Turli yosh guruh bolalarida madaniy gigiyenik kо‘nikmalarni shakllantirishni tashkil etishni о‘rganish. 1.Guruhlarda madaniy gigiyenik kо‘nikmalarni shakllanishi, rivojlanishi uchun qaratilgan sharoitni aniqlash.
2.Bolalarning ovqatlanishi, uyquni tashkil etish jarayonining uslubiy yо‘llarni kо‘ra olishga о‘rganish.
3.Tarbiyachi va enaga orasidagi vazifalarni taqsimlanishi.
4.Uxlashga yotqizish davrida bolalarni о‘ziga xos xususiyatlarga e’tibor berish va kuzatish.
5.Bolalarni uxlab qolish muddati, yotqizish va uyqudagi holatlari.
6.Kattalar tomonidan qо‘yiladigan talab, buyruqlarga bolalarning munosabati.
7.“Bolajon” dasturi talablari asosida tо‘g‘ri qо‘l yuvish, ovqatlanish, kiyinish va yechinish, sovundan, dastrо‘moldan foydalanish malakalarini shakllantirish.
Bolalar muassasalarida sayrini tashkil etish va uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. Turli yosh guruhlarida sayrni tashkil etish usulining о‘ziga xos tomonlarini о‘rganish. 1.Sayrni о‘tkazish uchun shart – sharoitning yaratilganligi. Maydoncha va yer uchastkasi va ularning jihozlanishi, kerakli ashyolarning yetarliligi va saqlanishi, ashyo va jihozlarning fasllarga, iqlimiy sharoitga mos kelishi, bolalarning faslga mos ravishda kiyinishi.
2.Bolalarni sayr jarayoniga tayyorlashning xususiyatlari. О‘yinchoqlarni tanlash, maqsad qо‘yish, jihozlanishi, bolalarni kiyintirish jarayoniga rahbarlik qilish, uning davomiyligi, kattalarning yordami va о‘zaro yordam, tarbiyachi tomonidan nazorat, sayrga tayyorlanish va chiqish muddati.
3.Sayrning tashkiliy tuzilishi, asosiy faoliyatlarni almashinib turishi.
4.Bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoitlarning yaratilganligi. Boshlagan ishni ohiriga yetkazish.
5.Bolalarning faoliyatiga va о‘zlarini tutishlariga rahbarlik qilish usul – uslubiyatlari bilan tanishish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni chiniqtirish jarayonini kuzatish. Bolalarni chiniqtirish sharoiti va uslubi, topshiriqning mazmuni. Turli yosh guruhlarda chiniqtirish sharoitini о‘ziga xosligini kuzatish va о‘rganish. Buning uchun:
1.Keyingi uch oy ichida bolalarning kasalligi bilan tanishib chiqib, chiniqtirish tadbirlarini о‘tkazish jadvali.(Tadbirlarni boshlangan vaqti va tadbirni belgilash.)
2.Chiniqtirishni о‘tkazish uchun yaratilgan sharoitni о‘rganish.
3.Maktabgacha ta’lim muassasasida foydalanilgan chiniqtirish turlarini
aniqlash.
4.Chiniqtirish tadbirini tashkil etish va о‘tkazishni baholash. (Vaqti, izchilligi, bolalarni mustaqilligi, olib borilgan ishlarning sifati.)
5.Chiniqtirish jarayonida bolalardagi о‘zgarishlarni kuzatish, mustaqillik bir – biriga yordam, о‘zaro hissiy munosabat harakat qilish qoidasini bilish.