Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat: Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar: ismi, otasining ismi va familiyasi;
tug'ilgan yili; v) millati;
g) partiyaviyligi; ma'lumoti;
lavozimi;
ilmiy darajasi va unvoni. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Matn. Imzolar. Sana. Muhr. Tavsifnomamatninio'zaromantiqanbog'langanuchtarkibiyqismgaajratibko'rsatishmumkin. Birinchiqismdashaxsningmehnatfaoliyati, ya'nimutaxassisligi, aynanshukorxona, tashkilotvaboshqajoylardaqaysimuddatdanbuyonishlayotganligi, xizmatvazifasidagio'zgarishlarvaboshqalarhaqidama'lumotberiladi. Ikkinchiqismdaxodimningshaxsiytavsifi, ya'niishgamunosabati, mutaxassislikbo'yichamahorati, siyosiysaviyasi, tashkilotchilikqobiliyati, jamoatishlaridaishtiroki, oilaviyahvoli, xulq-atvori, hattoba'zidasiyrati, jamoaa'zolarigamunosabati, qandaymukofotlargasazovorbo'lganligivaboshqaasosiyrag'batlantirishlariqaydetiladi. Xolisbo'lishuchunkamchiligihamko'rsatilib, istakbildiriladi. Uchinchiqismdaesayuqoridabayonqilinganlardanxulosachiqariladivatavsifnomaqandaymaqsaddayokinimauchunberilayotganligiko'rsatiladi. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tezkor», «printsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig'ilishida tasdiqlangan bo'lsa shu yig'ilish bayonnomasi raqami va sanasi havola bo'ladi. Qoidaga ko'ra tavsifnomaga ikki shaxs : muassasa (yoki bo'linma) boshlig'i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chеkadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo'liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo'natiladi. Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mavjud bo'lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o'zaro farqlanadi. Yozma nutq: Tarjimai hol yozish. Tavsifnoma yozish. GRAMMATIKA: Son va uning grammatik xususiyatlari Son morfologik va sintaktik xususiyatlarining o`ziga xosligi bilan boshqa so`z turkumlaridan ajralib turadi.
Sonlarda o`ziga xos morfologik ifodasiga ega bo`lgan quyidagi grammatik xususiyatlar mavjud:
- sanoq sonlarga -(i)nchi affiksining qo`shilishidan predmetlaming tartibiga ko`ra munosabatini ifodalovchi grammatik ma`no hosil bo`ladi: birinchi, o `ninchi. - sanoq sonlarga -ov, - ala affikslarining qo`shilishidanpredmetlaming guruhini, to`dasini ifodalovchi grammatik ma`nohosil bo`ladi: ikkovi, uchalasi. - sanoq sonlarga -ta+cha, -lab affikslarining qo`shilishidan predmetlaming taxminiy hisobim ifodalovchi grammatik ma`nohosil bo`ladi: o `ntacha, yuzlab. - sanoq sonlarga -ta+dan affiksining qo`shilishidan predmetlaming taqsimini ifodalovchi grammatik ma`no hosilbo`ladi: ikkitadan, o`ntadan.
Mustaqil ta’lim. Savol va topshiriqlar: 1 .Tavsifnoma nima va u qanday tuziladi? Tavsiyanoma nima va u qanday tuziladi?
Tarjimai hol qanday yoziladi?
Tavsifnoma va tavsiyanoma tayyorlang. O'z tarjimai holingizni yozing.
Nazariy ma'lumotlar bilan tanishib chiqing. O'rtog'ingizga bеriladigan tavsifnoma va tavsiyanoma namunalarini tayyorlang.
Xulosa. a) o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi.
b) talabalarda o`zbek tilining Оrfоepiya qоidalari yuzasidan o‘rta umumiy ta`limdan olgan bilimlarini mustahkamladik.
v) milliy tuyg‘u bo‘lgan Vatan tuyg‘usi kabi fazilatlarni rivojlantirdik.
Uyga vazifa: mavzuni o‘qib-o‘rganib kelish “O‘zbekiston – yagona vatan!” mavzusida matn tuzib kelish.
15-MAVZU
Amaliy mashg‘ulot №15
MAVZU: SOHAVIY XIZMAT YOZISHMALARI.
Reja 1.Davo xati haqida ma’lumot.
2. Axborot xati haqida ma’lumot.
3. Kafolat xati haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar : Xat, Yozishmalar, Xizmat turlari, Muassasa nomlari, so’rov xati,ma’lumot.
Xizmat yozishmalarining vazifasi. Xizmat xatlarining turlari. So’rov xati. Iltimos xati. Javob xati. Ilova xat. Da’vo xati. Talab xati. Axborot xati. Kafolat xati Xizmat yozishmalari - mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi - rekvizitidir. Taklifnoma - biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot. Taklifnomaning zaruriy qismlari: Nomi (taklifnoma).
Matn: taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;
taklif qiluvchi muassassaning nomi;
v) qanday tadbirga taklif qilinayotganligi. Tadbirni o‘tkazilish sanasi va vaqti.
O‘tkazilish joyi.
Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi).
Xatlar-muassasalar orasidagi xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng bo‘lib, bunday yozishmalar tushuntirishlar, xabarlar, taklifnomalar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan tullicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar).
javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari xos ish qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: 1.O‘zR gerbi. Muassasaning ramziy belgisi.
Mukofotlar.
Vazirlik, boshqarma nomi.
Tashkilot nomi.
Bo‘linma nomi.
Tasniflagich bo‘yicha hujjatning xos raqami.
Muassasaning xos raqami.
Pochta, telegraf adresi,bankdagi hisob- kitob raqami.
10.Sana. .Shartli raqam (indeks). Kelgan hujjat shartli raqami.
Hujjatning kelish sanasi.
Hujjat jo‘natiladigan adres.
Munosabat belgisi(rezalyutsiya).
Nazorat haqida belgi.
Matn sarlavhasi.
Matn.
19.Ilovalar haqida belgi. 20.Imzo. Rozilik belgisi (viza).
Kelishuv haqida belgi.
Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
Bajarilganlik haqida belgi.
Axborot xati -ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.Axborot xatlarining hajmi oddiy ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‘lishi mumkin. Ba’zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida ham foydalanadi. Da’vo xati - ma’lum bir muassasaningboshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlardir. Da’vo xatlari tovar yetkazib berish, qurulish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. Da’vo xatlarida asosan shartnomaga ko‘ra o‘z zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zararni qoplash talab qilinadi. Odatda da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanadi. Da’vo xatlarining zaruriy qismlari: Da’vo qiluvchi muassasa nomi va adresi.
Ilova xat - xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natilidigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi qisqacha xabar qog‘ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng tarqalgan bo‘lib, shartnoma loyihalarini, ziddiyatlar bayonnomalarini, da’vo materiallarini jo‘natishda qo‘llaniladi. Iltimos xati - muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Iltimos xatlarining asosiy zaruriy qismlari: Xat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsnig nomi.
Matn.
Ilova (zarur bo‘lgan hollarda).
Kafolat xati - muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi, qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi. So‘rov xati- javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so‘raladi.Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‘rov aks etmasligi, unda bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan ifodalanishi lozim. Faqat shu holdagina, yo‘llangan so‘rovga tez va mukammal javob olish mumkin. So‘rov xati, odatda, ikki asosiy qismdan- kirish va xulosadan iborat bo‘ladi. Tasdiq xati- ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi. Farmoyish xati- bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Ularning asosiy vazifasi ayni bir mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir. Eslatma xati - jo‘natilgan iltimos va so‘rov xatlariga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma xati yuboriladi. Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo'lmaydi. Ular mazmun va hajm jihatdan telegrammalarga yaqin turadi. Odatda, eslatma xat bir yoki bir necha jumladan iborat bo'lib, kotib yoki referent tomonidan tasdiqlanadi.
Glossariy
Abzas [nem. abzatz < abzetzen – yangi satrdan boshlash] 1. Matn (tekst)ning dastlabki qatorini bir oz o‘rin (uch harf o‘rni) qoldirib boshlash; xat boshi, satrboshi. Yangi abzasdan yozmoq. 2. Matnning bir xatboshidan keyingi xatboshigacha bo‘lgan qismi. Uch abzasni o‘qimoq. Bir abzats tashlab yozmoq. Абзац [nem. Abzatz Absas [nem. Abzatz
Adabiyot [a.] 1. Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa asarlari majmui. XX asr o‘zbek badiiy adabiyoti. Jahon adabiyoti.2. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi turi; badiiy adabiyot. Adabiyot hamisha haqiqat va adolat bayrog‘ini baland tutib yashamog‘i lozim.3. Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid asarlar, kitoblar. Siyosiy adabiyot. Tehnika adabiyoti. Mavzu yuzsidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati. Литература [a] 1. Коллекция художественных, научных, философских и других произведений народа, периода. Узбекская литературная литература 20-го века. Мировая литература. 2. Вид художественного творца искусства словом, языком; Художественная литература. Литература всегда должна идти в ногу с флагом и правдой. 3. Особая наука или индустрия, произведения предмета, книги. Политическая литература. Литература Техники. Список публикаций, рекомендованных субъектом. Literature [a] 1. A collection of artistic, scientific, philosophical and other works of the people, period. Uzbek literary literature of the 20th century. World literature. 2. Kind of art creator of art in word, language; Fiction. Literature should always keep up with the flag and the truth. 3. Special science or industry, works of the subject, books. Political Literature. Literature of Technique. List of publications recommended by the subject.