433
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib
keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida
namoyon bo‘ladi (36.5-rasm).
Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi,
milliy mahsulotlar
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish
maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi
va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valuta
kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan
bo‘lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import
hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish
ichki narxlar darajasi
(Pd)ning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valuta kursi
(En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real
valuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1
nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko‘tarilishiga
javoban nominal
valuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.
Qisqа хulosаlаr
Jahon valuta tizimi - xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat
qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar
o‘rtasidagi valuta munosabatlarining yig‘indisidir.
Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy
valutalarga almashish
qobilyati tushuniladi. Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha
har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan
valutadir. Bunga misol qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar,
Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin.
Davlat valuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valuta bozoriga ta’sir
qilishning rasmiy zahiralarni tartibga solish,
savdo siyosati, valuta nazorati va ichki
makroiqtisodiy tartiga solish kabi usullaridan foydalanadi.
Valuta kursi mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida
ifodalangan bahosidir.
Erkin tebranuvchi valuta kursi talab va taklif asosida aniqlanadi.
Qayd etilgan valuta kursi – xorijiy valutada ifodalangan,
davlat tomonidan
rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta bozorida talab va
taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi.
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli
mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni
qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi
Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi.
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib
keladi. Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
434
Mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan
himoya qilish maqsadida
olib boriladigan proteksionistik u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi
savdo miqdorini kamaytiradi. Valuta kurslarining o‘zgarishiga, shuningdek bir qator
tashqi va ichki omillar va ular o‘rtasidagi nisbat ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: