437
Inglizcha auksion
- bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar
oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Inson kapitali nazariyasi
- inson kapitaliga investisiya qo‘yish natijasida ish
haqining har xil darajada bo‘lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.
Inson kapitaliga investisiya (human capital investment)
- insonning
qobiliyatini, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan
har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog‘liqini tiklashga sarflar).
Institutlar
- iqtisodiy sub`ektlar harakatini cheklovchi, ularning o‘zaro
munosabatlarini tartibga soluvchi me`yorlar, qoidalar hamda ushbu me`yor va
qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Iste`molchi ortiqchaligi (yutug‘i)
- iste`molchi tovarlar uchun to‘lashi
mumkin bo‘lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‘langan narxlar
ayirmalarining yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: