3- mavzu: DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YICHA NAFAQALAR VA ULARNI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV HUJJATLAR 3.1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlanadigan va to‘lanadigan
nafaqalar fuqarolarni nafaqalar bilan ta’minlashda yetakchi o‘rin
tutadi.
Ijtimoiy ta’minotning ushbu shakli fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida nazarda tutilgan muhim huquqlarning amalga
oshirilishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
oktabrdagi «Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi to‘g‘risida»gi 490-sonli qarori; 2001- yil 16-martda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yhatga olingan «Majburiy
badallar va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ajratmalarni
byudjetdan pensiya jamg‘armasiga hisoblab chiqarish va to‘lash
tartiblari to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan
«Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi» hamda
«Dehqon xo‘jaligi a’zolari ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy ta’minoti
to‘g‘risida»gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 1-maydagi qarori bilan tasdiqlangan «Keksalar va
mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning
dafn marosimi uchun bir yo‘la beriladigan nafaqalar tayinlash
va to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi nizom va nihoyat, O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-may kuni ro‘yhatga
olingan «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash
va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom bilan va boshqa bir qator
me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
42