366
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb
hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar.
Hozirda mavjud bo‘lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki
yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo‘shib,
o‘zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli
maqsadlariga erishish
uchun monetaristik yondashuv ko‘proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli
davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi. .
Markaziy Bank bir vaqtning o‘zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini
o‘zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o‘sgan holatlarda maqsad foiz
stavkasining barqarorligini ta’minlash bo‘lsa Markaziy Bank pul taklifini
oshirishga majbur bo‘ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Pul massasining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun pul taklifini
cheklash siyosatini qo‘llash foiz stavkasining ko‘tarilishiga olib keladi va bu
siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflatsiya tasirida ko‘paysa qattiq pul kredit siyosatini
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maboda pulga
talab ishlab chiqarish va
daromadlarning o‘sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo‘llash
o‘rinlidir.
daromadlarning o‘sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini
qo‘llash o‘rinlidir.
Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta’siri birinchi paragrafda
ta’kidlanganidek pul taklifi o‘zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi
o‘zgarishining esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu
bilan yalpi xarajatlar
hajmiga ham) va yalpi xarajatlar o‘zgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif
hajmiga ta’siri ko‘rinishida bosqichma - bosqich ro‘y beradi. Foiz stavkasining
pul taklifi o‘zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya
xarajatlarining foiz
stavkasi o‘zgarishiga tasirchanligi past bo‘lishi pul kredit siyosatini amalga
oshirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Agarda Markaziy bank qayd qilingan valuta kursini saqlab turishni maqsad qilib
qo‘ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo‘lmay qoladi.
Chunki almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valuta zahiralarini ko‘paytirib
yoki kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pul-
kredit va fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham
mavjud. Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini
oshirish orqali
qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, uning muvaffaqiyatli amalga
oshishi ko‘proq pul-kredit siyosatining xarakteriga bog‘liq. Chunki, bu
mo‘ljallanayotgan xarajatlar qimmatli qog‘ozlar (ya’ni, obligatsiyalar)ni
chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga bo‘lgan talab
oshadi va natijada esa foiz
stavkalari ko‘tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi siyosatini qo‘llab-quvvatlash
uchun pul taklifini ma’lum miqdorda ko‘paytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin.
367
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib boriladigan
fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi.
Dostları ilə paylaş: