Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 29 harf bo’lib, shulardan
6 tasi unli harf, qolgan 23 tasi undosh harf va bitta (’) belgisidan iborat. Bu belgi, asosan, arab tilidan kirib kelgan so’zlarda ko’p uchraydi(ma’rifat, ma’naviyat, ma’no kabilar). Undosh harflardan 3 tasi harfiy birikma hisoblanadi: sh, ch, ng. 2 tasida tepa belgisi mavjud: o‘, g‘.
Nutq tovulari ikkiga bo’linadi:
Unli tovushlar
Undosh tovushlar
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hyech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.
a, o, e, o‘, u, i.
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’izda to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar undosh tovushlar deyiladi.
b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.
Bo`lg`usi oliy ma’lumotli mutaxassis, ish yurituvchi, hujjatlar bilan bevosita ishlaydigan xodim oldida, Yuqorida ta’kidlanganidek, hujjat turlarini puxta o`rgnish, ularni mantiqiy to`g`ri va aniq ma’lumotlar asosida shu sohaga doir leksik vositalardan unumli foydalangan holda tayyorlash, to`ldirish vazifasi turadi. Kirill va lotin yozuvlariga asoslangan alifbolarda so`zlarning yozilishidagi ayrim farqlarni inobatga oladigan bo`lsak, bu hol barchamizdan hujjat tayyorlash ishiga alohida e’tibor bilan qarashimizni talab etadi: объект – obyekt, режиссёр – rejissor, концерн – konsern, акция – aksiya va hokazo kabi. Buni yangi imlo qoidalarini puxta o`rganish orqali chuqur o`zlashtirib olish mumkin.
Ma’lumki, kirill yozuvi asosidagi alifbomizda 33 harf va 2 ta belgi mavjud edi. Ular quyidagilar: Аа, Бб, Вв, Гг, Дд, Ее, Ёё, Жж, Зз, Ии, Кк, Лл, Мм, Нн, Оо, Пп, Рр, Сс, Тт, Уу, Фф, Хх, Цц, Чч, Шш, Ъъ, Ьь, Ээ, Юю, Яя, ¡¢, ªº, £¼, ²³. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosida esa 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi mavjud bo`lib, ular quyidagi tartibda joylashgan: Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy, Zz, O`o`, G`g`, Shsh, Chch, Ngng.
Yangi alifboga tovush ifodalamaydigan belgilar kiritilmadi. Tutuq belgisi imlo qoidalari sirasida o`rganiladigan bo`ldi.
“O`ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI”DAN
‘ – tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o`zlashma so`zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho`ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi; mo`jiza, mo`tadil, mo`tabar kabi so`zlarda o` unlisi cho`ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo`yilmaydi;
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi o`zlashma so`zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi.
Quyidagi qo`shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
1) taqlid so`zlardan fe’l yasovchi –illa (chirilla, taqilla) qo`shimchasi so`z tarkibida v yoki u tovushi bo`lganda –ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi –dir qo`shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo`g`inli so`zlarda (kel so`zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo`shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yonder; o`tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qo`shimcha –tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jo`nalish kelishigi qo`shimchasi –ga, chegara bildiruvchi –gacha, ravishdosh shaklini yasovchi –gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi –gan, buyruq maylining II shaxs ko`rsatkichi –gin, shuningdek, -gina qo`shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) k undoshi bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda bu qo`shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo`lakkacha, ko`nikkach, zerikkuncha, to`kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda bu qo`shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo`rqqudek, achchiqqina kabi;
d) qolgan barcha hollarda, so`z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo`shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug`ga, sog`ga, og`gan, sig`guncha kabi.
Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so`zi bilan ifodalangan joy nomlari qo`shib yoziladi: Yangiyo`l, To`rtko`l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo`lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O`rta Osiyo, Ko`hna Urganch, O`rta Chirchiq kabi.
Rus tilidan aynan o`zlashtirilgan yoki so`zma-so`z tarjima qilish yo`li bilan hosil qilingan qo`shma so`zlar qo`shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika, teleko`rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo`shiladigan qo`shimchalar qo`shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O`zXDP MK (O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.
Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo`shimchasi o`rniga chiziqcha (-) qo`yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o`quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni ko`rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.
Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro`z bayrami kabi.
Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so`z bosh harf bilan boshlanadi: O`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so`zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o`rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan boshlanadi: Sog`liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo`mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so`zbosh harf bilan boshlanadi: “O`zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so`zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sog`lom avlod uchun” (orden), “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi.
Bir tovushni ko`rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko`chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
Bosh harflardan yoki bo`g`inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko`p xonali raqamlar satrdan satrga bo`lib ko`chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
Harfdan iborat shartli belgi o`zi tegishli raqamdan ajratib ko`chirilmaydi: 5-“A” sinf, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko`chirilmaydi: “Navro`z – 92” (festival), “O`qituvchi – 91” (ko`rik tanlov), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g`o`za navlari), “Boing – 767” (samolyot), “Foton – 774” (televizor) kabi.
Dostları ilə paylaş: |