O‘zbеkiston rеspublikаsi


munosabatlarining yig‘indisidir



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə388/410
tarix24.10.2023
ölçüsü5 Mb.
#160596
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   410
MIKRO MAKRO

munosabatlarining yig‘indisidir
. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi 
sifatida u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to‘lov va kredit vositalarini (oltin, eng 
rivojlangan mamlakatlarning milliy valutalari, xalqaro pul birliklari); 
2.
Valuta kurslarini o‘rnatish va saqlab turish mexanizmini; 
3.
Valuta bozorining ishlash tartibini
4.
Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini; 
5.
Valuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini; 
6.
Valuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valuta tizimining 
barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valuta fondi
Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki). 
Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil 
ko‘rinishdagi pul vositalari ishlatiladi: 
-
oltin, hozirda o‘zining asosiy to‘lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini 
yo‘qotgan bo‘lsada, ammo ko‘pchilik valuta zahiralarining sezilarli qismini tashkil 
etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash 


424 
uchun ishlatiladi; 
-
jahonda asosiy o‘rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valutalari 
(AQSh dollari, YEVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar); 
-
xalqaro pul birliklari. 
Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol 
bo‘la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga 
oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi 
mehnatiga, shuningdek, mamlakat valuta zahiralarini yaratishda qo‘llaniladi. 
Xalqaro valuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob 
berishi kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin