O‘zbеkiston rеspublikasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə12/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

Test javoblari: 1 2 3 4 5 6
b e e d а d
29
2.6. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va uni tayinlash
va hisoblash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga asosan
fuqarolarga boquvchisidan mahrum bo‘lganlarida ijtimoiy ta’minotdan
foydalanish huquqi kafolatlangan bo‘lib, turli sabablar tufayli otaonasidan
yoki boquvchisidan mahrum bo‘lgan ishga yaroqsiz, qaramoqda
bo‘lgan oila a’zolari ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi,
boquvchilari vafot etishi munosabati bilan to‘xtab qolgan daromad
manbayi yashash uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalarinining
o‘rnini qisman bo‘lsada qoplanishi zarur. Marhumning qaramog‘ida
bo‘lgan ishga yaroqsiz oila a’zolarini daromadini qoplash yo‘li esa
davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat
pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab qo‘yilganidek,
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari tayinlash yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi - bu vafot etgan marhumning
birinchidan, qaramog‘ida bo‘lgan, ya’ni vafot etgan shaxsdan kun
kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromad manbayini olib turgan, ikkinchidan,
ishga yaroqsiz bo‘lgan, ya’ni voyaga yetmagan yoki nogiron
hisoblangan yohud pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonunning 7-
moddasida ko‘rsatilgan yoshga doir pensiya olish yoshiga yetgan
(erkaklar 60 yoshga; ayollar 55 yoshga yetgan, lekin zarur mehnat
stajiga ega bo‘lmagan) shaxslarga marhumning ish staji va o‘rtacha oylik
ish haqini hisobga olib, beriladigan oylik to‘lovlardir.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy
himoya siyosati xususiyatlaridan biri yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni
turli moddiy ta’minlash yo‘llari bilan yashash sharoitlarini
yaxshilash va turli ijtimoiy larzalardan muhofaza qilishdir. Shunday
muhofaza choralaridan biri boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini
belgilash hisoblanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda aniqlab olinishi
kerak bo‘lgan muhim omillardan biri marhumning vafot etish sababini
aniqlab olish hisoblanadi. Chunki marhumning vafot etish sababi
pensiya tayinlash shartlariga ta’sir ko‘rsatadi. Amaldagi qonunlarga
muvofiq quyidagi vafot etish sabablari mavjud:
a) umumiy kasallik;
b) mehnatda mayiblanish;
30
d) kasb kasalligi tufayli;
e) harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq holda
f) harbiy xizmatni o‘tayotganda.
Umumiy kasallik tufayli vafot etish deganda, shaxsning ish bilan
bog‘liq bo‘lmagan holdagi baxtsiz hodisa tufayli yoki kasallanishi
oqibatidagi o‘lim hodisasi tushuniladi. Fuqaroning bedarak yo‘qolishi
yoki uni o‘lgan deb e’lon qilinishi sud tomonidan belgilangan bo‘lsa,
umumiy kasallik tufayli vafot etish sababiga tenglashtiriladi.
Fuqaroni bedarak yuqolishi va uni o‘lgan deb tan olinishi O‘zbekiston
Respublikasi FPKga asosan alohida tartib belgilangan bo‘lib, bu
holatlarni belgilash uchun sudga ariza berilishi kerak. Unda fuqaroning
bedarak yo‘qolganligi, yoki o‘lgan deb e’lon qilinishi, yoki bedarak
yo‘qolishi kishiga o‘lim tahdidi yoki uning ma’lum baxtsiz hodisa tufayli
sodir bo‘lganligini taxmin qilishga asos bo‘luvchi holatlar arizachiga
nima maqsadda zarurligi ko‘rsatiladi. Sudya ishni sud muhokamasiga
tayyorlashda yo‘qolgan shaxs to‘g‘risidagi qanday shaxslar (qarindoshlar,
birga ishlaydigan shaxslar) ma’lumot berishi mumkinligini
aniqlaydi, shuningdek yo‘qolgan kishi haqida oxirgi yashash va ishlash
joyidagi tegishli tashkilot va muassasalardan rasmiy ma’lumotlar
to‘playdi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ta’minoti masalasini hal
qilishda fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb sud tomonidan belgilash
uchun, fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida 1 yil
davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish
uchun uning yashash joyida 3 yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa,
bordi-yu u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan
halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda
bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida 6 oy mobaynida
ma’lumotlar bo‘lmasa, sud tomonidan bedarak yuqolgan yoki o‘lgan
deb e’lon qilinishi mumkin.
Mehnatda mayiblanish oqibatida vafot etish — bu fuqaroning ish
vaqtida, ish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda, davlat va jamoat vazifalarini
bajarish bilan bog‘liq holda sodir bo‘lishi tushuniladi. Mehnatda
mayiblanish oqibatida vafot etish sabablarini aniqlashda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli
qarori bilan tasdiqlangan 7-ilovada ko‘rsatilgan «Nogironlik mehnatda
mayiblanish tufayli boshlandi deb hisoblanuvchi nogironlik sabablari
ro‘yhati» ga asoslanib aniqlanadi.
31
Kasb kasalligi oqibatida vafot etish fuqaroning ishlagan kasbidagi
salomatligiga ta’sir etuvchi omillar ta’siridagi kasbiy zarar tushunilib,
bu ham yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan 6-ilovada ko‘rsatilgan
«Kasb kasalliklar Ro‘yhati»da ko‘rsatilgan omillarga asoslanib aniqlanadi.
Harbiy xizmatni bajarayotganda vafot etish sababi, harbiy xizmat
burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar oqibatida sodir bo‘ladi.
Bu holatni aniqlash uchun 249- sonli qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan
«Urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar ro‘yhati»da
ko‘rsatilgan sabablar asos bo‘ladi.
Harbiy xizmatni o‘tayotganda vafot etish - bu harbiy xizmatda
bo‘lgan davrida, harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar,
kasallanish, yaralanish, jarohatlanish, kontuziya olish oqibatida sodir
bo‘lishi tushuniladi.
Boquvchisini yuqotganlik pensiyasi tayinlashda yuqoridagi vafot
etish sabablarini aniqlab olishdan maqsad, bu holatlarni pensiya
tayinlash uchun zarur bo‘lgan shartlarga ta’sir ko‘rsatishidir.
Marhum umumiy kasallik, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb
kasalligi oqibatida vafot etgan taqdirda boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatilgan shartlarda, vafot etish
sababi harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, tegishli shartlar
mavjud bo‘lsa, 1990-yil 28-apreldagi «Harbiy xizmatchilarning pensiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun asosida tayinlanadi. Bunda pensiya
tayinlash shartlari, marhumning yoshiga nisbatan ish stajining mavjudligi
yoki umuman ish stajidan qat’iy nazar tayinlanishiga sabab bo‘ladi.
Chunki mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida vafot etganda
hamda harbiy xizmat bilan bog‘liq holda vafot etganda umuman ish
stajidan qat’iy nazar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanishi
mumkin.
Ishga yaroqsizlik deganda, fuqaroning voyaga yetmaganligi, ya’ni
16 yoshga to‘lmaganligi (agar o‘qiyotgan bo‘lsa, 18 yoshga to‘lmaganligi),
yoshi 18 ga to‘lgan bo‘lsa, ishga yaroqsizligi ya’ni TMEK
tomonidan 1,2,3- guruh nogironi deb belgilanishi va Qonunning 7-
moddasida ko‘zda tutilgan yoshga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55
yoshga yetganligi) tushuniladi. Ayollar yoki boshqa shaxslar bolalarni
go‘daklik vaqtida ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish huquqini
beradigan yoshgacha (3 yoshga to‘lguncha) boqish bilan mashg‘ul
32
bo‘lib ishlamasalar, vaqtincha ishga yaroqsiz bo‘lib hisoblanishi
mumkin, chunki ularni ishlashiga go‘dakni tarbiyalash vaqti ta’sir
ko‘rsatadi.
Yuqoridagi sabablar mavjud bo‘lmagan holda barcha fuqarolar
ishga yaroqli hisoblanadilar va o‘zlari kun kechirishlari uchun moddiy
mablag‘ topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining marhumning qaromog‘ida
bo‘lgan yaqin qarindoshlari olish huquqiga ega bo‘ladilar. Bunday yaqin
qarindoshlari doirasi O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat
pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasida ko‘rsatilgan
bo‘lib, ular quyida ko‘rsatilgan.
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan
bo‘lsa yoki 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa 16 yoshga to‘lmasdan nogiron
bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning
mehnatga qobiliyatli ota-onalari bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti ular 7-
moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;
d) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan
biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka, uka yoki ukalari, opasingillari
yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi
saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga
qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
e) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi uchun
shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
19-moddaga asosan farzandlarga va marhumning 3 yoshga to‘lmagan
farzandlari uka-singillari va nabiralariga qarab turgan shaxslar agar
ishlamasalar marhumning qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’iy
nazar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘-
ladilar.
Farzandlarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanganda,
ular ota-onasining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’iy nazar,
quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak:
a) farzandni 16 yoshga to‘lmaganligi;
b) agar 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa, o‘qishni davom ettirayotganligi;
d) 16 yoshdan katta bo‘lib, o‘qimasa, 16 yoshga to‘lgunicha
nogiron bo‘lib qolganligi;
e) o‘gay farzandlariga yuqoridagi shartlar bilan birga o‘zining
haqiqiy ota-onasidan aliment olmayotganliklari;
33
f) 16 yoshga to‘lmasdan ishlayotgan farzandlar ham ishlashidan
qat’iy nazar, 16 yoshga to‘lgunicha boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Qayd qilinmagan nikohdan tug‘ilgan bolalar ham agar ularning
tug‘ilganlik guvohnomasi, ota-onaning birgalikdagi otalikni tan olish
to‘g‘risidagi arizasiga asosan yozilgan bo‘lsa, ota-onadan biri vafot
etgan taqdirda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqini
yo‘qotmaydi. Agar birgalikda yozilgan ariza bo‘lmasa, sud tomonidan
otalik maxsus tartibda belgilanib qaror chiqarilgan bo‘lsa, bola boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Ayrim
hollarda otaning vafotidan keyin ham otalik sud tartibida belgilanishi
mumkin.
Sud otalikni tasdiqlovchi holat sifatida birgalikda yashaganlikni va
bolani onasi bilan birga yashaganlikni va umumiy xo‘jalik yurgizganlikni
hisobga olgan holda otalikni tiklash to‘g‘risida o‘z qarorini chiqaradi.
Farzandlikka olingan bolalar ham haqiqiy farzandlar sifatida
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Agar bolalar ota-onasining o‘limi tufayli farzandlikka olingan bo‘lsalar,
haqiqiy ota-onalari uchun tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasidan mahrum qilinmaydi.
Aka-uka, opa singil va nabiralarga boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasini tayinlash uchun quyidagi shartlar bo‘lishi zaruriydir:
a) marhumning qaramog‘ida turganligi;
b) voyaga yetmaganligi, o‘qisa 18 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
d) 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa, shu yoshga to‘lgunicha nogiron bo‘lib
qolganligi;
e) ularning mehnatga qobiliyatli o‘z ota- onalarining bo‘lmasligi.
Yuqorida ko‘rsatilgan oila a’zolarining o‘z ota-onalari bo‘lib, ishga
yaroqsiz bo‘lib (nogiron yoki pensioner) hisoblansalar marhum asosiy
boquvchisi bo‘lgani uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish
huquqidan foydalanadilar. O‘gay aka-uka, opa-singillar ham yuqoridagi
shartlar asosida pensiya olishga haqli bo‘ladi.
Ota-ona, er-xotinning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish
huquqi aniqlanayotganda, ularning ishga yaroqsizligi muhim ahamiyatga
ega. Ular marhumni vafotidan oldinmi yoki keyinmi ishga
yaroqsiz bo‘lib qolishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish
huquqiga ta’sir etmaydi.
34
Agar ular marhumning vafotidan bir necha yil keyin ishga yaroqsiz
bo‘lib qolsalar ham ularga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanaveradi,
bunda faqat er yoki xotinning boshqa nikohga kirmaganligi
asos bo‘ladi. Agar er yoki xotinga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
tayinlangan bo‘lsa, u qayta nikohdan o‘tgan holda ham tayinlangan
pensiyasini yo‘qotmaydi.
Er-xotin nikohda turmagan bo‘lsayu, lekin birga yashagan,
xo‘jalik yuritgan bo‘lsa, ularning birgalikda farzandlari bo‘lsa, erxotinlik
munosabati ularning birining o‘limidan keyin sud tartibida
belgilanadi.
O‘gay ota yoki ona o‘gay farzandini 8 yoshga to‘lgunicha 5 yil
tarbiyalagan bo‘lsa haqiqiy ota-onalar qatorida boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi olish huquqidan foydalanadi.
Ota-onalar o‘zlarining pensiyasini olayotgan bo‘lsalar yoki boshqa
farzandlari uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan
bo‘lsalar ham marhum uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish
huquqiga ega bo‘ladilar. Lekin, qonunga muvofiq faqatgina ularning
xohishiga qarab bitta pensiya tayinlanadi.Bunda qaysi pensiya turi
yuqoriroq miqdorda bo‘lishi hisobga olinadi.
Marhumning 3 yoshga to‘lmagan bolalarini, uka-singillari, nabiralarini
qarash bilan mashg‘ul bo‘lgan, ota-onadan biri, er yoki xotin,
aka-uka, opa-singillardan biri yuqoridagi go‘daklarni parvarishlash
bilan mashg‘ul bo‘lib ishlamasalar, bolalar 3 yoshga to‘lgunlaricha
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Agar ular bola 3 yoshga to‘lgunicha bo‘lgan davrda ishga joylashsalar
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi.
Bolalarni qarash bilan ikkita oila a’zosi band bo‘lsa boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi ularning faqat bittasigagina tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bobo yoki buviga pensiya
tayinlash uchun ularga ishga yaroqsiz bo‘lishlari bilan birga ularni
qonun asosida boqishi shart bo‘lgan o‘z farzandlari, eri (xotini)
bo‘lmagan taqdirdagina tayinlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan bolalar 16 yoshga
to‘lgan bo‘lsalar, o‘qishni davom ettirayotganliklari haqida ma’lumotnoma
taqdim qilishlari shart, aks holda tayinlangan pensiya to‘xtatib
qo‘yiladi. Ular 16 yoshga to‘lganlaridan keyin 18 yoshga to‘lgunlaricha
har yili sentyabr oyida o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim
qilishlari shart.
35
Nogiron hisoblangan ishga yaroqsiz oila a’zolari, nogironlik muddati
tugagandan keyin qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hollardagina pensiya
to‘lovi davom ettiriladi.
Qonunning 20-moddasiga asosan vafot etgan kishining oila a’zolari
uning qaramog‘ida to‘la turgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar
va bu yordam ular uchun doimiy hamda asosli manba vazifasini o‘tab
kelgan bo‘lsa, uning qaramog‘idagi oila a’zolari hisoblanadi. Bundan
xulosa shuki, boquvchidan tasodifiy, muntazam bo‘lmagan, shuningdek
yashash uchun asosiy manba bo‘lib, xizmat qila olmaydigan
miqdorda yordam olib turgan shaxslar qaramoqda hisoblanmaydilar.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun pensiya
qonunchiliga asosan bir qancha shartlar belgilab qo‘yilgan bo‘lib bu
shartlar quyidagilardan iborat:
a) boquvchining vafot etganligi;
b) qaramoqda bo‘lgan shaxslarning marhum bilan yaqin qarindoshligi;
d) qarindosh bo‘lgan shaxslarning ishga yaroqsizligi va marhumning
qaramog‘ida bo‘lganligi;
e) boquvchining vafoti sababini pensiya tayinlanishiga, pensiya
miqdoriga va imtiyozlar shartiga ta’sir ko‘rsatishi.
Boquvchini vafot etish sabablarini pensiya tayinlash shartiga ta’siri
pensiya qonunning 21-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan.
Boquvchini mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli vafot
etishi hollarida, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda ish
staji talab qilinmaydi. Biroq, bu pensiyani miqdorini aniqlashda mavjud
bo‘lgan ish staji hisobga olinadi. Shuning uchun pensiya tayinlashda agar
boquvchini ish staji mavjud bo‘lgan hollarda, bu haqda tegishli
hujjatlar ham taqdim qilinadi.
Umumiy kasallik bo‘yicha boquvchi vafot etgan taqdirda, marhumning
vafot etgan kunidagi yoshiga nisbatan qonunning 17-moddasida
ko‘rsatilgan ish staji talab qilinadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblab chiqarish asosida
pensiya miqdori aniqlanib, bu miqdor quyidagilardan iborat:
a) pensiyaning tayanch miqdori, ya’ni pensiyani marhumning
o‘rtacha oylik ish haqidan qonunda ko‘rsatilgan miqdorda aniqlash;
b) pensiyalarni marhumning ortiqcha ish staji uchun oshirish;
d) ustama haqlar.
36
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayanch miqdori qonunning
31-moddasi asosida aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqidan hisoblanadi.
Qonunning 26 moddasini g-bandiga asosan pensiyaning tayanch
miqdori marhumning qaramog‘ida bo‘lgan har bir oila a’zosi uchun
o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida aniqlanib, bunda
pensiyaning tayanch miqdori har bir oila a’zosi uchun eng kam ish
haqining (hozirgi kunda eng kam yoshga doir pensiyaning 50 foizidan
kam bo‘lmasligi kerak.
Misol: Fuqaro Igamberdiyev Alisher Saidovich 44 yoshida umumiy
kasallikdan vafot etdi, uning ish staji 24 yil. Uning ortiqcha ish
staji qonunning 17-moddasiga asosan quyidagicha aniqlanadi. 41
yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan davrda 11 yil ish staji talab qilinadi. 24
yil - 11 yil = 13 yil ortiqcha ish staji mavjud.
Misol: Fuqaro Soliyev 37 yoshida mehnatda mayiblanish natijasida
vafot etgan. Uning ish staji 17 yil. Qonunning 21-moddasiga asosan
uning oila a’zolariga boquvchini ish stajidan qat’iy nazar pensiya
tayinlanadi, lekin uning ish staji mavjud bo‘lganini hisobga olib
ortiqcha ish staji aniqlanishi zarur.36 yoshdan- 41 yoshgacha 9 yil ish
staji talab qilinadi. 17 yil - 9 yil = 8 yil ortiqcha ish staji mavjud.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlashda qonunning 27
moddasining g-bandiga asosan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan ishga
yaroqsiz har bir oila a’zosiga talab qilingandan ortiqcha har bir to‘liq
yil uchunmarhumning pensiyani tayanch miqdori hisoblab chiqarilgan
o‘rtacha ish haqining 0,5 foizi miqdorida qo‘shimcha qo‘shib hisoblanadi.
Misol: Boquvchi Begmatov Raximjon Rahmonqulovichning
yoshi 54 da, o‘rtacha ish haqi 70000 so‘m, umumiy ish staji 32 yil,
qaramog‘ida 75 yoshli pensiya olmaydigan onasi, 51 yoshdagi 3-guruh
nogiron xotini, 14 yoshdagi o‘quvchi bolasi bor. Pensiyaga bo‘lgan
huquq va pensiya miqdori quyidagicha aniqlanadi?
1) kimlar pensiya olishga haqli? Qonunning 19 moddasini «a»
bandiga asosan bolasi, «b» bandiga asosan onasi va xotini, chunki ular
ishga yaroqsiz va boquvchining qaramog‘ida turgan.
2) Pensiyani tayanch miqdori hisoblanadi.
70000 30% = 21000 so‘m dan har bir oila a’zosiga
3) Boquvchi 54 yoshda bo‘lgani uchun unga 17 yil ish staji talab
qilinadi.
32 yil – 17 yil = 15 yil ortiqcha ish staji bor.
37
70000 0,5% = 350 so‘m 15 (ortiqcha ish staji) = 5250 so‘m -
ish staji uchun oshiriladi.
21000 so‘m + 5250 so‘m = 26250 3 ta oila a’zosiga = 78750 so‘m
pensiya tayinlanadi
Boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarning birortasi qonunning
28-moddasida ko‘rsatilgan ustama haqlarni olish huquqiga ega
bo‘lsalar, pensiya miqdoriga tegishli ustama haqlar ham eng kam oylik
ish haqiga nisbatan foizlarda qo‘shib hisoblanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin