Qisqа хulosаlаr To‘lov balansi – mamlakatning dunyoning boshqa davlatlari bilan bo‘lgan
savdo va moliyaviy operatsiyalari aks ettirilgan hujjat. U ikki qismdan, joriy
operatsiyalar va kapital harakati balansidan tashkil topgan.
Savdo balansi mamlakatning joriy tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha
tushumlar va xarajatlarni aks ettiradi. Mamlakat eksporti uning importidan ko‘p
bo‘lsa joriy operatsiyalar balansi musbat qoldiqli bo‘ladi.
Joriy operatsiyalar balansidagi o‘zgarishlar ichki ishlab chiqarish va o‘z
navbatida ichki bandlilik bilan bog‘liq.
Kapital harakati balansi aktivlarni sotish va sotib olish bo‘yicha barcha xalqaro
bitimlarni xarakterlaydi. Aktivlarni sotib olish xorijiy valutaning chiqib ketishini,
sotish esa kirib kelishini anglatadi.
Har qanday xalqaro bitimlar to‘lov balansida ikki bir-birini muvozanatlovchi
yozuv ko‘rinishida qayd etilgani uchun hamjoriy operatsiyalar balansi va kapital
harakati balansi qoldiqlari 0ga teng bo‘ladi.
To‘lov balansi taqchilligi rasmiy zahiralarning qisqarishi hisobiga qoplansa
uning aktiv saldosi rasmiy zahiralarning o‘sishiga olib keladi.
Qayd etilmagan valuta kursi sharoitida tqldov balansi valuta kursining
o‘zgarishi hisobiga muvozanatlashadi.
Milliy valutasi jahon iqtisodiyotida zahira valutasi hisoblanmaydigan
mamlakatlar Markaziy banklaridan rasmiy valuta zahirasi cheklanganligi tufayli
to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib
keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi.
Qayd etilgan valuta kursi tizimida to‘lov balansini tartibga solish uchun tashqi
savdo siyosati, pul kredit va fiskal siyosat vositalaridan foydalaniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1.
Mamlakat to‘lov balansi necha qismdan iborat va ularda nimalar qayd
etiladi?
2.
To‘lov balansini tuzishda ikki bor yozuv prinsipi nimani anglatadi?
3.
Joriy operatsiyalar balansida aks ettiriladigan operatsiyalarni sanab bering.
4.
Kapital harakati balansining mohiyatini tushuntirib bering.
5.
To‘lov balansi tarkibiy qislari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirib bering.
6.
To‘lov balansi taqchilligi va inqirozi bir xil tushunchalarmi?
7.
Erkin tebranuvchi valuta kursi tizimida to‘lov balansi qay yo‘sinda
barqarorlashadi?
8.
To‘lov balansini makroiqtisodiy tarptibga solish deganda nimani tushunasiz?
Bunda qanday vositalardan foydalaniladi?
9.
To‘lov balansi tahlili makroiqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida qanday
ma’lumotlar olish imkonini beradi?