35.5. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari
To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital
harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‘ladi. Markaziy Bank valuta
intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko‘rmasa, va rasmiy valuta zahiralari
miqdorini o‘zgartirmasa to‘lov balansi hisoblarini valuta kursining erkin tebranishi
hisobiga o‘zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valutaning qimmatlashuvi,
kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro‘y beradi. Valuta kursining
erkin tebranishi to‘lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda
mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Erkin tebranuvchi valuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to‘lov balansining
ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valuta
kurslarining erkin harakati to‘lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini
yo‘qotadi.
Erkin tebranuvchi valuta kurslari to‘lov balansini tenglashtirishda katta
imkoniyatlarga ega bo‘lsada, kamchilikliklardan xoli emas. Chunonchi, bunday
valuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo
sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, beqarorlikka va boshqalarga olib keladi.
420
Agar Markaziy Bank rasmiy valuta zahiralari vositasida chet el valutasini sotib
yoki sotib olib valuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valuta kursining erkin
tebranishi vositasida to‘lov balansini tartibga solish zarurati yo‘qoladi.
Bunda to‘lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valutasi
taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo‘lib kreditda plyus belgisi
bilan (Markaziy Bankda xorijiy valuta zahirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga
olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valuta taklifi kamayadi, uning
almashinuv kursi nisbatan ko‘tariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy
o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
To‘lov balansining aktiv-(musbat) qoldig‘i esa Markaziy bankning rasmiy
valuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valuta
zahiralarini to‘ldirish uchun chet el valutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda
milliy valuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa
iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga) rag‘batlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy
rezervlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to‘lov
balansi qoldig‘i nolga tenglashishi kerak.
To‘lov balansining aktiv qoldig‘i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti
xususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin.
Valutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira valutasi
sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to‘lov balansi taqchil bo‘lishi tabiiy hol
hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to‘lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy
tartibga solmasligi mumkin.
Milliy valutasi jahon iqtisodiyotida zahira valutasi hisoblanmaydigan
mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valuta zahirasi cheklanganligi tufayli
to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib
keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat
savdo siyosati va valuta almashinuv kursini o‘zgartirishi choralarini qo‘llab chet
ellardagi o‘z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o‘z daromadlarini oshiradi.
Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasining oshishi
oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valutaning qadrsizlanishi,
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro‘y berishi mumkin.
Valuta rezervlari sarflab bo‘lganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini
qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari
yo‘qqa chiqqanligi sababli mamlakat to‘lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom
etishi to‘lov balansi inqirozi deyiladi.
To‘lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo‘li makroiqtisodiy tartibga
solish hisoblanadi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy
Bankni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning
421
o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun
etarli bo‘lmasligi mumkin.
Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona
yo‘lidir.
Qisqa istiqbolda to‘lov balansi qoldig‘i jamg‘arish va investitsiyalar hajmlarini
belgilovchi omillar (masalan budjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o‘zgarishi
mumkin.
Agar mamlakatda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy
jamg‘armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida joriy operatsiyalar hisobi
bo‘yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg‘armalar hajmlarini oshiradi, bu o‘z
navbatida kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi
bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka,
joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon
foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi. To‘lov balansi
barqarorligiga va yuqori o‘sish sur’atlariga, asosan, sanoat korxonalarini tarkibiy
yangilash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, eksport hajmini ko‘paytirish, ishlab
chiqarish quvvatlari ish hajmini oshirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan
chora-tadbirlar natijasida erishildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti salohiyatidan imkon qadar to‘laroq foydalanish,
uning raqobatdoshligini oshirish, sifat jihatidan takomillashtirishda ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish
jarayonlari
muhim
o‘rin
tutadi.
Ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish – sanoat ishlab chiqarishining turli bosqichlarida import shaklida
xarid qilish orqali qo‘llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar
va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishga
o‘tkazish jarayonidir. Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar,
butlovchi
buyumlar
va
materiallar
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish
iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim yo‘nalishlardan
biri hisoblanadi.
Ma’lumki, mahalliylashtirish jarayoni iqtisodiyotning jadal va barqaror
rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab
chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish,
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shuning
asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta
mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini
yaratish imkonini beradi.
|