Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium) - bozor duopolik bo‘lganda
firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali
bir biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli xarajatga teng bo‘lganda muvozanat
holat barqarorlashadi.
Befarqlik chizig‘i (indifference curve) - shaxs uchun bir xil naf beradigan
bo‘sh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq
(bu yerda bo‘sh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir
ish vaqti ma`lum daromadni, ish haqini ifodalaydi).
Bozor muvozanati - bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng bo‘lgan
hol, taklif chizig‘i bilan talab chizig‘i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi.
Byudjet - iste`molchining ma`lum vaqt oralig‘ida oladigan barcha daromadlari
yig‘indisi.
Byudjet chegarasi (budget constraint) - “umumiy vaqt – daromad”
koordinatalariga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning yotiqlik burchagi ish haqini
ifodalaydi. (daromad 0 bo‘lganda vaqt 24 soatga teng, ya`ni (24,0).
Byudjet chizig‘i (budget line) - byudjetni to‘liq sarflash sharti bilan
iste`molchi sotib oladigan tovarlar kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR ) - sotilgan tovar miqdorini narxga
ko‘paytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
Daromad samarasi (income effect) - iste`mol majmuasiga kiruvchi
ne`matlardan birining narxi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan real daromad
hisobidan iste`mol tarkibini o‘zgarishi.
Diversifikasiya - tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo‘lib bunda tavakkalchilik
(yo‘q otishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib
olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning
pasayishini bildiradi.
Diskontlash - qiymatlarni (daromadni, xarajatni, kapitalni) boshlang‘ich yilga
yoki oxirgi yilga keltirish.