120
-
аksiyadоrlik jаmiyati ;
-
ishlаb
chiqаrish kооpеrаtivlаri;
-
unitаr kоrхоnа vа bоshq.
5.Fаоliyat yo‘nаlishi bo‘yichа:
-
ishlаb chiqаrish yo‘nаlishidаgi;
-
хizmаt ko‘rsаtish yo‘nаlishidаgi;
-
tijоrаt yo‘nаlishidаgi;
-
mоliyaviy yo‘nаlishdаgi;
-
kоnsаlting (mаslаhаt) yo‘nаlishidаgi vа bоshq.
6. Tаrmоq tаrkibi bo‘yichа:
-
sаnоаt;
-
qishlоq хo‘jаligi;
-
sаvdо vа umumiy оvqаtlаnish;
-
хizmаt ko‘rsаtish;
-
trаnspоrt vа аlоqа;
-
uy-jоy vа kоmmunаl хo‘jаligi;
-
qurilish;
-
mоliya;
-
tа’lim vа fаn;
-
bоshqа sоhаlаrdаgi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati
bilan jismoniy yoki
yuridik shaxs sifatida shug‘ullanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining
“Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda
respublikamizning
fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek,,
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs)
yakka tadbirkor
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishga haqlidir.
Fuqarolik Kodeksi”ning 39-moddasiga muvofiq: “o‘z mulkida, xo‘jalik
yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z
majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy
yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira
oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo‘la oladigan
tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo yuridik shaxslarning
faqatgina foyda
olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya'ni tijoratchi tashkilotlar
tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.
Mulk shakli bo‘yicha
firmalar quyidagicha guruhlanadi:
- yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, fermer
xo‘jaliklari, xususiy firmalar);
- hamkorlikdagi mulk egaligi (xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit),
mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo‘jaligi
shirkatlari, kooperativlar boshq.);
- korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).