O‘zbеkistоn rеspublikаsi


O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə10/90
tarix28.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#169277
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI


Grammatika.
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq shakli uchun xosdir.
O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir.
Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega.

  • og`zaki shakl – orfoepiyada

- yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi


ORFOGRAFIYA
Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga asoslanadi:
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.
Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:

  • past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: pasay, susay.

  • ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.

  • men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,-ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening.

  • bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi.

Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi:

  • achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.

  • u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (–ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday.

Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:

  • bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov.

  • yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a = ata.

  • -ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.

  • oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin