O‘zbеkiston rеspublikasi


Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlanadigan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə16/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

3.2. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlanadigan
va to‘lanadigan nafaqalar tushunchasi va ularning aholini
ijtimoiy muhofazalashdagi tutgan o‘rni
Nafaqa huquqiy kategoriya sifatida fuqarolarga yoki oilaga davlat
ijtimoiy sug‘urtasi manbalari, davlat Byudjeti hamda boshqa maxsus
manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta ko‘rsatadigan
ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lib, pensiyalardan farq qiladi va
odatda, yordam xususiyatiga ega bo‘ladi hamda fuqaro turmush
kechirisining asosiy manbayi bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos
bo‘lgan asosiy xususiyatlar pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik
sharti bilan tekinga berilishi kabilar nafaqalarga ham xosdir.
Pensiyalardan farqli o‘laroq, nafaqalar vaqtinchalik xususiyatga ega.
Ular turmush darajasini ta’minlashning qo‘shimcha manbayi bo‘lib
sanaladi va nafaqalar tayinlanishida nafaqa oluchining avvalgi faoliyati
va mehnat staji unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Nafaqalar manbalariga ko‘ra:
— byudjetdan tashqari pensiya Jamg‘armasi hisobidan to‘lanadigan
nafaqalar;
— davlat va mahalliy byudjet mablag‘laridan to‘lanadigan nafaqalar;
— aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Jamg‘arma
hisobidan to‘lanadigan nafaqa;
— boshqa manbalardan to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlanishi nafaqa
olishga talabgor fuqaroning (yoki uni oila a’zosini) mehnat faoliyati
bilan, unig uchun ish beruvchilar tomonidan yoki bevosita o‘zi
tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urtasi
o‘z vaqtida, to‘liq va muntazam ravishda to‘lab berilganligi bilan
bog‘liq qilib qo‘yilgan. Ya’ni, ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lanmaydigan
ish faoliyati bilan shug‘ullanish yoki sug‘urta badallarini
muntazam to‘lanmaganligi odatda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar
olish huquqi paydo bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. «Sug‘urta badallari
to‘lanmagan bo‘lsa nafaqa ham tayinlanmaydi» degan tamoyil amal
qiladi. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 284-
moddasi, ikkinchi qismiga ko‘ra: «Ish beruvchining davlat ijtimoiy
sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganligi sug‘urta qilingan xodimni davlat
ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan
43
mahrum qilmaydi». Korxonalar ixtiyoriy to‘lamagan yoki kechiktirgan
sug‘urta badallari keyinchalik majburiy tarzda undirib olinadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin