ish staji bilan, imtiyozli asoslarda,
yoshidan qat’i nazar, umumiy pensiya yoshini 10 yilga qisqartirilib, umumiy
asoslarda pensiya yoshini 5 yilga qisqartirilib;
e) imtiyozli va to‘liqsiz;
f) umumiy asoslarda va muddatidan ilgari.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin