34.3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar
orqali tartibga solish
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir
tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o‘sishini ta’minlasa
(34.2 - rasm), ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib
kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.Subsidiya
sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari Pw
darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan
sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo‘lur edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq
yo‘qotish esa
b
sohasidangina iborat bo‘ladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan
bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini
kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni
bilish qiyin bo‘ladi.
Subsidiyalarni joriy qilgandan so‘ng ularni bekor qilish qiyin bo‘ladi, raqobat
muhiti yo‘qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib
boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va
yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari qo‘llaniladi. Ushbu
siyosatlarni qo‘llashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro
raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq
farovonligini oshirishdan iborat.
409
34.2-rasm. Ishlab chiqaruvchilar subsidiya berilishining iqtisodiy
oqibatlari
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita
usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar
mazmuniga ko‘ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy ko‘rinishga ega bo‘lishi
mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng
tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga
mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o‘tkazish,
xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda
litsenziyalar faqat davlat ro‘yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat
qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi
iqtisodiy taqchillik o‘sishining to‘xtash hamda savdo balansining tenglashtirish
imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar
yordamida joylashtiriladi.
1.
Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab
chiqaruvchilarga berishi.
2.
Afzal ko‘rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab
chiqarish hajmi jihatdan yirik bo‘lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va
talablarsiz beradi.
410
3.
Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va
resurslarga ega bo‘lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga
litsenziyalar berish huquqiga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv
tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog‘liqni
saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o‘tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya
vazirligi va Markaziy bank tomonidan o‘z va xorijiy banklarga, moliya
muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning
tashqarisida chet el valutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-
kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat
ko‘rsatish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek,
ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo‘llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro
tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo‘yicha
ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi.
Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‘lov balanslarini ichki
bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o‘zaro kelishuvga
erishish uchun qo‘llaniladi. O‘zbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va
strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida
qo‘llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini
tartibga solishda ham qo‘llaniladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o‘rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko‘proq qo‘llanilishiga ikkita sabab
bor:
1.
Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni
qaratishga majbur bo‘ladi.
2.
Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni
qo‘llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish
osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko‘proq mos keladi. Tariflarga
nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko‘riladigan farovonlikdagi yo‘qotishlar ikki
holatda katta bo‘ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy
ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa.
Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
|