O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   410
MIKRO MAKRO

Ep = (Ya – VA) / Ya. 
Bu yerda: Ep - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; Ya - 
bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo‘shilgan qiymat; 
VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo‘shilgan qiymat. 
ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75% 
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 25% 
tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 75% tarifli 
himoyalanganligini ta’minlaydi. 


408 
Proteksianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor 
mahsulotlarga bojni ko‘tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini 
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi. 
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha 
ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo‘lib qoladi. 
Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo‘jaligida yuz 
berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining 
pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama 
muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag‘batlantiriladi va nazorat qilinadi. 
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‘llovchi fikrlarga aksincha bo‘lgan 
mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‘tilgan natijalarga boshqa usullar bilan 
kamroq yo‘qotishlar hisobiga ham erishsa bo‘ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada 
asoslidir. 
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga 
olib keladi. 
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya 
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi. 
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida 
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin