|
O‘zbеkiston rеspublikasi
|
səhifə | 1/55 | tarix | 18.07.2023 | ölçüsü | 0,63 Mb. | | #136837 |
| 7 Aholiga ijtimoi
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O.A. TOJIBOYEVA, N. BARATOVA, SH.H. G‘ANIYEV
AHOLIGA IJTIMOIY
YORDAM KO‘RSATISH
Kasb-hunar kollejlari uchun oq‘uv qo‘llanma
Тoshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2010
Ushbu qo‘llanmada aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida keyingi
yillarda olib borilayotgan ishlar, qabul qilingan yangi qonunlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi hamda boshqa organlari tomonidan
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida talabalarga sodda va ravon
tilda yoritilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada «Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish» faniga
oid ma’ruzalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan
amaliy topshiriq va masalalar o‘quvchilar bilimini oshirish hamda baholashga
qaratilgan maxsus test savol va topshiriqlari berilgan. Qo‘llanma kasb-hunar
kollejlarining ushbu soha yonalishida ta’lim olayotgan talabalari uchun
mo‘ljallangan.
BBK 65.272ya722
ISBN 978-9943-13-308-2 © «IQTISOD-MOLIYA», 2010
Тaqr izchilar: H.P. Vohidov — yuridik fanlari nomzodi,
falsafa fanlari doktori, professor;
N.Saydalixo‘jayeva — pedagogika fanlari
nomzodi, dotsent
65.272
Tojiboyeva O.A.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Kasb-hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / O.A. Tojiboyeva,
N. Baratova, Sh.H. G‘aniyev; O‘zR oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
– T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010. -128 b.
Baratova N., G‘aniyev Sh.H.
T60
3
KIRISH
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston davlati tomonidan amalga oshirilayotgan
kuchli ijtimoiy siyosatni mamlakatimiz aholisiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
sohasida amalga oshirilgan islohotlar, imtiyoz va yangiliklarning tobora
demokratlashib, insonparvarlik tamoyillariga asoslanib barqaror rivoj
topayotgani bilan izohlash mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 50 %idan
ko‘proq qismi ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanayotgani diqqatga sazovordir.
Shunday ekan, bozor munosabatlari avj olib borgani sari aholini ijtimoiy
ta’minlashga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini
oshirish zarurati oshib borishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham fuqarolarning ijtimoiy
ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlab va kafolatlab qo‘yilgan.
Jumladan, Konstitutsiyamizning 39-moddasida shunday deyiladi: «Har
kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish
huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining boshqa turlari rasman
belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi
mumkin emas»1.
Aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati konstitutsiyaviy tamoyillarga
asoslangan holda boqimandalik va davlatning yalpisiga ijtimoiy ta’minlashidan
aholining ijtimoiy yordamga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan real zaif
qatlamlarini (pensionerlar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar
va b.) aniq yo‘naltirilgan (manzilli) tarzda qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga
asoslangan holda yanada rivojlantirilishi lozim2.
Bugungi kunda Prezidentimiz I.A.Karimovning «Islohot islohot uchun
emas, balki inson va uning manfaatlari uchun xizmat qilmog‘i lozim
tamoyili ustuvorligini hayotiy qadriyatga aylantirmog‘imiz lozim» degan
ta’kidlari muhim amaliy ahamiyat kasb etib borayapti.
Bu borada aholining ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquqiy ong va
madaniyat darajasini oshirish, ularni mazkur sohaga oid qonunchilik bazasi,
1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, - T: «O‘zbekiston» NMIU, 2009- y.
2 Tursunov Y. Ijtimoiy ta’minot huquqi. (Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo‘llanma). - T: «O‘qituvchi» NMIU, 2005- y. B-6.
4
shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlar, imtiyoz va yangiliklardan
xabardor qilishning mukammal mexanizmini ishlab chiqish masalasi
hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 27-avgustda
qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da zamonaviy kadrlar
tayyorlash vazifasi muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashning muhim tarkibiy
qismi, asosiy vositalaridan biri sifatida bugungi kunning ruhiga va talablariga
to‘la mos keluvchi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, chop etish
ular bilan o‘quvchi-talabalarni qurollantirish vazifasi belgilab berilgan.
Yuqorida zikr etilgan dastur talablarini inobatga olgan holda barcha fan
sohalari kabi yurisprudensiya (shuningdek, «Aholiga ijtimoiy yordam
ko‘rsatish» sohasiga oid) yo‘nalishi bo‘yicha ham bir qancha darslik va
o‘quv qo‘llanmalari hamda boshqa yordamchi adabiyotlar chop qilindi.
Bu borada Y.Tursunov, A.Xayitov, M.Ziyadullayev, F.P.Hojiyeva,
A.A.Hasanov, R.U.Mamajonova kabi huquqshunoslar tomonidan bir qancha
o‘quv qo‘llanmalari chop etilganligi quvonarli hol, albatta.
Shuni e’tiborga olish lozimki, aynan «Aholiga ijtimoiy yordam
ko‘rsatish» sohasi bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining tibbiy ijtimoiy yordam
yo‘nalishi (3760106) da tahsil oluvchi o‘quvchi-talabalariga mo‘ljalangan
hamda mazmuni bir muncha soddalashtirilgan, qonunlar sharhi bayon
etilgan, darslarni amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda olib borish nazarda
tutilgan o‘quv qo‘llanmalari yetarli emas.
Kitob besh bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda aholiga ijtimoiy
yordamni tashkil etish tushunchasi va tizimi, ikkinchi bo‘limda esa ijtimoiy
muhofaza tizimi tushunchasi, mazkur sohaning tuzilishi va vazifalarining
nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlari berilgan.
Uchinchi bo‘limda davlat va davlatdan tashqari ijtimoiy muhofaza
mablag‘lari manbalari haqida, to‘rtinchi bo‘limda qariyalar, yolg‘iz keksalar
va nogironlarga tibbiy va ijtimoiy muhofaza ko‘rsatish haqida keng va atroflicha
ma’lumotlar berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish» sohasiga
oid boshqa manbalardan o‘zining ravonligi, soddaligi, ma’ruzalarning ilg‘or
pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda ishlab chiqilgan amaliy
topshiriqlar (masalalar) va o‘quvchi-talabalar bilimini baholashga qaratilgan
maxsus test savollaridan tarkib topganliligi bilan ajralib turadi.
Ushbu o‘quv-qo‘llanma haqidagi o‘z foydali taklif va mulohazalarini
bildirgan o‘quvchilarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
5
Dostları ilə paylaş: |
|
|